Boshqalar

Qanday qilib dasturchi boʻlish mumkin? Kerakli koʻnikmalar va duch kelinishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar

Yangi boshlovchilarga dasturlash yoʻnalishi va tilini qanday tanlashni, shuningdek, yoʻl boshida uchrashi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarni qanday yengishni aytib oʻtamiz.

  • Qaysi dasturlash yoʻnalishini tanlash kerak?

  • Dasturchi oʻrganishni nimadan boshlashi kerak?

  • Dasturchi boʻlish uchun nimalarni bilish kerak? Hard va soft skills

  • Dasturchi ishida eng muhimi nima?

  • Yangi mutaxassislar uchraydigan qiyinchiliklar

  • Ekspert maslahati

 

Qaysi dasturlash yoʻnalishini tanlash kerak?

Avvaliga qaysi yoʻnalish sizni qiziqtirayotganini aniqlash kerak. Dasturlash tilini oʻrganish tanlangan yoʻnalishga bogʻliq boʻladi. AyTida soha va texnologiyalarning norasmiy tasnifi mavjud. Masalan, frontend dasturlashda JavaScript va belgilash (html, css kabi) dasturlash tillari, bekend dasturlashda esa Python kerak boʻladi. Chunki u boshqa tillarga nisbatan oson va kod yozishni mashq qilishda yordam beradi.

Mutaxassis qanday vazifalarni bajarishi, qanday koʻnikma va dasturlash tillari kerak boʻlishiga qarab bir nechta dasturlash yoʻnalishlarini koʻrib chiqamiz.

 

Frontend dasturchi

Majburiyatlari: sayt yoki ilovaning tashqi qobigʻi – foydalanuvchi ishlatadigan qismini yaratish.

Koʻnikmalar: HTML, CSS, JavaScript va TypeScript (JavaScript imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlash tili).

Fulstek dasturchi

Majburiyatlari: sayt yoki ilovaning toʻliq yaratilish sikli, yaʼni ham frontend (tashqi koʻrinish), ham bekend (mantiqiy ishlash, funksionallik) bilan shugʻullanish.

Koʻnikmalar: HTML, CSS, JavaScript va TypeScript, React kodlari kutubxonasi, Docker ilovalarni ishlab chiqish va ishga tushirish platformasi hamda algoritmlar.

Python dasturchi

Majburiyatlari: sayt va ilova bekendi bilan ishlash, dasturning asosiy funksiyalarini ishlatadigan Pythonʼda kod yozish.

Koʻnikmalar: Python – eng mashhur va oson dasturlash tillaridan biri. Veb dasturlashdan tortib mashinaviy oʻqitishgacha turli sohalarda qoʻllanadi.

1C dasturchi

Majburiyatlari: 1C tizimini muayyan biznesga moslab sozlash. 1C bu – oʻz dasturlash tiliga ega texnologik platforma. Uning yordamida oylik maoshlarni hisoblash yoki ombordagi tovarlar hisobini olish kabi istalgan biznes jarayonini avtomatlashtirish mumkin. 

Koʻnikmalar: 1C – u boshqa tillardan ancha oson va kod rus tilida yozilgan boʻladi.

C++ dasturchi

Majburiyatlari: pilotsiz avtomobillar va robototexnikadan tortib veb brauzer, server va videooʻyinlargacha murakkab AyTi mahsulotlarni yaratishda ishtirok etadi.

Koʻnikmalar: C++. Bu tilda istalgan narsani dasturlash mumkin, ammo bu oʻrganish eng qiyin tillardan sanaladi.

Artyom Streltsov, dasturchi

Noldan dasturchi boʻlish uchun avval yoʻnalish tanlash, aniq dasturlash tilini oʻrganish va texnologiyalar, masalan, mashinaviy oʻqitish, analitika, bekend kabilar qanday ishlashini tushunib olish kerak.


Avvaliga turli dasturlash yoʻnalishlari haqida maʼlumotlarni yaxshilab oʻrganish, majburiyat va istiqbollarni tushunib olish kerak. Nimadan boshlashni tushunish: dasturlash sohasidagi turli kasblar bilan tanishish, kerakli koʻnikmalarni farqlay olish va ish jarayonining oʻziga xosliklarini bilib olish uchun bizning bepul kursimizni sinab koʻring.

Dasturchi oʻrganishni nimadan boshlashi kerak?

Noldan dasturchilikni oʻrganish uchun yangi kasbni oʻrganish usulini tanlash kerak. Buni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:

  • Maqolalar oʻqish, YouTubeʼda bepul videodarslar koʻrish.

Dasturlash mavzusida sodda tushunchaga ega boʻlish uchun “Frontend dasturchi kim?”, “Java operatorlari qanday ishlaydi?”, “Dasturlash yoʻnalishini qanday tanlash mumkin?” kabi maqolalar yordam bera oladi. YouTube darsliklari esa atamalarni va dasturlashda qanday til hamda yoʻnalishlar borligini tushunishga koʻmaklashadi.

  • Onlayn kursda oʻqish.

Baʼzi onlayn maktablar soha bilan tanishtiruvchi bepul kurslarni taqdim qiladi.

Dasturchi boʻlish uchun nimalarni bilish kerak? Hard va soft skills

Shubhasiz, matematika boʻyicha bilimlar ham ancha asqatadi, ammo uni qanchalik chuqur bilish kerakligi yoʻnalishga bogʻliq boʻladi. Masalan, chiziqli algebra va trigonometriya kompyuter oʻyinlari dasturchilariga kerak boʻladi.

Artyom Streltsov
Matematikani qanchalik chuqur bilish oʻzgaruvchilar tilini shunchalik yaxshi tushunish va fikrlarni kompyuterga yetkazish osonlashishini bildiradi. Dasturchining vazifasi gʻoyani ishchi loyihaga aylantirib, uni kompyuterga “tushuntirish”dan iborat.

Mutaxassislarni ikki toifadagi koʻnikmalar – hard va soft skillsʼga koʻra baholaydi. Hard skills yoki “qattiq koʻnikmalar” – mutaxassis egallagan professional bilimlar, texnik uskunalar sanaladi. Soft skills yoki “yumshoq koʻnikmalar” ish jarayonida yordam beradigan insoniy fazilatlar sanaladi.

Rossiya oliy iqtisodiyot maktabi milliy tadqiqot universiteti dasturchi boʻlishni xohlaganlarga yordam beradigan besh hard va soft skillsʼdan iborat roʻyxat shakllantirgan.

Artyom Streltsov
Turli kompaniyalarda yumshoq koʻnikmalarga talab turlicha boʻladi, mutaxassis esa mavjud sharoitga moslashishiga toʻgʻri keladi. AyTiga endi kirib kelgan inson shaxsiy xususiyatlarga qattiq koʻnikmalarga nisbatan kamroq eʼtibor qiladi.

Dasturchi ishida eng muhimi nima?

Kod yoza olish muvaffaqiyatning faqat yarmi. Dasturchi boʻlishni boshlash uchun amal qilinishi kerak boʻlgan bir nechta muhim qoidalar bor:

Xato qilishdan qoʻrqmaslik. Endi boshlaganda xatolar boʻlishi normal holat. Muhimi ularni vaqtida toʻgʻrilash va tushkunlikka tushmaslik.

Hamkasblarga maslahat soʻrab murojaat qilish. Agar nimadir oʻxshamasa, tajribaliroq mutaxassisdan yordam soʻragan maʼqul. Bu oʻrganish  va professional oʻsish jarayonini tezlashtiradi. Ishga kirishda esa yangi mutaxassislarga AyTi sohasida kattaroq tajribaga ega va uni yoshlarga oʻrgatishga tayyor murabbiy tayinlanadigan kompaniyalarni tanlagan maʼqul.

Sabr va diqqatni jamlay olish qobiliyati. Avvaliga yangi maʼlumotni mustaqil oʻzlashtirish va masalalarga uzoq vaqt sarflashga toʻgʻri keladi.

Fikr-mulohazalarni qabul qila olish. Adekvat va asoslangan tanqid mutaxassisga tezroq oʻrganish, professional oʻsishga yordam beradi.

Artyom Streltsov
Loyihalar odatda inson omili tufayli yuzaga kelgan xatolar sababli ishlamaydi. Buni toʻgʻri qabul qilib, tuzatish muhim. Hech kim saytning ishlamay qolishi yoki tugmani bosib boʻlmaslikdan kafolatlangan emas.


Yangi mutaxassislar uchraydigan qiyinchiliklar

Har qanday kasbda junior darajasidagi mutaxassislar eng koʻp qiyinchilikka uchraydi – bozorda ularning tajribasiga mos keladigan ishlar middle va senior mutaxassislarga nisbatan kam. Ayniqsa, hozir AyTi sohasi kasbni qayta egallovchilar orasida juda mashhur: hh.ru sayti maʼlumotlariga koʻra, har beshinchi rossiyalik ish izlovchi AyTi sohasiga oʻtish haqida oʻylaydi.

Yangi dasturchilar qanday qiyinchiliklarga duch keladi?

  • Boshlangʻich maoshning kamligi. Har qanday kasbda boʻlgani singari. Yaxshi yangilik shundaki, AyTi sohasida karyeraning tez oʻsishi iqtisodiy oʻsishni ham bildiradi. Ikki yil ichida 190 282 rubl (oʻrtacha 2000 dollar) maoshli midl darajadagi mutaxassisga, toʻrt yil ichida esa 245 044 rubl (oʻrtacha 2700 dollar) maoshli senior mutaxassisga aylanish mumkin. 

Artyom Streltsov
AyTida raqobat katta, lekin bu hech qayerda ishlay olmaslikni bildirmaydi. Muhimi, ishga nisbatan ishtiyoqning yuqoriligi. Avvaliga maosh boʻyicha talablarni biroz pasaytirib, kichikroq kompaniyalarga rezyume topshirish, stajyor sifatida ishlab koʻrish mumkin.

  • Ishdan sovish va hafsalaning yoʻqolishi ham kuzatilishi mumkin. Bundan qochish uchun work-life balanceʼga amal qilish kerak: uyqu va taomlanish rejimiga rioya qilish, jismoniy faollikni unutmaslik, kunni shaxsiy ishlarga ham vaqt yetadigan qilib rejalashtirish lozim.

Artyom Streltsov
Agar ikkilanishga uchrasangiz yoki ishtiyoqingiz soʻnsa, biror oddiyroq narsaga diqqat qaratish yoki tajribali hamkasblardan maslahat soʻrash mumkin. Oʻzingizni majburlash va charchatish yaramaydi: miya monoton hayotdan toliqadi. Yaxshisi, biroz dam olib, yangi kuch bilan ishga qaytish kerak.

  • Notoʻgʻri grafik. Ishni endi boshlaganda vazifalarni bajarish qiyin boʻladi, ularga koʻproq kuch va vaqt talab qilinadi, shuning uchun dam olish kunlari va hatto tunlari ham ishlashga toʻgʻri keladi. Mutaxassis tajriba toʻplagani sayin bu muammo ham yoʻqolib boradi.

Ekspert maslahati

Artyom Streltsov
Dasturlashda oʻrganib boʻlmaydigan narsaning oʻzi yoʻq, bu sizning qanchalik qunt qilishingizga bogʻliq. Dasturlash tilini oʻrganish xorijiy tilni oʻrganishdan qiyinroq emas. Muhimi, nafaqat leksikani bilish, balki uni toʻgʻri ishlata olish hamdir.

 

Manba: Как стать программистом с нуля: необходимые навыки и возможные трудности

Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
Yandex Praktikum

Yandex Praktikum