Bosim ostida testdan oʻtkazish (testing): biz avtonom sinov tizimini qanday yaratdik?
Birmuncha vaqt avval dasturni ishchi nusxa (production instance)ga yuklashdan soʻng avtomatik testdan oʻtkazish (testing) kerak boʻladigan loyihada ishlagandim. Avtomatlashtirilgan testdan oʻtkazish (testing) bu – toʻliq sinovdan oʻtkazilmasdan oldin dasturiy taʼminotga yaqinda qoʻshilgan yoki oʻzgartirilgan funksiyalar oʻz oʻrnida ishlayotganini tezkor tekshirish usuli. Bu usul batafsil testdan oʻtkazishdan avval asosiy funksiyalar ishlayotganiga amin boʻlishga yordam beradi va oʻz-oʻzidan sifatni taʼminlashdagi tezkor bosqich sanaladi. Testdan oʻtkazish sozlamalari reliz turiga qarab dinamik ravishda oʻzgarib turishi kerak, chunki frontend va bekend relizlar turli vaqtlarda chiqarilgan hamda turlicha testdan oʻtkazish sozlamalarini talab etgan boʻladi.