Sun'iy Intellekt

Nega Nvidia aksiyalari “tushib ketyapti?”

DeepSeekʼning Nvidiaga taʼsiri qanday?

Xitoyning sunʼiy intellekt tadqiqot laboratoriyasi boʻlmish DeepSeek bir necha hafta oldin oʻzining open sors SI modeli – DeepSeek-R1 ni eʼlon qildi. Qisqa muddat ichida bu model texnologiya olamida katta eʼtibor qozondi. Laboratoriya tomonidan chiqarilgan maqolada aytilishicha, bu model OpenAIʼning o1 va Metaʼning Llama kabi ilgʻor modellaridan koʻra yaxshiroq ishlaydi. Bu juda ajoyib yutuq. Chunki DeepSeek-R1 open sors, arzon va boshqa modellarga nisbatan kamroq resurs va energiya talab qiladi.

DeepSeekʼning SI model ishlab chiqarishda qoʻllagan bu yondashuvi hozirda Silikon vodiysini xavotirga solib qoʻygan. Chunki u yerda aksar yirik texnologiya kompaniyalari “kuchli usul”larga, yaʼni koʻplab GPU chiplar va serverlar yigʻish hamda modellarni uzoq vaqt oʻqitishga koʻproq tayanayotgan edi. Bu holat Nvidia aksiyalariga,yaʼni sunʼiy intellekt uchun uskunalar (hardware) bozorida yetakchi bo‘lgan kompaniyaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

DeepSeek kompaniyasi innovatsiyalari

DeepSeek sunʼiy intellekt modellarining asosiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqib, apparat vositalariga bog‘liqlik o‘rniga dasturiy optimallashtirishga e’tibor qaratgan. Toʻgʻri, kompaniya dastlab o‘z modellarini o‘qitish uchun minglab Nvidia H100 va H200 AI GPU chiplaridan foydalandi. Biroq AQShning eksport nazorati tufayli eng soʻnggi chiplarni olish imkoniyati cheklanib qoldi. Bu muammoni hal qilish uchun DeepSeek bir qator innovatsion texnik yondashuvlarni joriy qildi. Jumladan, chiplar o‘rtasida maʼlumotlarni samarali uzatish uchun maxsus aloqa tizimlarini yaratish, xotirani tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va kompyuter quvvatiga boʻlgan talablarni minimallashtirish maqsadida mustahkamlovchi usullardan foydalandi. Bunday optimallashtirishlar natijasida DeepSeek-R1 anʼanaviy yirik til modellariga qaraganda ancha kamroq xarajat talab qiladigan boʻldi.

Ha, aytgancha, Tempus AI (TEM) aksiyalari bir haftada 45% o‘sdi. Bunga nimalar sabab boʻlyapti? Sizga ham qiziqmi?

DeepSeek-R1 ning arzonligi APIʼlarning narxida ham seziladi: millionta kirish tokeni uchun 0,55$, millionta chiqishga esa 2,19$. Bu OpenAIʼning 15$ va 60$ tariflariga nisbatan ancha arzon. Biroq DeepSeekʼning bozorda qanchalik oʻsa olishi hali aniq emas. Bundan tashqari, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi geosiyosiy ziddiyatlar Xitoyda ishlab chiqarilgan modellarga nisbatan ishonchni kamaytirishi mumkin. Bu esa DeepSeek’ning G‘arb bozoriga kirishiga toʻsiq boʻladi. 

(Aytgancha, agar individual aksiyalarga qaraganda yanada barqaror foyda olishni xohlasangiz, S&Pʼni ortda qoldirib, 91% daromad keltirgan High Quality Portfolioʼni koʻrib chiqishni tavsiya qilamiz.)

DeepSeek boshqa GPU ishlab chiqaruvchilarga qanday taʼsir koʻrsatadi?

DeepSeek’ning yutuqlari yirik texnologik kompaniyalarga o‘z strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini tug‘dirishi mumkin. DeepSeek’ning resurslarni samarali ishlatish usullari hozirgi kuchli hisoblash quvvatiga tayanadigan sun’iy intellekt strategiyalariga muqobil sifatida qaralmoqda. SI taraqqiyoti natijasida Nvidia hozirda eng ko‘p foyda ko‘rgan kompaniyalardan biriga aylangan. Chunki uning GPU’lari SI modellarini oʻqitish va ishga tushirishda eng yuqori koʻrsatkichlarga ega. Oxirgi ikki yil ichida barcha kompaniyalar sunʼiy intellekt modellarini yaratishga juda katta mablagʻ sarflab, Nvidia kompaniyasining daromadini 2024-fiskal yilda 125% ga oshirib, 61 milliard dollarga yetkazdi. Bunda sof foyda 50% atrofida bo‘lgan.

Agar SI sanoati DeepSeek open sors modellarida foydalangan yondashuvlarga qiziqa boshlasa, SI uchun ishlab chiqarilayotgan kompyuter qurilmalariga boʻlgan talab pasayadi. Aslini olganda, oʻzi SI ekotizimining umumiy iqtisodiyoti boshidan zaif boʻlgan. Ikkinchidan esa, Nvidia mijozlarining koʻpchiligi kiritgan sarmoyalaridan daromad olmayapti. Bu omillar yanada tejamkor, kam resurs talab qiluvchi Si modellariga oʻtishni tezlashtirishi mumkin.

Soʻnggi toʻrt yil davomida NVDA aksiyalarining oʻsishi barqaror boʻlmagan, yillik daromadlar ham S&P 500 fond bozori indeksida oʻzgarib turgan. Aksiyalardan kelayotgan daromad 2021-yilda 125%, 2022-yilda -50%, 2023-yilda 239% va 2024-yilda 171% ni tashkil etgan edi. 30 ta aksiyani oʻz ichiga olgan Trefis High Quality Portfolio ancha barqaror boʻlib, soʻnggi toʻrt yil davomida S&P 500 indeksida sezilarli darajada yuqori koʻrsatkichlarni egallab keldi. Nega bunday boʻldi? HQ Portfolio aksiyalari etalon indeksiga qaraganda guruh sifatida kamroq tavakkal bilan yuqori daromadni taʼminladi. Koʻrsatkichlardan bilinib turganidek, HQ Portfolio aksiyalari nisbatan barqarorlikka ega. NVDA, xuddi 2022-yilda boʻlganidek, keyingi 12 oy mobaynida S&P indeksida yomonroq natija koʻrsatadimi yoki keskin oʻsadimi? Foiz stavkalarining pasayishi va koʻplab urushlar tufayli hozirgi noaniq makroiqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda oʻylab koʻrish kerak.

Soʻnggi ikki yil ichida SIga nisbatan katta qiziqish asosan “boshqalardan qolib ketish” qoʻrquvi ostida paydo boʻlgandi. Lekin hozirgi kunda katta modellardan olinayotgan natija kamayib boryapti. Shuningdek, oʻqitish uchun sifatli maʼlumotlar hajmi ham cheklangan. Bu yanada samarali modellarga oʻtishni tezlashtirishi mumkin. Bu esa Nvidia kabi GPU ishlab chiqaruvchilarga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Bundan tashqari, Nvidia SI chiplarini ishlab chiqarish va ishga tushirishga eʼtibor qaratayotgan hamda mijozlari orasida kuchayib borayotgan AMD, Amazon kabi kompaniyalar bilan raqobatlashyapti. Nvidia o‘zining SI protsessorlari atrofida keng dasturiy taʼminot ekotizimini yaratgan. Bu, masalan, mijozlarni oʻz mahsulotlariga koʻproq bogʻlashga yordam beradigan dasturlash tillarini ham oʻz ichiga oladi. Shunga qaramay, u raqobat bosimiga duch kelishi mumkin. Nvidia aksiyalarining yuqori baholanishi bu xavflarni to‘liq aks ettirmaydi. Nvidia aksiyalarining har bir ulushi taxminan 93$ ga baholanyapti. Bu hozirgi bozor narxidan 35% ga past. Nvidia aksiyalarining qiymatini tahlil qilganmiz, ko‘rib baho bering: qimmatmi yoki arzon?


Manba: Why Is DeepSeek Sinking Nvidia Stock?

Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
https://assets.mohirdev.uz/article-authors/67a1fb49fc29487697bd3207/20250204113423974.original.png

Forbes