Sunʼiy intellekt sohasiga oʻtish kerakmi?
Boshqa sohada ishlab turib, kasbini sunʼiy intellekt mutaxassisiga oʻzgartirish oʻzini qanchalik oqlaydi?
Anchadan beri sunʼiy intellekt haqida eshitib kelayotgan boʻlsangiz kerak. Ehtimol, kasbingizni oʻzgartirish yoki bu sohada hammasini noldan boshlash haqida oʻylayotgandirsiz ham. Lekin mana shu joyida bitta savol tugʻiladi: “Sunʼiy intellekt sohasida karyera qilish rostdan ham bunga arziydimi?”
Keling, unda hammasini bir boshidan koʻrib chiqamiz. Men sizni mana bu jarayonlardan olib oʻtaman:
Sunʼiy intellekt sohasidagi karyera aslida qanday?
Afzalliklari va kamchiliklari.
Bu siz uchun toʻgʻri qarormi?
Spoyler: ish boshlash siz oʻylagandan osonroq boʻlishi mumkin, kelajak ham ancha istiqbolli koʻrinadi.
🤖 SI sohasidagi kasblar nimalarni oʻz ichiga oladi?
Birinchi, bitta narsani aniqlashtirib olaylik, chalkashlik boʻlmasin.
Odamlar “SI kasblari” deganda, odatda quyidagi lavozimlarni koʻzda tutib gapiradi:
mashina oʻrganishi muhandisi (ML engineer);
data sayntist (data scientist);
sun’iy intellekt tadqiqotchisi (AI researcher);
NLP muhandis (NLP engineer);
sunʼiy intellekt prodakt menejer (AI product manager);
sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha mutaxassis (AI ethics specialist).
Bu ro‘yxat yana davom etadi. Qiziq tomoni shundaki, bu sohalarga kirish uchun har doim ham PhD darajasi yoki ko‘p yillik dasturlash tajribasi talab qilinmaydi.
Aslida hozir ham koʻplab kompaniyalar quyidagi minimal talablar bilan ham boshlangʻich darajadagi SI mutaxassislarini ishga qabul qilyapti:
Bootcamp sertifikati;
onlayn kursni tugatganlik;
amaliy loyihalarda biroz tajriba.
Ha, bu sohaga kirish to‘sig‘i siz o‘ylagandan ko‘ra ancha past.
✅ Sunʼiy intellekt sohasida ishlashning afzalliklari
1. Yuqori talab
SI endi tor doiradagi soha emas — u hamma joyda bor. Tibbiyotdan tortib moliya va marketinggacha, deyarli barcha sohalarga SI mutaxassislari kerak.
Endi faqat yirik texnologik kompaniyalar emas, balki startaplar, davlat tashkilotlari va an’anaviy bizneslar ham SI oqimiga qoʻshilyapti."
2. Yaxshi maosh
Rostini aytganda, pulning ham ahamiyati katta. Sunʼiy intellekt sohasida esa yaxshi daromad topish mumkin.
So‘nggi hisobotlarga ko‘ra:
boshlang‘ich darajadagi (entry-level) SI muhandislari: 90 000$+ dan boshlab;
o‘rta darajadagi (mid-level) mutaxassislar: o‘rtacha 130 000–160 000$;
yuqori darajadagi (senior) SI mutaxassislari: 200 000$+ dan yuqori (ayniqsa, yirik texnologik kompaniyalarda).
Tarjimondan: yuqoridagi raqamlar xorijiy statistikalarga koʻra berilgan. Oʻzbekistonda ham sunʼiy intellekt mutaxassislari eng yuqori maosh oladiganlar qatorida. Lekin yuqoridagi raqamlar farq qilishi mumkin.
Hatto masofaviy yoki frilans asosidagi SI ishlari uchun ham bugungi kunda juda yuqori haq to‘lanmoqda.
3. Kelajakka yoʻnaltirilgan ko‘nikmalar
Sun’iy intellekt hech qayerga yo‘qolib ketmaydi. Aksincha, keyingi o‘n yillikda u millionlab yangi ish o‘rinlarini yaratishi kutilmoqda.
Hozir SI ko‘nikmalarini o‘rganish bu — uzoq muddatli karyera xavfsizligiga sarmoya kiritish demakdir. Kim ham buni xohlamaydi deysiz?
4. Masofaviy ish imkoniyatlari
Ko‘plab sun’iy intellekt bilan bog‘liq ishlar masofadan ishlashga moslashgan. Siz dunyoning istalgan nuqtasidan turib ishlashingiz va, shu bilan birga, katta pul topishingiz mumkin.
Endi stressli ish joyiga qatnashlar yo‘q – faqat kod, qahva va ijod.
❌ SI sohasidagi karyeraning salbiy tomonlari
Shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilishdan oldin eʼtiborga olish kerak bo‘lgan baʼzi kamchiliklar bor:
1. Tez o‘zgaruvchanlik va kuchli raqobat
SI sohasi juda tez rivojlanadi. Deyarli har kuni yangi vositalar, freymvorklar va modellar paydo bo‘ladi.
Agar siz doimiy ravishda o‘rganishga tayyor bo‘lmasangiz, bu soha sizni tezda toliqtirib qo‘yishi (burnout) mumkin.
2. Ba’zi lavozimlar oliy ma’lumot talab qiladi
Ko‘pgina SI ish o‘rinlari uchun oliy ma’lumot soʻralmasa-da, boshqa yo‘nalishlar (masalan, ilmiy tadqiqot bilan bogʻliq vazifalar) buni talab qiladi. Agar eng yuqori cho‘qqilarni ko‘zlayotgan bo‘lsangiz, ta’limga vaqt va mablag‘ sarflashga tayyor turing.
3. Etika va mas’uliyat
Sun’iy intellekt qanchalik kuchli bo‘lib borsa, uning ta’siri ham shunchalik ortadi. Tizimlardagi xolislik (bias), avtomatlashtirish va shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi kabi etik muammolar hozirda dolzarb mavzularga aylangan.
Agar sizni bunday mavzular qiziqtirmasa, SI sohasi sizga mos kelmasligi mumkin.
🎯 Kimlar SI sohasida karyera qilish haqida o‘ylashi kerak?
Agar sizda quyidagi xususiyatlar bo‘lsa, SI sohasi siz uchun to‘g‘ri tanlov bo‘lishi mumkin:
muammolarni yechishni yoqtirsangiz;
maʼlumotlar, mantiq yoki dasturlashga qiziqsangiz;
yuqori maoshli va moslashuvchan ish xohlasangiz;
umr boʻyi oʻrganishga tayyor boʻlsangiz.
Texnik bilimingiz boʻlmasa ham, hozirda kod yozishni talab qilmaydigan sunʼiy intellekt sohasidagi lavozimlar paydo boʻlyapti:
SI prompt injeneringi (AI prompt engineering)
SI kopiraytingi (AI copywriting)
SI loyihalar boshqaruvi (AI project management)
SI etikasi va boshqaruvi (AI ethics & governance)
🛠️ Qanday boshlash mumkin (diplomsiz)
Sun’iy intellekt sohasida karyera boshlash uchun kompyuter fanlari bo‘yicha diplom shart emas. Quyida yangi boshlayotganlar uchun qadamlar keltirilgan:
1. Asoslarni oʻrganing.
Bepul yoki arzon kurslardan boshlash mumkin:
Coursera: “Intro to AI”
Udemy: “Python for AI & ML”
Googleʼning sunʼiy intellekt kurslari.
Tarjimondan: agar sifatli va oʻzbek tilidagi kurslar kerak boʻlsa, quyidagilarda oʻqish mumkin:
2. Loyihalar yarating
Quyidagi vositalardan foydalaning:
Google Colab
Hugging Face
OpenAI Playground
Chatbot yoki rasmni aniqlovchi model kabi oddiy biror narsa yarating va uni portfoliongizga qo‘shing.
3. Sertifikat oling
Quyidagilarni ko‘rib chiqing:
IBM AI Foundations (bepul)
Google’ning sun’iy intellekt sertifikati
Microsoft Azure AI asoslari
Tarjimondan: Oʻzbekiston hududida qiymati baland sertifikatlar uchun esa bu kurslarni tavsiya qilish mumkin:
Bu sertifikatlar ishga kirishda sizni boshqalardan ajratib turadi.
4. Ishlarga ariza topshiring
Quyidagi platformalarni ko‘zdan kechiring:
We Work Remotely
LinkedInʼdagi sunʼiy intellekt lavozimlarini filtrlash
Ko‘plab kompaniyalar rasmiy diplom talab qilmasdan, junior darajadagi SI mutaxassislarini ishga olayotgani sizni hayratda qoldirishi mumkin.
Real misollar
Aslini olganda, sunʼiy intellekt sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun daho boʻlish shart emas.
Masalan, ilgari o‘qituvchi bo‘lgan Sara SI bo‘yicha o‘qib, hozir Yevropadagi startapda masofadan ishlayapti.
Yoki Devidni olaylik, u atigi 100 dollarlik onlayn kursni tugatib, raqamli agentlikda SI prompt injeneri sifatida ish boshlagan.
Tarjimondan: Oʻzbekistondagi kasbini oʻzgartirib, sunʼiy intellekt sohasida yutuqqa erishganlarni Mohirdev ijtimoiy tarmoqlaridan kuzatib borishingiz mumkin: Instagram, Telegram, LinkedIn.
Ularning hech biri kompyuter fanlari bo‘yicha diplom bilan ish boshlamagan. Shunchaki qiziqish bilan ish boshlagan va bu yetarli boʻlgan.
Shunday qilib, sunʼiy intellekt sohasidagi karyera shunga arzirmikan?
Moslashuvchanlik, rivojlanish va yuqori daromad imkoniyatlarini istaganlar uchun — ha, albatta, arziydi.
Oʻrganish jarayoni bor, ha, bu soha tez oʻzgaradi.
Ammo o‘rganishga, rivojlanishga va kelajakka yo‘naltirilgan ko‘nikmalar to‘plamini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz, sun’iy intellekt siz uchun omad kaliti bo‘lishi mumkin.
Manba: "Should You Switch to an AI Career? Pros, Cons, and Future Outlook"

