Dizayn

Dizayner rasm chizishni bilishi kerakmi? Mutaxassislar fikri

Grafik va veb-dizayner uchun rasm chizish qobiliyati qanchalik zarurligi hamda bu mutaxassislarga yana qanday koʻnikmalar asqatishini koʻrib chiqamiz.

  • Grafik dizayner rasm chizishni bilishi kerakmi?

  • Veb-dizayner rasm chizish koʻnikmasiga ega boʻlishi shartmi?

  • Ekspert maslahati

Grafik dizayner rasm chizishni bilishi kerakmi?

Qahvaxonaning brend stakani, avtobusdagi reklama eʼlonlari, muzqaymoq qadogʻi, bank logotipi — bularning barchasi grafik dizaynerning ishlari boʻlib, u quyidagilarni yaratadi: 

  • brend uslubi: mahsulot qadogʻi, logotiplar, shriftlar, ranglar; 

  • ijtimoiy tarmoq, maqola va lendinglar uchun vizual materiallar; 

  • reklama materiallari, masalan, varaqa va bukletlar; 

  • merch: futbolka, sumka, aksessuar, yondaftar va boshqalar; 

  • navigatsion materiallar, masalan, muzey ekspozitsiyasi yoki festival xaritalari.

 

Grafik dizayner kompozitsiya, tipografika asoslari, ranglar uygʻunligi qoidalarini bilishi, Adobe paketi, Figma, fotosuratlar toʻplami, SI dasturlari, masalan, Midjourney bilan ishlay olishi kerak.

Alevtina Grinmiris, grafik dizayner, dizayn boʻyicha kurslarda revyuyer

Rasm chizish koʻnikmasi gʻoyalarni amalga oshirish uchun koʻproq imkoniyat beradi. Grafik dizayner noyob personajlarga ega uslubni oʻylab topishi va rasm chizishni bilsa, ularni oʻzi yaratishi mumkin. Agar bu qobiliyat boʻlmasa, illyustratorga murojaat qilish zarurati tugʻiladi va bu loyiha byudjetini oshiradi yoki umuman gʻoyadan voz kechishga olib keladi.

Boshdagi gʻoyani qogʻozga koʻchirish kerak boʻlganda, rasm chizish qobiliyati eskizlar yaratishda dizaynerga yordam beradi. Bunday qoralamasiz ishlab chiqish bosqichi uzoq va qiyinroq boʻladi, u bilan esa tezda sketchbukka bir nechta variantni tushirish, eng muvofiqlarini tanlash va ular bilan Adobe Illustrator yoki Figmaʼda ishlash mumkin. Rasm chizish qobiliyati ish qidirishda dizaynerga ustunlik beradi. Bunday koʻnikmaga ega boʻlgan mutaxassisga bozorda talab katta va hh.ruʼdagi boʻsh ish oʻrinlariga koʻra xulosa qilinadigan boʻlsa, 100 000 rubldan boshlanadigan maoshga umid qilish mumkin.

Veb-dizayner rasm chizish koʻnikmasiga ega boʻlishi shartmi?

Veb-dizayner veb-sayt va mobil ilovalar dizaynini yaratadi. Ularga kirgan kishining sahifada qolib, maqsadiga koʻra harakatni amalga oshirishi, masalan, mahsulot xarid qilishi dizayner interfeysni qanday loyihalaganiga bogʻliq. Veb-dizaynerning vazifalari: 

  • Foydalanuvchining yoʻlini oʻrganish: uning saytga qayerdan kelishini, birinchi boʻlib nimani koʻrishini, ikkinchi boʻlib esa nimaga nazar tashlashini tahlil qiladi; 

  • Vizual elementlardan foydalanib, foydalanuvchiga kompaniyaning afzalliklarini bildirish va maqsadli harakatlarga yoʻnaltirish borasida qaror beradi; 

  • Sxema, qoralama, soʻngra vayrfreym — boʻlajak mahsulotning axborot arxitekturasi skeletlari koʻrinishidagi eskizlarni yaratadi; 

  • Maketlarni yaratadi va dasturchilar uchun texnik topshiriqni tayyorlaydi.

Veb-dizayner nafaqat foydalanuvchiga qulay boʻlishi va biznes maqsadlar, balki u yaratayotgan sayt chiroyli va estetik jihatdan koʻrkam boʻlishi haqida ham oʻylaydi. Shuning uchun mutaxassis boshqa dizaynerlar singari kompozitsiya va tipografika nima ekanini bilishi, shuningdek, ranglar uygʻunligini yarata olishi muhimdir. U mahsulotning uslubi, rangi, yoʻnalishiga koʻra rasmlarni tanlashi kerak va ularni oʻzi chizishi shart emas.

Kseniya Krilova, “Interfeys dizayneri” kursi ustozi 

Koʻpgina hollarda suratlar veb-dizaynerlar emas, balki illyustratorlar tomonidan chizilgan. Ha, agar dizayner rasm chizishni bilsa, bu yaxshi. Ammo bu ish beruvchi uchun unchalik muhim emas. Asosiy talab — qulay va chiroyli veb-saytlarni yarata bilish. Ayrim boʻsh ish oʻrinlari eʼlonlarida “qoʻlda chizish koʻnikmasi” talabini uchratish mumkin, ammo bu brend uslubidagi veb-sayt va kastom personajlarga ega boʻlgan kompaniyalarga taalluqli. Bundan tashqari, agar loyihaning butun gʻoyasi noyob belgi va qahramonlarga asoslangan boʻlsa, u holda birinchi navbatda veb-dizayner emas, balki illyustrator qidiriladi.

Koʻpincha veb-dizaynerdan banner va logotiplarni ishlab chiqish soʻraladi. Bunday hollarda eskizni qoʻlda chizish qobiliyati qoʻl kelishi mumkin. Ammo bunda ham maxsus badiiy koʻnikmalar kerak emas, muhimi — mohiyatni yetkazish.

Ekspert maslahati

Kseniya Krilova 

Dizayner — hunar egasi. U biznesning maqsad va koʻrsatkichlariga koʻra moʻljal oladi. Bunday mutaxassis har doim texnik topshiriqqa ega va natija mijoz koʻnglini toʻldirmagunicha ishni qayta bajaraveradi. Bu esa haqiqiy ijod emas va badiiy mahorat orqa planda qolib ketadi.

 

Manba: Должен ли дизайнер уметь рисовать: мнения экспертов

#maslahat
#design
Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
Yandex Praktikum

Yandex Praktikum

O'xshash maqolalar

Python – undan nima maqsadda foydalangan yaxshi?
python

3-avgust, 2023

Python – undan nima maqsadda foydalangan yaxshi?

Pythonni qaysi sohalarda ishlatsak, eng yaxshi natijani olishimiz mumkin?

Maqolani o'qish
Ishga tushirish arafasida: tayyor tizimlarning testdan oʻtkazilishi

29-aprel, 2024

Ishga tushirish arafasida: tayyor tizimlarning testdan oʻtkazilishi

Mahsulot kutilganidek ishlashiga va relizga deyarli tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish uchun tizim sinovi zarur. Sizga bunday sinov qanday oʻtkazilishini va buning uchun nima kerakligini aytib beramiz.

Maqolani o'qish
Infratuzilma boʻyicha boshliq: tizim administratorlari (sisadminlar) aslida nima ish qiladi?

29-aprel, 2024

Infratuzilma boʻyicha boshliq: tizim administratorlari (sisadminlar) aslida nima ish qiladi?

Dasturchilar dasturlar yaratadi, tizim administratori esa bu dasturlarning ishlashi uchun kerakli muhit — serverlar va tarmoqqa javobgar. Qanday qilib bunday mutaxassis boʻlish haqida hikoya qilamiz.

Maqolani o'qish
Sunʼiy intellekt zamonida kod yozadigan dasturchilar uchun zarur “qattiq” (hard skills) va “yumshoq” (soft skills) koʻnikmalar
Sunʼiy intellekt
NLP
Yumshoq koʻnikmalar

18-aprel, 2024

Sunʼiy intellekt zamonida kod yozadigan dasturchilar uchun zarur “qattiq” (hard skills) va “yumshoq” (soft skills) koʻnikmalar

Sunʼiy intellekt (SI) dasturlash sohasida oʻziga xos inqilobga sabab boʻlayotgan boʻlsa-da, u hanuz dasturchilar koʻrsatmasi asosida ishlaydi. Bu maqolada sunʼiy intellekt asosidagi yangi dasturlash muhitida dasturchilar qanday koʻnikmalarga ega boʻlishi kerakligi haqida gaplashamiz.

Maqolani o'qish
Texnik suhbatga tayyorgarlik: dasturchi maslahatlari
maslahat
interview

4-may, 2024

Texnik suhbatga tayyorgarlik: dasturchi maslahatlari

Texnik suhbat — dasturchining amaliy koʻnikmalari va bilim darajasini tekshirish. Unga qanday tayyorgarlik koʻrish kerakligi va bu jarayonda qaysi xatolarga yoʻl qoʻymaslik haqida hikoya qilamiz.

Maqolani o'qish