Soft skills

A’lochi sindromidan qanday qutulish mumkin?

24/7 rejimida a’lochi bo‘lish kerakmi? Savollarimizga psixologdan javob olamiz.

O‘qituvchilar ularni maqtaydi, ota-onalari ular bilan faxrlanadi. Ular ulg‘aygach, mamnuniyat bilan ishga qabul qilinadi. Chunki ko‘proq natijaga erishish uchun dam olish kunlari va ta’tillarni unutib, tinimsiz ishlashga tayyor.

Kishilarda a’lochi sindromi qanday paydo bo‘ladi? Ular rostdan ham shunchalik beozormi? Sindromdan xalos boʻlish uchun nima qilish kerakligi haqida geshtalt-terapevt Tatyana Shcheglova fikr bildiradi.

A’lochi sindromi nima va u qanday paydo bo‘ladi?

A’lochi sindromi — doimo hamma narsani eng yaxshi tarzda, eng yuqori darajada bajarishga intilish. Psixologiyada bunday atama mavjud emas – mutaxassislar ko‘pincha perfeksionizm haqida so‘z yuritadi. Ammo XXI asr ommabop psixologiyasida a’lochi sindromi tez-tez tilga olinadi.

Tatyana Shcheglova

geshtalt-terapevt


Perfeksionizm, ya’ni a’lochilik sindromi faqat besh baho yoki medal olish orqaligina sevgi, maqtov va e’tiborga sazovor bo‘linadigan oilalarda vujudga keladi. Bola hayotidagi boshqa baholar, urinishlar, jarayonlar e’tibordan chetda qoladi va ahamiyatsiz deb hisoblanadi. Natijada bola boshqalar yaqinidan hech qanday shartlarsiz oladigan sevgiga erishish uchun hamma narsani mukammal bajarishga intilish bilan ulg‘ayadi. A’lochilik sindromi bor odamlar atrofdagilarning fikriga butunlay qaram bo‘lib qoladi. Eng yuqori bahodan pastrogʻini olganda qattiq azob chekadi.

A’lochi sindromining paydo bo‘lishiga yuqori ijtimoiy standartlar, muvaffaqiyatparastlik va barcha sohalardagi yuqori raqobatga ega bozor iqtisodiyoti turtki boʻladi. Ommaviy axborot vositalari va turli internet manbalari odamlarga to‘xtamaslik, tinimsiz ishlash kerak degan g‘oyani singdirib kelmoqda.

A’lochi sindromining ijobiy tomonlari

A’lochi sindromining ijobiy tomonlariga rivojlanish va eng yuqori natijalarga erishishga bo‘lgan doimiy intilishni kiritish mumkin. Bunday odamlar ko‘p o‘rganadi va karyerasini tezda quradi. Rahbar ularni qattiq nazorat qilishi shart emas.

Avstriyalik psixoanalitik Alfred Adler mukammallikka erishishga intilishni mutlaqo sogʻlom istak deb hisoblagan. Adler o‘zining “Ustunlikka intilish haqida” kitobida perfeksionizmni shaxs rivojlanishining umumiy yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqqan.

A’lochi sindromi nimasi bilan xavfli?

Hatto maktabda ham a’lochi bo‘lish oson emas: ko‘p o‘qish, itoatkor va xushmuomala bo‘lish kerak. Bunga juda ko‘p emotsional resurs sarflanadi. Voyaga yetgach esa vazifalar yanada ortadi. Ularning barchasini mukammal bajarishga harakat qilinganda esa a’lochi sindromining salbiy tomonlari namoyon bo‘ladi:

  • Moslashuvchanlikning yo‘qligi. A’lochilar o‘zlari munosib bo‘lgan bonuslar — baho, maqtov, yorliq, lavozimda ko‘tarilish uchun ma’lum bir maqsadga intiladi. Ammo nimadir noto‘g‘ri ketsa, rejalarini qayta qurolmaydi. Tezda yangi yo‘lni topolmaydi yoki boshqa maqsadni shakllantira olmaydi.

  • Tashqi motivatsiya. Aʼlochilar uchun maqtov, eʼtibor va eʼtirof motivatsiya boʻlib xizmat qiladi. U yoki bu ish bilan shug‘ullanish uchun chinakam istakni ko‘zda tutadigan ichki motivatsiya ularga nasib etmagan.

  • Tanqidga nisbatan o‘ta ta’sirchanlik. Ular har qanday tanbehni haqorat va hurmatsizlik sifatida qabul qiladi.

  • Dam olib, hordiq chiqara olmaslik. Ba’zida a’lochi sindromi bo‘lgan odamlar o‘qish yoki ishdan boshqa hech narsa bilan qiziqmaydi. Shuning uchun jiddiy ravishda ish yoki oʻqishdan beziydi.

  • Muloqot qilish va shaxsiy munosabatlar o‘rnatishni uddalay olmaslik.

  • Muvaffaqiyatsizlikdan haddan ortiq kuchli ta’sirlanish.

  • Ortiqcha zo‘riqish va stress tufayli yuzaga keladigan sog‘liq muammolari.

Doimiy a’lochilar bilan qanday muloqot qilish kerak?

A’lochi bilan ish yuzasidan aloqalarda uning yuqori yutuqlarga intilishini va maqsadga har qanday yo‘l bilan erishishga tayyorligini esda tutish muhim. Bunday odamlar ko‘p ishlashga tayyor, bu ijobiy jihat. Salbiy tomoni esa atrofdagilardan ham xuddi shunday fidokorlikni talab qiladi.

Shu bois o‘z manfaatlaringizni himoya qilishdan hayiqmasdan a’lochi bilan oldindan ish jadvali haqida kelishib oling. Vazifalarni taqsimlash, ishdan tashqari vaqtda messenjerlar orqali qo‘ng‘iroq va muloqot qilish chegaralarini belgilab olish juda muhimdir.

Doimiy a’lochi bilan shaxsiy muloqot qilish oson emas. Chunki u faqat muvaffaqiyatga erishadigan sohalari: o‘qish, ish, sport haqida gapiradi va o‘ylaydi. Yutuqlari bilan maqtanadi, ajoyib istiqbollar, ulkan maqsadlar haqida gapiradi. Undan qoyil qolishlarini, maqtovlar eshitishni kutadi. Qolaversa, murakkab narsalar haqida tushunarsiz tilda gapirishni xush ko‘radi. A’lochiga vaqtingizni ajratishingiz mumkin. Ammo suhbatdoshingiz bu mavzularda juda chuqurlashib ketsa, uni to‘xtatib, aytilganlarini oddiy so‘zlar bilan tushuntirib berishni so‘rang. Asta-sekin suhbatni o‘zingizga qiziqarli mavzularga yo‘naltiring. Nafaqat ishlar, balki kundalik hayot va dam olish haqida ham gaplashishni taklif qiling.

“A’lochi bilan munosabatdagi asosiy qiyinchilik uning injiqligidir. U faqat yuqori darajaga intiladi va boshqa hech narsani qabul qilmaydi. A’lochi — haddan tashqari qiyin odam. Agar u sizga qadrli bo‘lsa va munosabatlaringizni saqlab qolishni istasangiz, boshqa yoʻldan borishingiz kerak. Uni doim yerga tushirib “Quloq sol, hozir juda ko‘p narsa talab qilyapsan, kel, gaplashib olaylik, oltin o‘rtalikni topamiz” deyishingizga to‘g‘ri keladi.

Tatyana Shcheglova

Qanday qilib bolada a’lochi sindromi paydo bo‘lishining oldini olish mumkin?

Ota-onalar faqatgina a’lo baholar, faxriy yorliqlarni emas, bolaning har qanday saʼy-harakati va natijasini rag‘batlantirishi juda muhim. Bola kundaligida qanday baholar borligidan qat’i nazar uni sevishlarini va qabul qilishlarini his qilishi kerak. Ota-ona o‘z munosabatlarini (verbal va noverbal) shunday ifodalashi lozim:

“Biz seni qanday bo‘lsang, shundayligingcha yaxshi ko‘ramiz: ikki olasanmi, uchmi, beshmi, farqi yo‘q. Seni doimo yaxshi koʻramiz. Baholar senga boʻlgan mehrimizni koʻpaytirib yo kamaytirib qoʻymaydi”.

Farzandingiz eʼtiborini faqat natija, maqtov va baholarga qaratmasligiga diqqat qiling.

Bola kitob o‘qiyotganda unga adabiyotlar ro‘yxatidagi yana bir bandni bajarganidan emas, balki jarayondan zavqlanishni o‘rgating. Qiziqarli voqealar va qahramonlar haqida so‘rang. Rollarga boʻlib birga o‘qing, kitob haqida suhbatlashing.

Kichkintoy futbolni yaxshi ko‘rsa, birga o‘ynang, o‘yin-kulgi qiling, tezligi va chidamliligini maqtang. U ishtirok etgan o‘yinni tomosha qilsangiz, jarayondagi yorqin lahzalarni taʼkidlab oʻting.

Baholar va muvaffaqiyatning boshqa tashqi ko‘rinishlari ortida bolaning shaxsiyatini – injiqliklari, istaklari, imkoniyatlari va cheklovlarini ko‘rish muhimdir. Uni barcha xususiyatlari bilan bir butun holda sevish kerak.

A’lochi sindromidan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Agar odamning o‘zi a’lochi sindromidan qutulishga qaror qilsa, yangi odatlarni shakllantirishni boshlashi kerak:

  • Har qanday holatda ham yuqori natijalarga intilish o‘rniga qayerda butun kuch-g‘ayratni sarflash zarurligini va qayerda birinchi o‘rinda bo‘lish shart emasligini farqlay olishni o‘rganish lozim.

  • Xatti-harakatlaringizni kuzating. Tafsilotlar va nazariyaga berilib ketayotganingizni payqaganingizda to‘xtang; oddiyroq muloqot qilishga intiling.

  • O‘zingizdan so‘rab ko‘ring: “Shu tarzda muloqot qilganimda o‘zimni qanday his qilaman?”, “Har qanday yo‘l bilan muvaffaqiyatga erishishga intilish orqali qaysi ehtiyojlarimni qondirmoqchi bo‘lyapman?”

Katta ehtimol bilan, sizda ko‘plab irratsional xavotirlar paydo bo‘ladi. Ammo to‘xtab, o‘ylab ko‘rsangiz, quyidagi xulosaga kelasiz. Agar ikki baho olsangiz yoki yilning eng yaxshi xodimi yoxud onasi bo‘lmasangiz ham, hech kim o‘lib qolmaydi.

Qo‘rquvlar bilan murosaga kelishni bilish muhim.


“Qo‘rquv tuzog‘i” metodikasi

Kun davomida his qilayotgan qo‘rquvlaringizni qog‘ozga yozib boring. Bir qoʻrquvingizni yozgach, varaqni ikkiga buklang. Yana bitta qo‘rquv yozsangiz, yana buklang. Uyquga yotishdan oldin “tuzoq” ustiga “Bu shunchaki qo‘rquvlarim” deb yozing.

Bu metodika taranglik darajasini pasaytirish va qo‘rquvlarning hayotingizga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.

Qo‘rquvlar tahlili

Yana bir amaliy mashq — quyidagi savollarga javob berish:

  • Nimaga intilyapman? Besh baho olishni xohlayman.

  • Nimadan qo‘rqyapman? Referatni vaqtida yozib ulgurolmasam, ikki olishdan.

  • Nima qilsam ekan? Uxlamasdan boʻlsa ham, tun bo‘yi referat yozib, besh olish.

  • Qanday qarshi choralar ko‘rishim mumkin? O‘qituvchi bilan ma’ruzani juma kuni emas, dushanba kuni topshirishga kelishishim zarur. Yaxshilab uxlab olishim va ishni tiniq miya bilan nafaqat baho, balki o‘zim uchun ham foydali bo‘ladigan tarzda yaxshi bajarishim mumkin.

Qarshi choralarning turli variantlarini, hatto eng bema’nilarini ham yozing. Shu tarzda faqat bitta xatti-harakat strategiyasi bilan cheklanib qolmasligingiz mumkinligini ko‘rasiz.



Manba: Синдром отличника — что это такое и как от него избавиться

Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
https://assets.mohirdev.uz/article-authors/6614ccb17fc3070a4e491ca8/a469e08e-2e75-4a45-9b8a-3dbcbfd01d02.original.png

skillbox.ru

O'xshash maqolalar

Java dasturlash tili: yangi boshlayotganlar bilishi kerak narsalar
java

25-iyun, 2024

Java dasturlash tili: yangi boshlayotganlar bilishi kerak narsalar

Java va uning qayerda ishlatilishi, soha mutaxassislari daromadi va yangi boshlayotganlarga kod yozishni qanday oʻrganish kerakligi haqida hikoya qilamiz.

Maqolani o'qish
Nega sizni ishga olishimiz kerak? Bu savolga qanday javob berish mumkin?

20-sentabr, 2024

Nega sizni ishga olishimiz kerak? Bu savolga qanday javob berish mumkin?

HR mutaxassislar, timlidlar va texnik direktorlarning fikrlari

Maqolani o'qish
Dasturlash davomida ish oqimiga qanday tushish mumkin (va bu nega muhim)?
Coding
focus
Productivity

18-aprel, 2024

Dasturlash davomida ish oqimiga qanday tushish mumkin (va bu nega muhim)?

Ish oqimiga tushish, uning afzalliklari va keyingi safar dasturlashga kirishganda qanday qilib oqimga tushish mumkinligi haqida bilib oling.

Maqolani o'qish
Stripe Payments toʻlov tizimi haqida bilasizmi?

19-noyabr, 2024

Stripe Payments toʻlov tizimi haqida bilasizmi?

Hozirgi kunda onlayn biznes boshlash juda oson va oddiy ish boʻlib qoldi. Bunda son-sanoqsiz platforma va vositalar onlayn doʻkonlarni tashkillash, buyurtmani qabul qilish, yetkazib berish hamda toʻlov qabul qilishda sizga yordam beradi.

Maqolani o'qish
Pomidorlardan qutulib qolish choralari: IT-konferensiya uchun ajoyib maʼruza tayyorlash

9-aprel, 2024

Pomidorlardan qutulib qolish choralari: IT-konferensiya uchun ajoyib maʼruza tayyorlash

Konferensiyada nutq soʻzlashga tayyorgarlik — maʼruzachidan koʻp vaqt va kuch talab qiladigan murakkab jarayon. Shuning uchun nega u yerga borayotganingizni, nima soʻzlab berishni va bilishni xohlayotganingizni tushunishingiz kerak. Axir oʻrtaga siz va siz vakillik qilayotgan kompaniyaning obroʻ-eʼtibori tikilgan boʻladi. Bundan tashqari, mashhur konferensiyalar chipta narxi ozmuncha emas va hech kim bu pul behuda ketishini istamaydi.

Maqolani o'qish