
Team
Uydan chiqmasdan o’rganing.
Mohirdev.uz – har kimga, hamma joyda ilm olish imkoniyatini beruvchi ta’lim platformasidir. Saytga qo’yilgan kurslar mobil, veb dasturlash, axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, suniy intellekt kabi mavzularni o’z ichiga qamrab olgan. Hozirda platformadan 15000 dan ortiq foydanuvchi ro’yxatdan o’tgan.
Dasturlash kurslaridagi tillar: Python, Javascript, Html Css Boostrapp, Flutter, C++ va boshqalar.
Bizning platformamizga qo’yilgan har bir kurs tajribali mutaxasislar tomonidan tayyorlanadi. Ularning bir nechtasi xususiy va davlat ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’lib, yoshlarga bilim berib kelishmoqda.
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani Bog’ishamol ko‘chasi, 90 uy. STIR 308980674, THSHT 152, DBIBT 79994, IFUT 63120,
Mohirdev tarixi
Mohirdev.uz ishga tushdi
5 ta praktikum kurslari ochildi
Xalqaro Seedstars startaplar tanlovi final bosqichiga chiqildi
$500,000 investitsiya jalb qilindi
Mohirpool loyihasi ishga tushdi
Praktikumlar soni 12 taga yetdi
Nashrlar biz haqimizda
Azon.uz: “Mohirdev” platformasi $500 000 investitsiya jalb qildi!
Mohirdev Praktikum

Odatiy dasturlash kurslaridan tashqari, Mohirdev platformasida Praktikum kurslari ham yo’lga qo’yildi. Praktikum darslari bir nechta kurslardan tashkil topgan bo’lib, o’rganuvchilarni 0 dan junior darajasidagi mutaxasislar qilib tayyorlaydi. Kurslar o’rtacha 4 oydan 9 oygacha davom etib, o’qituvchilar bilan zoom orqali uchrashuvlar tashkil qilinadi.
Hozirda davom etayotgan Praktikumlar ro’yxati:
– Data Science va Suniy Intellekt – Dr. Anvar Narzullaev va Mansurbek Abdullayev
– Digital marketing praktikum – Muhammad Xalil va Muslim Rahmonov
– Frontend Praktikum – Muhammadjavohir Sur’atov
– Python Praktikum – Jahongir Rahmonov
– MERN Praktikum – Samar Badriddinov
– Go Praktikum – Saud Abdulwaheed
– iOS Development – Yunus Sadullaev
– Android Development – Maxmudjon Qalandarov
– Full Stack Java – G’ayratjon Rayimjonov va Azizbek Husenov
– English for IT – Madiyor Fatilloev
Dasturlash olamiga Mohirdev bilan sayohat qiling.