Karyera
Professional dasturchilar
Biz professional dasturchilardan bir qator narsalarni soʻrab, bilib oldik:
– Ishdagi mahsuldorlikka nimalar taʼsir koʻrsatadi;
– Ular qancha vaqtda sodir boʻladi;
– Kunning qancha qismini bunga sarflash kerak?
Shuningdek, dasturchining ish muhiti – ishni osonlashtiradigan jarayonlar, vosita va dasturlar bor yoki yoʻqligini ham bilib oldik.
Mahsuldorlikka taʼsir
“Professional developer” dasturida ishtirok etish
Bu yilgi ishdan qoniqish va samaradorlik mavzusida oʻtkazilgan dasturchilar soʻrovnomasidagi “Professional developer boʻlimi” savollariga taxminan 29 000 ga yaqin professional dasturchi oʻz javoblarini qoldirdi.
Savol: professional dasturchilar loyihasida qatnashishni istaysizmi?
Individual ishtirokchi yoki menejerlar
Kodlovchilar boshqarishdan koʻra koʻproq kod yozadi. Professional dasturchilarning 87% i individual ishtirokchi ekanini maʼlum qildi.
Savol: siz individual ishtirokchimisiz yoki menejer?
Professional ish tajribasi yillarda:
Har 4 ishtirokchidan 1 tasi professional boʻlish uchun 1 yildan 4 yilgacha vaqt sarflagan. Yaʼni jami professional dasturchilarning 25% i 1 yildan 4 yilgacha ish tajribasiga ega ekanini bildirdi. Soʻrovnomaga javob beruvchilarning koʻpchiligi boshlangʻich mutaxassisdan tortib oʻrta darajadagi (9 yoki undan kamroq ish tajribasiga ega) ishchilar boʻlib chiqdi. Menejerlarning aksariyat qismi esa oʻrta va undan keyingi darajadagi professionallar (10+ yillik tajriba bilan) ekan.
Savol: siz necha yillik ish tajribasiga egasiz?
Tashkilotlar doirasida bilim yoki maʼlumot orttira olish qobiliyati
Ishtirokchilarning 70% i savol paydo boʻlganda javob topish uchun qayerga borishni bilishini qatʼiy taʼkidladi. 56 i esa buni imkon qadar tezroq bajarishini bildirdi.
Tez degani qancha muddatni bildiradi? 53% ishtirokchi savollariga javob olish uchun qayerga borishni bilsa-da, javobni kutish ish oqimini buzishini qatʼiy takidladi.
Savol: iltimos, quyidagi tasdiq bilan qanchalik rozi ekaningizni bildiring:
Mahsuldorlikka boʻlgan qarshilik chastotasi
Dasturchilarning 30% i bilimni qizgʻonish holati haftasiga 10 yoki undan koʻp boʻlishini va ish samarasiga taʼsir koʻrsatishini bildirdi.
Lekin bu holat barcha uchun (45% odam bundan zarar koʻrayotganini maʼqulladi) umumiy boʻlgan muammo emas. Agar sizda uchrayotgan boʻlsa, bu koʻp takrorlanadigan muammodir.
Savol: quyidagilarga qanchalik tez duch kelasiz?
Yechim topishga sarflanadigan kunlik vaqt
Ishtirokchilarning 61% i muammolarga yechim izlashga har kuni 30 daqiqa yoki undan koʻproq vaqt sarflaydi.
Menejerlar yechim izlashga individual ishtirokchilardan kamroq vaqt sarflaydi (40–36% odam 30 daqiqa yoki undan kamroq vaqt ketkazadi).
Savol: ishda duch keladigan muammolaringizga yechim topishga kuniga oʻrtacha qancha vaqt sarflaysiz? (Bu izlanishingizga, hamkasbingizdan soʻrashingizga va javob kutishingizga ketadigan vaqtni qamrab oladi).
Savollarga javob berishga sarflanadigan kunlik vaqt
Menejerlar savollarga javob berishga koʻp vaqt sarflaydi. 61% menejerlar savollarga javob berishga kunlik 30 daqiqa vaqt sarflaydi.
Savol: odatda ish jarayonida savollarga javob qaytarishga kunlik oʻrtacha qancha vaqt sarflaysiz?
Dasturchi muhiti
Kompaniya ichidagi jarayonlar, instrument va dasturlar
Aksariyat professional dasturchilar ishlayotgan tashkilotlarida CI/CD, DevOps va avtomatlashtirilgan testlash mavjudligini bildirdi.
Ishda sunʼiy intellekt ishtirokidagi texnologiyadan foydalanish imkoniyati bor dasturchilar soni ikki baravar koʻpaydi: oʻtgan yili 15,7% edi, bu yil 32,4% ga oshdi.
Savol: men ishlaydigan kompaniyada mavjud:
Cloud On-prem muhiti
Aksariyat dasturchilar bulutli hosting yoki gibrid muhitda ishlaydi (86%); 14% i esa oddiy muhitda (solely-on-prem) ishlaydi.
Savol: kompaniyada arizalarimiz, database va xizmatlar saqlanadi:
Ish jarayonidagi texnik savollarga javob topish uchun resurslar
Ommaviy qidiruv tizimlari texnik savollarga javob topish uchun professional dasturchilar tomonidan ishlatiladigan asosiy manbadir. 55% dasturchilar anʼanaviy qidiruvdan, 15% i esa bepul yoki pullik SI yordamidagi qidiruvdan foydalanadi.
Savol: ish paytida texnik savolga duch kelsangiz, javob topish uchun birinchi qayerga murojaat qilasiz?
Eng keng tarqalgan asabbuzarliklar
Ishtirokchilarning 63% idan olingan javoblarga koʻra, individual ishtirokchi va menejer boʻlishidan qatʼi nazar ishdagi asabbuzarlikning eng yomoni texnik qarz ekan.
Biroq ular kompaniyadagi ishonchga arzimaydigan vosita va xizmatlar ish jarayonida asablarini buzishi mumkinligini maʼqullamadi. Menejerlar mana shu holatni texnik qarzdan keyin ikkinchi oʻringa qoʻydi. Lekin individual ishtirokchilar bu oʻringa biror narsa qurish yoki deploy qilishdagi murakkab texnologik stackʼlarni belgiladi.
Savol: kompaniyadagi qiyinchiliklarning qaysi biri sizni eng koʻp asabiylashtiradi? Berilganlardan tanlang.
Ish yoʻnalishi va undan qoniqish
Tarmoq
Dasturchilar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish top darajadagi tarmoqligicha qolmoqda. Bu yilgi soʻrovnomaning professional dasturchilar boʻlimida qatnashgan ishtirokchilarning 41% i dasturiy taʼminot ishlab chiqish tamogʻida faoliyat olib boradi.
Savol: siz ishlaydigan kompaniya qaysi tarmoq yoʻnalishida?
Hozirgi ishidan qoniqish
Soʻrovnoma har beshta professional dasturchidan faqat bittasi hozirgi ishidan mamnunligini koʻrsatdi. Biz ularni hozirgi vazifasidan qoniqishini soʻraganmizda 48% odam juda mamnunligi, 19% i esa ishidan koʻngli toʻlishini bildirdi.
Savol: hozirgi professional dasturchi vazifangizdan qanchalik koʻnglingiz toʻq?
Ishdan qoniqish his qilishingizga hissa qoʻshuvchi omillar
Baxtli, xursand emas yoki oʻrtalikdagi barcha professionallar kod sifatini oshirish va dasturchi muhiti ishdan eng zoʻr qoniqish his qilishni taʼminlashini maʼqullaydi.
Savol: quyidagi attributlarni oʻqib chiqing. Ulardan qay darajada qoniqasiz. Qoniqish darajangizni umumiy 100 ball asosida har biriga baholab chiqing.