Boshqalar

Dasturlash davomida ish oqimiga qanday tushish mumkin (va bu nega muhim)?

Ish oqimiga tushish, uning afzalliklari va keyingi safar dasturlashga kirishganda qanday qilib oqimga tushish mumkinligi haqida bilib oling.

Gʻoyalar oqimi, vaqt va makon ahamiyatining yoʻqolishi, yoʻl ochiqligi hamda har tugma bosishning oltinga aylanishi – haqiqiy orzu boʻlsa kerak.

Bu holat ish oqimiga tushish yoki oqim holati deyiladi. Oqimda boʻlganingizda atrofga eʼtibor qaratmaysiz, bajarayotgan ishingizga butunlay shoʻngʻib, ijodkorligingiz, innovatsiyalaringiz oshgani va baxtiyorligingizdan zavqlanib ishlaysiz.

“Oqimda boʻlish sirli hissiyot. Jamoadoshlarga ovqatlanishga tushaveringlar, keyinroq yetib olaman deysiz. Lekin buni ashaddiy mehnatsevarligingizdan emas, shunchaki ayni damda bundan boshqa ish qilishni istamasligingiz tufayli aytasiz”, — deydi GitHub general direktorining texnik maslahatchisi Jonatan Karter. 

Bu maqolada ish oqimiga tushish nimaligini, uning afzalliklari va keyingi safar dasturlashga kirishganda qanday qilib oqimga tushish mumkinligini koʻrib chiqamiz. Qani, ketdik!

Oqim holati oʻzi nima?

Oqim holati konsepsiyasi pozitiv psixolog Mihali Chiksentmihalyi va uning 1990-yilda yozilgan kitobi “Oqim: optimal tajriba psixologiyasi” asari ortidan kelib chiqqan. Bu kitobda Chiksentmihalyi oqimning toʻqqiz koʻrsatkichini sanab oʻtadi:

  1. Qiyinchilik va koʻnikmalar oʻrtasidagi muvozanat
  2. Umumiy diqqat
  3. Aniq maqsadlar
  4. Tezkor qayta aloqa
  5. Vaqt transformatsiyasi
  6. Ichki qoniqish hissi
  7. Yengillik
  8. Oʻz-oʻzini anglashning yoʻqolishi
  9. Toʻla nazoratni his qilish

Chiksentmihalyi insonlar qanday qilib samaradorlik va baxtga erishishini tadqiq qilish jarayonida shu jihatlarni kashf qiladi. Uning aniqlashicha, insonlarning eng sevimli lahzalarida fikr va harakatlari rivojlanib, mislsiz motivatsiya, mazmun va ijodkorlikka sabab boʻladi.

“Dasturlashga avvaldan tabiatiga koʻra matematik yoki ilmiy faoliyat sifatida qaralgan, lekin men kod yozish koʻproq ijodiy faoliyat bilan bogʻliq degan boʻlardim. Insho yoki dastur yozishingizdan qatʼi nazar, eng muhimi, ifodalashni xohlagan narsalaringizni chiqarib bera oladigan erkin muhitga tushib olishingizdir”, – deydi GitHubʼning tadqiqotlar boʻyicha katta direktori Idan Gazit. 

Oqim holatining dasturchilar uchun qanday foydasi bor?

Dasturchilar kutilgan ish oqimiga tushib olganida, samaradorligi keskin ortadi. Dasturchilarning samaradorligi boʻyicha yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotimizga koʻra, ular izoh, soʻrovnoma va muammolar orqali erkin hamkorlik (oqim holatining belgilaridan biri) qila olsa, ancha sifatli ish bajarar ekan. Tadqiqotga koʻra, dasturchilar samarali hamkorlik koʻplab afzalliklarga olib kelishini bildirgan:

  • Yaxshilangan test qamrovi
  • Tez, toza va xavfsiz kod yozish
  • Yangi, kreativ yechimlar
  • Tezroq bajariladigan deploymentlar


Boshqa tomondan dasturchilar erkin ishlay olmaganida, ish jarayoni sekinlashadi (Irvindagi Kaliforniya universiteti tadqiqotiga koʻra, bunday paytda chalgʻishdan keyin ishga qaytishga oʻrtacha 23 daqiqa ketar ekan).

Ish oqimiga tushish holati nafaqat dasturchilar uchun foydali, balki biznesga ham yaxshi yordam beradi.

“Gap biznesning muvaffaqiyati haqida borar ekan, oqim holati hammasini hal qiladi. Buning sababi esa hozirgi kunda oʻnlab dasturlash tillaridan va bir qancha bulutli texnologiyalardan foydalanish ortidan bosim, murakkablik va chalgʻituvchi omillarning koʻpaygani hamdir. Injiniring jamoalarimiz kattaroq muammolarni hal qilishga kirishganda, ularning oqim holatini saqlab qolishga qancha koʻp yordamlashsak, shuncha yaxshi”, –– deydi GitHub dasturchilar manfaatlarini himoya qilish boʻlimi katta menejeri Kris Reddington. 

Ish oqimiga tushib, unda qolishni xohlaydigan dasturchilar uchun qisqa maslahatlar

Xoʻsh, kundalik vazifalarni bajarish jarayonida qanday qilib ish oqimiga tushib olish mumkin? Quyidagi maslahatlar dasturchilik darajangiz va yoʻnalishingizdan qatʼi nazar ish oqimiga kirib, unda qolishingizga yordam beradi.

1-maslahat. Atrofingizdagi muhitni optimallashtiring

Chalgʻituvchi omillardan xoli va katta dividendlar olib keladigan ishga olib boradigan muhit yarating. Buning uchun bir nechta gʻoyalar:

  • Vaqtingizni taqsimlang. Taqvimingizda shaxsiy manfaatlaringiz uchun diqqat qaratadigan vaqtni belgilang, shu vaqtda boshqa hech kim siz bilan uchrashuv rejalashtira olmasin.
  • Tanaffuslarni rejalashtiring. Ish kuni davomida 15—30 daqiqalik tanaffuslar olish uchun taymerdan foydalaning.
  • Ijtimoiy tarmoqlar va telefon bildirishnomalarini oʻchiring. Jamiyatdan uzoqlashing va oʻzingizni tashqi dunyodan vaqtinchaga boʻlsa ham “uzish”ga urining.
  • Koʻp vazifalilikni kamaytiring yoki yoʻqoting. Har qanday holatda ham birdan ortiq vazifani bir vaqtda uddalash sarobdan boshqa narsa emas.
  • Naushnikdan foydalaning. Odatda shovqinni kamaytiradigan naushnik stressni ozaytirib, diqqat jamlanishini yaxshilaydi.
  • Qulayroq joylashib oling. Ergonomik ofis jihozlaridan foydalaning, qulay kiyining va qorningiz toʻqligiga ahamiyat qarating.
  • Uchrashuvlarni rejalashtirishda davom eting. Agar jamoa yetakchisi boʻlsangiz, uchrashuvlaringiz koʻp boʻlishini yodda tuting.
  • Ish oqimiga tushish oldidan anʼana yarating. Qahva olish, xabarlarni tekshirish va telefonni ovozsiz rejimga oʻtkazish kabi kundalik ishlar miyangizga ishga kirishish vaqti kelgani haqida xabar berishi mumkin.

Albatta, eng kuchli harakatlarimizda ham bizni chalgʻitadigan holatlar boʻladi. Agar qoʻlingizdagi ishdan uzoqlashishga toʻgʻri kelsa ham, bu normal holat. Gazit, shuningdek, bunday holda aqliy toʻsiqlarni yengish uchun dasturlashni sherik bilan bajarish yoki muammolarni birga hal qilishni tavsiya qiladi.

“Bu juda hayratlanarli usul, – deydi Gazit, – ishni toʻxtatib, muammoni jamoadoshingiz bilan muhokama qilib olish odatda boshi berk koʻchadan chiqishning eng tez yoʻli sanaladi”.

2-maslahat. Ish xaritasini yarating

Maqsadga erishish uchun aniq yoʻlning borligini bilish bilan ham ish oqimiga tusha olasiz.

Gazit arxitekturaviy ish muvozanatini toʻgʻri ushlay olsa, qanday qilib ish oqimiga tushishni tasvirlab beradi. Bu narsa gap API loyihalash, yaʼni undan qanday foydalanish, maʼlumotlar omboriga bu qanday taʼsir koʻrsatishini hisobga olgan holda arxitektura yaratishingiz kabi murakkab vazifalar haqida ketganda juda muhim sanaladi.

“Agar arxitekturaviy ishni yaxshi bajarsam, keyin nima qilayotganimni tushungan holda gʻisht teraman, – deydi u. – Qayoqqa borayotganimni ham aniq bilaman”.

Reddington esa ish xaritasini tuzish va vaqtni taqsimlash koʻpincha yelkama-yelka yurishini taʼkidlaydi.

“Vaqtimni taqsimlaganimda shugʻullanayotgan muammolarni qanday yechishni tushuna olaman”, – deydi u.

Shunday boʻlsa ham, Reddington har doim ham belgilangan vaqt ichida qilmoqchi boʻlayotgan ishingizni toʻgʻrilay olmaslik mumkinligidan ogohlantiradi. Lekin har holda siz ruhan tartibga tushishni boshlaysiz.

Ish oqimiga tushib olish uchun vazifa va koʻnikmalarning optimal juftligini topish ham muhim. Agar vazifangiz juda oddiy boʻlsa, tezda zerikib, ishdan qoniqmaysiz. Boshqa tomondan, ish juda qiyin boʻlsa, uddalay olmasligingizni oʻylab stressga tushasiz. Bu ham ish oqimiga tushishni qiyinlashtiradi.

“Yaxshi juftlik hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi”, – deydi Reddington.

3-maslahat. Bajarayotgan ishingizdan xursandchilik toping

Jarayondan zavqlanmasangiz, ish oqimiga tushib ololmaysiz.

“Uchrashuv va elektron xabarlar yoki kechki ovqatga nima yeyish haqida tashvishlanmasangizgina ish oqimiga tusha olasiz”, – deydi Karter.

Bu xuddi koʻngil yozishga oʻxshaydi.

“Bu holatni kitobning bir bobini tugatganda ikkinchisini ham oʻqish istagi yoki Netflixʼdagi serialingizning keyingi qismini ham koʻrish ishtiyoqiga qiyoslasa boʻladi, – deydi Karter. – Bular oʻxshash energiya”.

Ishning yoqimli boʻlishi jamoaga ham bogʻliq.

Karter erishmoqchi boʻlgan natijalaringizni aniq shakllantirish bilan ham ofis ishidan zavq olish mumkinligini qayd etadi. Prodakt menejer oxirgi natijani aniq bildiradigan tarzda shakllantirilgan vazifani berarkan, jamoaning bu ishga kirishib, tezroq bajarishga ilhomlanishi ehtimoli ham yuqori boʻladi.

“Shunda ular vazifaning murakkabligiga emas, maqsadga tezroq erishishga ahamiyat qaratadi”, — deydi u.

Xuddi shunday, agar sizga yoqmaydigan loyihada ishtirok etayotgan boʻlsangiz, ehtimol, birinchi navbatda nega bu ishni qilayotganingizni tushunib olish foydaliroq boʻlar...

“Agar bu muammoni nega yechishimiz kerakligi haqida oʻylasam, oʻzimda qiziqish uygʻotib, ish oqimiga tushib olishim mumkin boʻladi”, — deya taʼkidlaydi Karter.

Xulosa

Ish oqimiga tushishga erishish noradrenalin, dofamin, anandamid, serotonin va endorfin miqdorini koʻpaytirib, motivatsiya va ichki qoniqish hissini, shuningdek, obrazlarni farqlash va lateral tafakkur qobiliyati kabilarni kuchaytiradi. Bu dasturchining samaradorligi, ichki entuziazmini taʼminlash uchun haqiqiy gʻalabadir.

“Ish oqimida bir narsani ikki marta qaytarish kabi holatga hech qachon tushib qolmaysiz, — deydi Karter. — Qilayotgan ishingizga yarasha oʻrganasiz. Siz tabiiy ravishda qiziqasiz va oʻzingiz bilmagan holda qiziquvchanlik ongosti mushagini oʻstirasiz. Oʻrganish potensialining esa chegarasi boʻlmaydi”.

 

Manba: How to get in the flow while coding (and why it’s important)

#Coding
#focus
#Productivity
Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
github blog

github blog

O'xshash maqolalar

Jinoyatchi kabi fikrlash: xavfsizlikni testdan oʻtkazamiz
CyberSecuruty

19-aprel, 2024

Jinoyatchi kabi fikrlash: xavfsizlikni testdan oʻtkazamiz

Pentest — xakerlik hujumi imitatsiyasi. U xavfsizlikning zaif tomonlarini xakerlar topmasidan avval aniqlash uchun uyushtiriladi. Axloq meʼyorlari doirasida buzish xususiyatlarini tahlil qilamiz.

Maqolani o'qish
Rezyumeni yaxshilash uchun GitHubʼdan qanday foydalanish mumkin?
github
resume

2-may, 2024

Rezyumeni yaxshilash uchun GitHubʼdan qanday foydalanish mumkin?

100 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega GitHub eng ilgʻor onlayn dasturlash muhitlaridan biri hisoblanadi. Dasturchilar har kuni loyihalar ustida hamda boshqalar bilan hamkorlik qilish maqsadida GitHubʼdan foydalanadi. Agar zamonaviy raqobatbardosh dasturchilar mehnat bozorida texnologiyaga oid ish izlayotgan boʻlsangiz, GitHub bilan ishlash koʻnikmalari bu musobaqada sizga ustunlik berishi mumkin.

Maqolani o'qish
Sunʼiy intellekt zamonida kod yozadigan dasturchilar uchun zarur “qattiq” (hard skills) va “yumshoq” (soft skills) koʻnikmalar
Sunʼiy intellekt
NLP
Yumshoq koʻnikmalar

18-aprel, 2024

Sunʼiy intellekt zamonida kod yozadigan dasturchilar uchun zarur “qattiq” (hard skills) va “yumshoq” (soft skills) koʻnikmalar

Sunʼiy intellekt (SI) dasturlash sohasida oʻziga xos inqilobga sabab boʻlayotgan boʻlsa-da, u hanuz dasturchilar koʻrsatmasi asosida ishlaydi. Bu maqolada sunʼiy intellekt asosidagi yangi dasturlash muhitida dasturchilar qanday koʻnikmalarga ega boʻlishi kerakligi haqida gaplashamiz.

Maqolani o'qish
Mohirdev startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritdi

24-yanvar, 2024

Mohirdev startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritdi

Biz har qadamimiz bilan inson oʻz rivoji uchun imkon topa oladigan dunyoni qurishdan toʻxtamaymiz.

Maqolani o'qish
Dasturlash tili vaqt boʻylab sayohatni taʼminlay oladimi?

1-may, 2024

Dasturlash tili vaqt boʻylab sayohatni taʼminlay oladimi?

Kompyuter ilmi (informatika) parallelizm (konkurentlik) bilan ishlaydi, lekin bir vaqtdagi harakat borasida nima deya olamiz?

Maqolani o'qish