Karyera

AyTi sohasida qanday kasblar bor?

Axborot texnologiyalari sohasi barqaror oʻsish va rivojlanishda davom etmoqda. Internet va mobil texnologiyalarning jadal rivojlanishi biznes, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Bu esa AyTi mutaxassislariga boʻlgan talabning oshishi va yangi ish oʻrinlari yaratilishiga olib keladi. Maqolada axborot texnologiyalari sohasida talab yuqori boʻlgan kasblarni koʻrib chiqamiz.

Bugungi kunda AyTi dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri boʻlib, hayotimizning turli jabhalariga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda

AyTi kasblarining zamonaviy jamiyat uchun ahamiyati

Axborot texnologiyalari sohasidagi kasblar zamonaviy jamiyat uchun katta ahamiyatga ega. Chunki ular innovatsiyalar, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy oʻzgarishlarning dvigatelidir.

Dasturchilar tibbiyotdan tortib moliyagacha boʻlgan turli sohalarda qoʻllanadigan zamonaviy texnologiya va ilovalarning dasturiy taʼminotini ishlab chiqadi va xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, axborot tizimlarini ishlab chiqadi va xavfsizligini taʼminlaydi. Kompaniya, hukumat va jismoniy shaxslarning maʼlumotlarini kiberhujumdan himoya qiladi.

AyTi mutaxassislar innovatsion axborotni boshqarish tizimlarini yaratish va kundalik vazifalarni avtomatlashtirish orqali biznes jarayonlarining samaradorligi va unumdorligini oshiradi. Ular jamiyat va iqtisodiyotda inqilobiy oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan sunʼiy intellekt, blokcheyn, buyumlar interneti va boshqa yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Axborot texnologiyalari sohasi har biri oʻziga xos vazifa va talablarga ega boʻlgan turli xil kasblarni taklif qiladi. Dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchisi turli xil dasturlash koʻnikmalarini talab qiladigan dasturiy mahsulotlarni yaratish va yangilash uchun masʼul. Tizim administratori tarmoq texnologiyalari, apparat va dasturiy taʼminot darajasidagi bilimlarni talab qiladigan soha — tarmoq infratuzilmasini boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Maʼlumotlar analitigi tadqiqotlar olib borib, katta hajmdagi axborotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi. Soʻngra tashkilotlarga bu maʼlumotlar asosida qaror qabul qilishda yordam beradi. Tarmoq va aloqa muhandislari tarmoq infratuzilmasini rejalashtirish, oʻrnatish va xizmat koʻrsatish orqali tarmoqlarning samarali ishlashini taʼminlaydi. Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar tashkilotning maʼlumotlari va axborot tizimlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish uchun javobgardir.


AyTining rivojlanishi va jamiyatning texnologiyaga bogʻliqligi sohadagi mutaxassislarga boʻlgan talabni oshiradi va bu kasblarni yanada ahamiyatli hamda istiqbolli qiladi

Dasturlash sohasidagi kasblar

  1. Dasturchi. Dasturiy taʼminotni yaratadigan, testdan oʻtkazadigan va xizmat koʻrsatadigan mutaxassis. U Java, C++, Python, JavaScript va boshqa koʻplab dasturlash tillariga ixtisoslashishi mumkin.

  2. Veb dasturchi. Veb-sayt va veb ilovalarni yaratish bilan shugʻullanadigan mutaxassis. U HTML, CSS va JavaScript kabi dasturlash tillari va React, Angular va Vue.js kabi freymvorklar bilan ishlaydi.

  3. Mobil dasturchi. Smartfon va planshet kabi mobil qurilmalar uchun ilovalar yaratish bilan shugʻullanadigan mutaxassis. U Java, Kotlin (Android uchun) va Swift (iOS uchun) kabi dasturlash tillarida kod yozadi.

  4. Maʼlumotlar bazasi administratori. Maʼlumotlar bazalarini boshqarib, ularning ishonchliligi, ish unumdorligi va xavfsizligini taʼminlaydi. Shuningdek, maʼlumotlar bazasi strukturasini ishlab chiqadi va optimallashtiradi.

Ushbu kasblarning barchasi turli xil koʻnikmalar, bilim va tajribani talab qiladi, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida rivojlanish va karyera qurish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi

Dasturchi boʻling!

Platformamizda frontend, bekend va mobil dasturchilikni oʻrganish uchun kurslar bor. Ulardan birini oʻqing va soha eksperti boʻling.

Kurs rasmi

AyTi tizimlar administratorligi sohasidagi kasblar

  1. Tizim administratori. Kompyuter tizimlarining apparat va dasturiy taʼminotini oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash hamda tarmoq va xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun javobgardir.

  2. Tarmoq administratori. Tarmoq uskunalari va dasturiy taʼminotini oʻrnatish, sozlash, texnik xizmat koʻrsatish va monitoring qilish bilan shugʻullanib, tarmoqning barqaror ishlashini taʼminlaydi.

  3. DevOps muhandis. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish jarayonini boshqaradi. Dasturiy taʼminot ishlab chiqilishi, yigʻilishi va ishga tushirilish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan shugʻullanadi.

Maʼlumotlar tahlili va Big Data sohasidagi kasblar

  1. Data sayentist — katta hajmdagi maʼlumotlardan qimmatli axborotni olish uchun maʼlumotlarni tahlil qilishning turli algoritm va usullaridan foydalanadigan mutaxassis.

  2. Maʼlumotlar analitigi — maʼlumotlarni tahlil qiladigan, tendensiya va patternlarni aniqlash uchun statistik tadqiqotlar olib boradigan mutaxassis.

  3. Business Intelligence Analyst — biznes qarorlarni qabul qilish uchun kerakli maʼlumotlarni tahlil qilish bilan shugʻullanadigan mutaxassis.

  4. Data injener — maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlash uchun kerakli infratuzilmani rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan mutaxassis.

  5. Big Data Architect — katta maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish tizimlarini loyihalash hamda ishlab chiqish uchun masʼul mutaxassis.

  6. ML injener — maʼlumotlarni tahlil qilishga moʻljallangan mashinani oʻqitish algoritmlarini ishlab chiqish va oʻqitish bilan shugʻullanadigan mutaxassis.

Yildan-yilga maʼlumotlar koʻpayib bormoqda va ularni qayta ishlaydigan mutaxassislarga boʻlgan talab tobora oshib boryapti

Data Science va SI mutaxassisi boʻling!

Maʼlumotlar bilan ishlashga qiziqib qolgan boʻlsangiz, Mohirdev platformasiga kiring. Bizda Data Science va SI kursi mavjud. Kurs davomida maʼlumotlar bilan ishlash, SI model yaratish boʻyicha bilim va tajriba olasiz. Portfoliongizni bir qator amaliy loyihalar bilan toʻldirasiz.

Kurs rasmi

Dasturiy taʼminotlarni testdan oʻtkazish sohasidagi kasblar

  • Dasturiy taʼminot sinovchisi (Software Tester) — dasturiy taʼminotning tasnifga muvofiqligini tekshirish, xato va nuqsonlarini aniqlash uchun javobgar. Test reja va ssenariylarini ishlab chiqishda ishtirok etadigan mutaxassis.

  • Sifat nazoratchisi (Quality Assurance Engineer) ― dasturiy mahsulot sifatini nazorat qilish, shuningdek, test jarayonlari va metodikalarini ishlab chiqish, joriy etish bilan shugʻullanadi.

  • Test avtomatizatori (Test Automation Engineer) ― sinov jarayonini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida dasturiy taʼminotni testdan oʻtkazish uchun avtomatlashtirilgan test va vositalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan mutaxassis.

  • Xavfsizlik boʻyicha testdan oʻtkazuvchi (Security Tester) — dasturiy taʼminot xavfsizligidagi boʻshliqlar va tahdidlarni tahlil qiladi. Shuningdek, ilova xavfsizligiga oid testlarni ishlab chiqadi va sinov oʻtkazadi.

  • Test menejeri (Test Manager) ― test jarayonining rahbari, testdan oʻtkazuvchilar guruhi ishini rejalashtiradi va tashkil qiladi. Test resurslari va natijalar haqidagi hisobotlarni boshqaradi.

  • Ish unumdorligini testdan oʻtkazuvchi (Performance Tester) ― ilovalarning ish unumdorligini testdan oʻtkazadi, ishini tahlil qiladi va optimallashtiradi, shuningdek, yuklama testlarini ishlab chiqadi.

  • Oʻyinlarni testdan oʻtkazuvchi (Game Tester) ― funksional, apparat va oʻyin testlarini oʻtkazish orqali kompyuter oʻyinlarini turli platformalarda testdan oʻtkazish bilan shugʻullanadi.

Ilovani yozish ishning faqat bir qismi va uning har qanday sharoitda ham xatosiz ishlash choralarini koʻrish — testdan oʻtkazuvchilar yordam beradigan vazifa.

Xavfsizlik tizimi mutaxassisi boʻling

Sizda ikki yoʻl bor: pentester yoki QA (sifat nazoratchisi) boʻlib, veb-sayt va ilovalar xavfsizlik tizimini taʼminlang. Platformamizda ushbu kasblarni egallash uchun sohaga yoʻnaltirilgan praktikumlar mavjud. Ulardan birini oʻqing va dasturchilikni boshlang.

Kurs rasmi

AyTidagi loyihalarni boshqarish sohasidagi kasblar

  1. Loyiha menejeri (Project Manager) ― loyihaning rejalashtirilishi, tashkil etilishi, bajarilishi va nazorati uchun javobgar. Loyiha menejeri dasturchilar guruhini boshqaradi, loyihaning muddatida va byudjetga muvofiq bajarilishini taʼminlaydi.

  2. Biznes analitigi — biznesning talablari va foydalanuvchi ehtiyojlarini tahlil qiladi, AyTi loyihalarni ishlab chiqish uchun funksional va nofunksional talablarni belgilaydi.

  3. Skram master (Scrum Master) ― loyihaga skram metodologiyasining joriy etilishiga javobgar, uning tamoyil va amaliyotlarining bajarilishini taʼminlaydi, dasturchilar guruhi yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf qiladi.

  4. Mahsulot menejeri (Product Manager) — mahsulot strategiyasini ishlab chiqish, funksional imkoniyatlarini aniqlash, hayot siklini boshqarish va turli manfaatdor tomonlar bilan oʻzaro munosabatlari uchun masʼul.

  5. Loyihaning texnik menejeri (Technical Project Manager) — loyihaning texnik jihatlari, shu jumladan, infratuzilma, arxitektura, texnologiya va tizimlari integratsiyasini boshqaruvchi.

  6. Loyihalarni boshqarish boʻyicha direktor — tashkilotdagi loyihalarni strategik boshqarish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish va ularning kompaniya maqsadlariga muvofiqligini taʼminlash uchun javobgar.

Loyiha menejerligini Mohirdevʼda oʻrganing

Platformamizdagi Project Management kursini oʻqing va soha eksperti boʻling. Kurs davomida Agile, Waterfall metodologiyalardan foydalanishni oʻrganasiz va ishingizda qoʻllashni boshlaysiz. Kurs oʻqituvchisi – 4 yillik tajribaga ega xalqaro senior loyiha menejeri.

Kurs rasmi

Bundan tashqari, loyihalarni boshqarish boʻyicha biznes analitigi, mahsulot arxitektori, dastur menejeri kabi turli ixtisoslashgan kasblar mavjud. Bu kasblarning har biri AyTi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi.

Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun boshqaruvchilar, dasturchilar, testdan oʻtkazuvchilar, dizaynerlar, marketologlar va yana boshqa koʻplab sohalarning mutaxassislari kerak

Bu paragraf "AyTida qaysi kasbni tanlagan maʼqul?" savoliga javob berishi kerak edi

Lekin biz xulosani va aynan qaysi kasbni tanlash qarorini oʻzingizga qoldiramiz. Siz yuqorida tilga olingan va olinmagan kasblar orasidan istalganini tanlab olishingiz mumkin. Faqat bu kasb qiziqishlaringiz, qobiliyatlaringiz va bozor talabiga mos boʻlsa boʻlgani.

Manba: Какие есть профессии в ИТ

Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
https://mohirdevbucket.s3.eu-central-1.amazonaws.com/practicum/images/d0288473-889c-4277-9091-4b5b0e4ee56d.original.png

GeekBrains

O'xshash maqolalar

Bosim ostida testdan oʻtkazish (testing): biz avtonom sinov tizimini qanday yaratdik?
testing
machine learning

9-aprel, 2024

Bosim ostida testdan oʻtkazish (testing): biz avtonom sinov tizimini qanday yaratdik?

Birmuncha vaqt avval dasturni ishchi nusxa (production instance)ga yuklashdan soʻng avtomatik  testdan oʻtkazish (testing) kerak boʻladigan loyihada ishlagandim. Avtomatlashtirilgan testdan oʻtkazish (testing) bu – toʻliq sinovdan oʻtkazilmasdan oldin dasturiy taʼminotga yaqinda qoʻshilgan yoki oʻzgartirilgan funksiyalar oʻz oʻrnida ishlayotganini tezkor tekshirish usuli. Bu usul batafsil testdan oʻtkazishdan avval asosiy funksiyalar ishlayotganiga amin boʻlishga yordam beradi va oʻz-oʻzidan sifatni taʼminlashdagi tezkor bosqich sanaladi. Testdan oʻtkazish sozlamalari reliz turiga qarab dinamik ravishda oʻzgarib turishi kerak, chunki frontend va bekend relizlar turli vaqtlarda chiqarilgan hamda turlicha testdan oʻtkazish sozlamalarini talab etgan boʻladi.

Maqolani o'qish
SI-trener: yangi kasb boʻyicha katta qoʻllanma
Sunʼiy intellekt
YangiSoha

18-aprel, 2024

SI-trener: yangi kasb boʻyicha katta qoʻllanma

Neyrotarmoqlarni tarbiyalaydigan va oʻqitadigan kishilar bilan muloqot qilamiz.

Maqolani o'qish
Kursni qanday qilib muddatli toʻlovga sotib olish mumkin?
ta'lim

29-iyul, 2024

Kursni qanday qilib muddatli toʻlovga sotib olish mumkin?

Kurs sotib olishda tugʻiladigan asosiy xavotirlarni tahlil qilamiz.

Maqolani o'qish
Infratuzilma boʻyicha boshliq: tizim administratorlari (sisadminlar) aslida nima ish qiladi?

29-aprel, 2024

Infratuzilma boʻyicha boshliq: tizim administratorlari (sisadminlar) aslida nima ish qiladi?

Dasturchilar dasturlar yaratadi, tizim administratori esa bu dasturlarning ishlashi uchun kerakli muhit — serverlar va tarmoqqa javobgar. Qanday qilib bunday mutaxassis boʻlish haqida hikoya qilamiz.

Maqolani o'qish
JavaScript dasturlash tili: qayerda ishlatiladi va nima sababdan mashhur?
javascript

2-iyul, 2024

JavaScript dasturlash tili: qayerda ishlatiladi va nima sababdan mashhur?

JavaScript va uning qayerda ishlatilishi, ommabopligi va uni oʻrganishni nimadan boshlash kerakligi toʻgʻrisida hikoya qilamiz.

Maqolani o'qish