Backend

Nima uchun Java dasturlash tilini o'rganish kerak?

Javani tanlash uchun sabablar

​​ AQSh Ish Byurosiga ko’ra, Qo’shma Shtatlarda 1,469,000 dasturchi mavjud. Statistikaga ko’ra, ularning 35.35%i Java  dasturlash tilidan foydalanishadi. 

Umuman, dasturchilik sohasini tanlayotganda Java dasturchisi bo’lish eng aqilli qarorlardan deyish mumkin.

1995-yil Java yaratilgandan beri, Python, Scala, JavaScript, and PHP kabi dasturlash tillari chiqqan bo’lsada, Java hozirda eng ko’p ishlatiladigan TOP 5 tildan biri bo’lib turibdi.

Hozir Javaning 4 ta versiyasi mavjud:

1. Java Card - kichik quvvatga ega qurilamlar uchun dasturlar yozish uchun ishlatiladi. (masalan, SIM karta va bankomt kartalari)
2. Java Standard Edition (Java SE), desktop va serverlar uchun dasturlar yozish uchun ishaltiladi.
3. Java Micro Edition (Java ME), mobil qurilmalar uchun dastur yozish uchun ishlatiladi.
4. Java Platform Enterprise Edition (Java EE), katta mashtabdagi dasturlar ishlab chiqish uchun ishlatiladi.

Java dasturchisi bo’lish uchun qanday ko’nikmalar kerak?

Agar siz Java dasturchisi bo'lishni niyat qilgan bo’lsangiz, bir nechta ko’nikma va texnologiyalarni ishlatishni bilishingiz kerak:

Java dasturlash 

Java dasturchisi sifatida siz 0dan veb-loyiha yoki vebda bo’lmagan loyihalarni yaratishingizga to’g’ri keladi. Bu degani, siz Javani tushinishingiz va yangi proyektlarni yaratish, yangilash va buglarni to’g’rilay olishingiz kerak.

Yana:
- Java Card, Java SE, Java ME, va Java EE farqlarini bilish;
- Ko’p qo’llaniladigan Spring va Hibernate frameworklarini ishlata olish;

Testlay olish

Yangi dasturchi sifatida kod yozishni boshlar ekansiz, siz functionality testing, static code testing, unit testing kabilarni o’rganib, ularni egallashingiz kerak bo’ladi.

SQLni ishlata olish

Juda ko’p Java dasturlari databazalarni SQL yordamida yaratilib, ishlatiladi. Shu sabab, siz qanday qilib SQLni ishlatishni bilishingiz kerak. Ideal holatda, Oracle 12c, Microsoft SQL yoki MySQL dan biri bilan tanish bo’lishinigiz kerak.

Loyiha boshqaruvini tushinish

Kattaroq kompaniyada ishlamoqchi bo’lsangiz, waterfall va agile kabi loyiha boshqaruvi usullari bilan tanishib, u orqali ishlay olishingiz kerak.

Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OOP) haqida tushuncha 

Java OOP tili bo’lgani uchun siz OOP prinsiplari va SOLID tamoyillarini tushunishingiz kerak.

Qanday o’rganish mumkin?

Bizning Java Backend praktikum kursimiz orqali Java dasturlash tilini 9 oyda 0dan o’rganishingiz mumkin. 

Kursni Londonda joylashgan Safenetpay kompaniyasida Senior dasturchi sifatida faoliyat yuritayotgan G'ayratjon Rayimjonov olib boradi.

#Full Stack Java
Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
MohirDev

MohirDev