Asosiy kontentga o'tish
Sun'iy Intellekt

Prompt engineering: TOP tavsiyalar

Google'dan SI chatbotlar bilan ishlaganda uzun va chalkash javoblar olmaslikning aniq yo‘llari

Uch yildan beri texnologiyalar haqida yozib kelaman. Aytishim mumkin, shu paytgacha meni hech narsa sunʼiy intellekt bilan ishlashdek oʻziga qiziqtirmagan. Til modellari – zamonaviy ilgʻor texnologiya boʻlmish “super aqlli chatbotlar” hikoyalar yaratadi, kod yozadi, hattoki murakkab masalalarga ham javob topa oladi.

Ammo bu yerda eng muhim narsa bu – undan to‘g‘ri so‘rashni bilishdir.

Aynan shu o‘rinda prompt engineering, ya’ni SIdan to‘g‘ri foydalanish mahorati yordamga keladi.

Bu murakkab fan emas. SIni adashtirmasdan, undan aniq javoblar olish uchun toʻgʻri gaplasha bilishdir.

Men bu yoʻldagi izlanishlarimda koʻproq Li Bunstraning prompt engineering boʻyicha tadqiqotlariga tayandim. Endi esa uni oddiy, hayotiy misollar yordamida tushuntirib beraman. Shunda oʻzingiz ham bemalol sinab koʻrsangiz boʻladi.

Prompt engineering aslida nima?

Tasavvur qiling, kuchugingizga “Olib kel!”, deb buyruq beryapsiz. Lekin u paypoq olib kelishi mumkin. Chunki siz “nimani olib kelishni” aniq aytmadingiz. Ammo barmog‘ingiz bilan qizil koptokni ko‘rsatib: “Ana u qizil koptokni olib kel”, desangiz, endi kuchuk xatoga yo‘l qo‘ymaydi.

Prompt engineering ham shunday. Yaʼni SIga aniq va toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatish orqali uning mavzudan chetga chiqishining oldini oladi.

Googleʼning “oq qogʻozi”da (whitepaper) taʼkidlanishicha, til modellari oʻzi oʻrgangan maʼlumotlar asosida keyingi soʻzni taxmin qiladi. Yaxshi yozilgan prompt esa modelni aynan kerakli yoʻnalishda fikr yuritishga undaydi. Bunda prompt murakkab iboralardan iborat boʻlmaydi. Balki, tushunarli, aniq va maqsadga yoʻnaltirilgan soʻrov beriladi. Keling, endi buning qanday ishlashini amalda koʻrib chiqamiz.

Nega bu siz uchun muhim?

Bir marta SIdan “ayiqlar”ni soʻraganimda yovvoyi tabiat haqida maʼlumot kutgandim. Ammo u menga “Chikago Bears” futbol jamoasi haqida maʼlumot chiqarib berdi. Bu – chalkash promptlar nimaga olib kelishini koʻrsatuvchi klassik misol. Sheʼr yozdirayotgan yoki bozorlik roʻyxati tuzadirayotgan boʻlsangiz ham, aniq va loʻnda soʻrov SIni toʻgʻri yoʻnalishga boshlaydi.

Buning uchun texno daho boʻlishingiz shart emas. Googleʼning bu darsligida oddiy foydalanuvchi ham SI bilan toʻgʻri “gaplasha” olishi aytilgan. Bu xuddi doʻstingizga xabarni aniq yozishni oʻrganishga oʻxshaydi – shunda u sizni toʻgʻri tushunadi. Buning bir necha sodda yoʻllari mavjud.

Sunʼiy intellekt bilan muloqot. Samarali usullar

“Oq qogʻoz”da koʻplab yondashuvlar berilgan. Ammo men sizni chalkashtirib qoʻymaydigan, eng sodda va foydalilarini tanlab oldim. Har biri SIga toʻgʻri soʻrov berishning oʻziga xos usulidir.

1. Zero-Shot usuli – toʻgʻridan toʻgʻri soʻrash

Bu eng dangasa usul. Hech qanday misol yoki kontekst bermaysiz. Shunchaki SIdan nima xohlayotganingizni aniq so‘raysiz. Javob tez kerak bo‘lganda ayni muddao.

Buni sinab ko‘ring. Film sharhining ijobiy yoki salbiyligini aniqlash.

Salom SI, bu film sharhi IJOBIY, NEYTRAL yoki SALBIY?
Sharh: “Har bir daqiqasidan zavqlandim!”
Javob:

Ajoyib

Bu tez usul. Lekin “oq qog‘oz” ogohlantiradiki, agar matn chalkash yoki ziddiyatli bo‘lsa (masalan, “ajoyib, lekin biroz zerikarli”), SI chalkashib ketishi mumkin.

2. Few-Shot usuli — misollar ko‘rsatish

Bu yondashuv xuddi “mana shunday qil” deganga o‘xshaydi. SIga bir nechta misol keltirasiz va u aynan shu uslubni o‘rganib oladi. Ayniqsa, ma’lumotlar aniq formatda kerak bo‘lganda bu usul foyda beradi.

Masalan, pitsa buyurtmasini tartibli ko‘rinishga keltirish.

Quyidagi pitsa buyurtmasini JSON formatiga o‘tkaz.
1-misol: "Pepperonili kichik pitsa"
Natija: {"hajmi": "kichik", "ustidagisi": ["pepperoni"]}
2-misol: "Zaytun va qo‘ziqorinli katta pitsa"
Natija: {"hajmi": "katta", "ustidagisi": ["zaytun", "qo‘ziqorin"]}
Endi o‘zingiz sinab ko‘ring: "Kolbasali o‘rtacha pitsa" 
Natija:

Hajmi: o‘rtacha, ustidagisi: kolbasa

Misollar SIni kerakli yoʻnalishga boshlaydi. “Oq qogʻoz”ga koʻra, samarali natija uchun odatda 3 tagina misol kifoya qiladi.

3. System Prompt usuli — qoidalarni belgilash

Bu sun’iy intellektga “Javobni qutiga joyla” deganday gap. Bu aynan siz kutgan natijani olishda juda foydali.

Masalan, sharhni aniq formatda tasniflash.

Ushbu sharhni IJOBIY, NEYTRAL yoki SALBIY deb bahola va javobni JSON formatda tayyorla.
Sharh: "Taxminimcha, bu yaxshi."
Format: {"hissiyot": "IJOBIY | NEYTRAL | SALBIY"} 
Natija:
{"hissiyot": "NEYTRAL"}

Bu usul sun’iy intellektni aniq va ixcham javob berishga yo‘naltiradi. “Oq qog‘oz”ga ko‘ra, ayniqsa, keraksiz ma’lumotlarni minimallashtirishda qo‘l keladi.

4. Role Prompt usuli — rol o‘ynash

Bu juda qiziqarli. Siz SIga o‘zini ma’lum bir obrazda tutishini aytasiz, masalan, oshpaz yoki sayohat ishqibozi. Bu uning gapirish uslubini butunlay o‘zgartiradi.

Aytaylik, sun’iy intellekt sizning sayohatdosh do‘stingiz.

Sen gidsan. Rimdagi, albatta, ko‘rish kerak bo‘lgan 3 ta joyni ayt.
Qani, ketdik:
  • Eyfel minorasi: ulkan, yaltillaydigan temir inshootni ko‘rmasdan Parijdan ketib bo‘lmaydi.

  • Luvr: Mona Lizaning sirli tabassumidan tortib minglab san’at asarlarigacha.

  • Monmartr: chiroyli ko‘chalar va tilni yoradigan kreplar!

“Do‘stona” uslub matnga iliqlik va samimiyat qo‘shadi. “Oq qog‘oz”da esa murabbiy roli eng samarali deb aytiladi.

5. Chain of Thought usuli — ovoz chiqarib fikrlash

Bu sun’iy intellektning o‘z mulohazalarini baland ovozda ifoda etishiga o‘xshaydi. Ayniqsa, matematika kabi sohalarda bu juda foydali, chunki aks holda xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Mana bir misol: yoshga oid qiziqarli topishmoq.

Quyidagi masalani bosqichma-bosqich yech: men 5 yasharligimda opam mendan 2 baravar katta edi. Hozir men 20 yoshdaman. Opam necha yoshda?

Kel, buni bosqichma-bosqich yechamiz:

5 yoshligingda opang sendan 2 baravar katta boʻlgan, yaʼni:

Demak, sen bilan opangning oʻrtasidagi yosh farqi:

Sen 20 yoshdasan, demak, opang:

Yakuniy javob: opang 25 yoshda

Qadam-baqadam fikrlash xatolarni kamaytiradi. “Oq qogʻoz”da aytilishicha, matn baʼzida uzunroq boʻlib ketadi, shuning uchun haddan tashqari cho‘zib yubormang.

Sun’iy intellektni o‘zingiz yarating

ChatGPT’dan foydalanish qiziq. Lekin yana ham qizig‘i — uni yaratish. “Data Sayns va Sun’iy intellekt” kursida 20 yillik tajribaga ega ekspertdan SI modellar yaratishni o‘rganing.

Kurs rasmi

Sun’iy intellekt bilan o‘ynashish

Promptlar bu faqat boshlanishi. “Oq qogʻoz”da aytilishicha, natijani oʻzgartiruvchi sozlamalar ham bor. Masalan, harorat yoki soʻz chegarasi.

  • Harorat. Past (0.1) sun’iy intellektni ancha “zerikarli”, ammo barqaror va xavfsiz qiladi. Yuqori (masalan, 0.8) esa g‘alati, lekin ijodiy natijalar beradi.

  • So‘z chegarasi. Javoblarning haddan tashqari cho‘zilib ketmasligini ta’minlaydi. Qisqa va lo‘nda javoblar uchun kamroq qiymat belgilang.

  • Boshqa parametrlar (Top-K/Top-P). SI ehtimoli yuqori bo‘lgan so‘zlarni tanlaydi. Hozircha bu parametrlarni o‘zgartirish shart emas — standart sozlamalarning o‘zi yetarli.

Mana buni sinab koʻring: bir xil savol, lekin oʻzgacha tuygʻular.

Mushuk haqida qisqacha hikoya aytib ber.
Kayfiyat: quvnoq, 15 tagacha so‘z

Mushuk lazer ortidan otilib, divanlar bo‘ylab junli ninzyadek sakrab yurdi.

Xuddi shu, kayfiyat: sokin, 8 tagacha so‘z

Mushuk quyoshli joyda uxladi.

Nima uchun ajoyib? Yovvoyi kayfiyat qiziqarli; sokin kayfiyat esa lo‘nda. “Oq qog‘oz”da yaxshi muvozanat uchun 0,2 dan boshlash tavsiya etilgan.

Prompt engineering bo‘yicha eng yaxshi uslublar

Texnik mavzularda yozish menga muhim bir narsani, yaʼni aniqlikni o‘rgatdi. Quyidagilar esa men “oq qog‘oz”dan o‘rgangan va amalda sinab ko‘rgan eng samarali usullar:

  • Soddaroq qiling. Soʻrovingiz chalkash boʻlsa, sunʼiy intellekt ham adashadi. Masalan, “quvnoq fransuz koʻngilochar joylari” emas, “Parijdagi uchta kafe” degan maʼqul.

  • Nima istayotganingizni aniq ko‘rsating. Misollar sun’iy intellekt uchun yo‘l ko‘rsatuvchi xaritadir.

  • Talabchan bo‘ling. Kutilmagan natijalarning oldini olish uchun, masalan, “mana bunday ro‘yxat tuz” deb aniq ayting.

  • Yo‘naltiring, tanbeh bermang. “Qisqa hikoya yoz” deyish “roman yozma” degandan samaraliroq boʻladi.

  • Yozib qo‘ying. Nimalarni sinab ko‘rganingizni qayd qilib boring. O‘zim nima foyda berganini eslab qolish uchun kichik jadval yuritaman.

Sun’iy intellekt yordamida kodlash. Bu meni qutqarib qoldi

O‘tgan oyda nomini o‘zgartirishim kerak bo‘lgan fayllarga to‘la bir papkam bor edi. Qo‘lda buni bajarsam bo‘lardi. Lekin, yo‘q, rahmat. “Oq qog‘oz”da sun’iy intellekt har qanday kodni yozib berishi mumkinligi ko‘rsatilgandi. Shuning uchun sinab ko‘rishga qaror qildim.

Fayllarni qayta nomlash uchun skript

Papkani so‘raydigan va har bir fayl nomining boshiga “old_” qo‘shib chiqadigan Python dasturini yarat.
Uslub: xavfsiz, batafsil

Natija:

import os
papka = input("Qaysi papka? ").strip()

if not os.path.isdir(papka):
   print("Papka mavjud emas.")
     quit()

for fayl in os.listdir(papka):
    old_path = os.path.join(papka, fayl)
    new_name = "old_" + fayl
    new_path = os.path.join(papka, new_name)

    # Agar faqat fayllarni qayta nomlashni istasangiz, bularni o‘tkazib yuboring
    if os.path.isfile(old_path):
       os.rename(old_path, new_path)

print("Qayta nomlash tugallandi!")

Nega bu zo‘r? Men dasturni ishga tushirdim va u darrov ishladi. Juda qulay! Faqat shuni unutmang: sun’iy intellekt yozgan kodni har doim qayta tekshirib ko‘rish kerak. Ba’zida kichik xatolar bo‘lishi mumkin.

Muammolar va ularning yechimlari

Mana, men duch kelgan muammolar va ularga “oq qog‘oz”da ko‘rsatilgan yechimlar:

  • Noaniq savollar. “Yulduzlar haqida ayt” desangiz, u Gollivud yulduzlari haqida maʼlumot berishi mumkin. Aniqroq so‘rang.

  • To‘qima ma’lumotlar: Ba’zida u shunchaki o‘zi o‘ylab topadi. “Mushuklar uchadi” deganday. Aniq fakt yoki manba so‘rang.

  • Takrorlanishlar. U bir gapni qayta-qayta aytishi mumkin. Javob qisqa bo‘lsin, deb so‘rang.

Manba: Google’s 69-Page Prompt Engineering Masterclass: What’s Inside

Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
medium.com

medium.com

O'xshash maqolalar