Boshqalar

Qanday qilib kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis boʻlish mumkin?

Axborot xavfsizligi sohasida ishlash uchun nimalarni bilish kerak va uni qayerda oʻrganish mumkin? Zarur “qattiq” va “yumshoq” koʻnikmalar.

Mundarija

1. Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis uchun hard skills

2. Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis uchun soft skills

3. Kiberxavfsizlik sohasidagi ixtisoslar

4. Ilova xavfsizligi muhandisi (Application Security Engineer)

5. Yangi boshlayotganlar uchun kiberxavfsizlik sohasidagi ishlar

6. Axborot xavfsizligi mutaxassisiga qanday koʻnikmalar kerak?

Axborot xavfsizligi boʻyicha ekspert ishida qanday koʻnikmalar kerak boʻlishini koʻrib chiqamiz. Spoyler: bilimning oʻzi yetarli boʻlmaydi. Kiberhujumlarning oldini olishdan tashqari, hamkasblaringiz bilan muloqot qilishingiz va yangi narsalarni oʻrganish uchun vaqt topishingiz kerak boʻladi.

Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis uchun hard skills

Tor mutaxassislik sohasini chuqur oʻrganishdan oldin AX (axborot xavfsizligi) asoslarini oʻrganish lozim. AX sohasida yangi ish boshlayotgan mutaxassis kiberxavfsizlikning asosiy konsepsiyalarini, kiberhujum va zararli dasturlar turini tushunishi hamda veb ilovalar xavfsizligini qanday taʼminlashni bilishi kerak. Bundan tashqari, koʻplab AX yoʻnalishlari dasturlash tillarini bilishni talab qiladi.

Kiberxavfsizlik asoslari

Kriptografiya. RSA yordamida hammabop kalitlarni yaratish, ochiq kalitlar orqali maʼlumotlarni shifrlash va yopiq (shaxsiy) kalitlar bilan ularni ochish.

Xeshlash. MD5 kabi xeshlash algoritmlari yordamida olingan maʼlumotlarning yaxlitligini tekshirish.

Raqamli imzolar. Raqamli imzolarning yaratilish jarayonini tushunish va ularning haqiqiyligini tekshirish koʻnikmasi.

Davlat xavfsizlikni taʼminlash qoidalari. Qonunlar, meʼyoriy hujjatlar, tashkilotlarning shaxsiy maʼlumotlari va axborotlarini himoya qilish talablarini bilish, axborot xavfsizligini boshqarish tizimlari bilan ishlash qobiliyati.

Tarmoq xavfsizligi. Kompyuter tarmoqlari va protokollari asoslari, xususan, HTTPS, TLS/SSL, VPN, IPSec va SSH. Brandmauerʼlar, NAT vositalari va tashkilotlarning tarmoq xavfsizligidagi portlarni skanerlash texnologiyalari.

Zararli dasturiy taʼminotlarning asosiy turlari: virus, qurt, troyan, josus DT (dasturiy taʼminot), reklama DT, tovlamachi DT, mantiqiy bomba va rutkitlar. Fishing elektron xabarlar va zararli qoʻshimchalarni aniqlay olish.

Veb ilovalar xavfsizligi. Veb-ilovalar arxitekturasi va SQL inyeksiyalardan himoya qilish usullari, saytlararo skripting.

Kiberhujumlarning keng tarqalgan turlari. Masalan: “oʻrtadagi odam”, ARP-keshni yuborish, sessiya kukilarini oʻgʻirlash, DoS/DDoS va parol hujumlari. Ijtimoiy injeneriya usullari va himoya choralari. Tarmoq hujumlari, ularni aniqlash va oldini olish usullari.

AXda ishlash uchun kerakli dasturlash tillari

Tahlil qilish, yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida kiberxavfsizlik kasblarining aksariyatida dasturlash tillarini bilish talab etiladi.

C va C++. Yadro va drayverlar yoziladigan past darajali dasturlash tillari. Ular yordamida tizim xotirasiga kirish va qurilma bilan oʻzaro aloqada boʻlish mumkin.

Xakerlar bu tillarda zararli dastur va skriptlarni ishlab chiqishi va revers-injiniringni amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, axborot xavfsizligining baʼzi vositalari ularda yozilgan, masalan, kompyuter tarmoqlari skaneri – Nmap (Network Mapper).

PHP. Odatda API va veb-saytlarning server qismini yaratishda ishlatiladi. Eng ommabop hujumlardan biri hisoblanadigan DoS-hujumlar PHP asosida yaratilgan. Xakerlar veb-saytlardagi maʼlumotlarni xavfsizlik tizimi zaifliklaridan foydalanadigan dasturlar – eksploytʼlar yordamida oʻchirib tashlashi mumkin. PHPʼga oid bilimlar esa veb-saytlardagi nosozliklarni aniqlash imkonini beradi.

JavaScript. Bu tildan server yoki mijoz tomonidagi hujumlarga taqlid qilish, shuningdek, reklama dasturlarini yaratishda foydalanish mumkin. Unda saytlararo skriptlar (XSS) ishlab chiqiladi va cookie-fayllarni qayta ishlash mumkin. Xakerlar buferni toʻldiradigan hujumlar uchun JavaScriptʼdan foydalanadi.

Python. Begʻaraz (oq) xakerlikda faol qoʻllanadigan va oʻrganish oson boʻlgan yuqori darajali dasturlash tili. Nmap imkoniyatlarini kengaytirish, veb-xizmatlar bilan ishlash, matnlarni shifrlash va ochish imkonini beradi.

SQL. Xakerlar akkauntga kirish maʼlumotlari, bank rekvizitlari haqida axborot va hokazolarni olish uchun SQL inyeksiyalaridan foydalanadi. Ammo bu tildan parametrlangan soʻrovlar yordamidagi hujumlardan himoya, kirish huquqlarini cheklash va boshqa choralar uchun ham foydalanish mumkin.

Axborot xavfsizligini taʼminlash vositalari

Proscom kompaniyasining axborot xavfsizligi eksperti Artyom Kazansev soha mutaxassisi uchun foydali boʻladigan asosiy vositalar guruhini sanab berdi:

— har xil turdagi maʼlumotlarni himoya qilish vositalari (antiviruslar, tarmoqlararo ekranlar, axborotni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish vositalari, xavfsizlikni tahlil qilish va hokazo);

— xavfsizlikni testdan oʻtkazish uchun maxsus vositalar (Nmap, WireShark, Metasploit, Burp Suite va boshqalar);

— xavfsizlik skanerlari (Nessus, MaxPatrol, Redcheck, Qualys, OpenVas, nmap);

— tizimga buzib kirishni qoʻlda tekshirish vositalari, tekshiruvlarni avtomatlashtirish.

Rossiya bozoridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar:

“Kasperskiy laboratoriyasi”, Positive Technologies, “InfoTeKS”, “Kod bezopasnosti”, C-Terra va “Faktor-TS”.

Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis uchun soft skills

Kiberxavfsizlik mutaxassislari texnik koʻnikmalar bilan birgalikda moslashuvchan koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.

Doimo oʻqib-oʻrganish qobiliyati. Kiber tahdidlar doimiy ravishda takomillashib borayotgani sababli axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis ham vaqti-vaqti bilan oʻz bilim bazasini toʻldirib borishi lozim: kiberxavfsizlik boʻyicha vebinarlarga qatnashishi, maxsus adabiyotlarni oʻqishi va hamjamiyat muhokamalarida ishtirok etishi kerak.

Analitik fikrlash. Qiyin vazifalarni kichik qismlarga boʻlib bajarish qobiliyati soha mutaxassislari uchun foydali boʻladi. Bu uchun matematik koʻnikmalar, fikrlash tezligi va oʻtkir zehnni tarbiyalashda Quick Brain, Neuronation va “Evrika!” kabi oʻyinlar yordam beradi.

Kommunikatsiya koʻnikmalari. Hamkasblar va texnik boʻlmagan kasb egalari bilan samarali aloqa oʻrnatish uchun muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish kerak. Fikrlarni ogʻzaki va yozma ravishda ifoda etish qobiliyati tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradi.

Tafsilotlarga eʼtibor. Shubhali faoliyat boshqa koʻplab jarayonlar ortida yashiringan boʻlishi mumkin. Kiberxavfsizlik mutaxassisi xavflarni oʻz vaqtida aniqlab, hujumning oldini olishi kerak.

Kiberxavfsizlik sohasidagi ixtisoslar

Axborot xavfsizligi sohasida ishlash uchun tizimlarning zaifliklarini sinashni, xavfsiz tarmoqlarni yaratishni yoki dasturiy taʼminot uchun xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqishni rejalashtirishingiz kerak.

Kiberxavfsizlik mutaxassislarini vazifalariga koʻra qizil (Red Team), koʻk (Blue Team) va binafsharang (Purple Team) jamoalarga boʻlish mumkin.

Axborot xavfsizligi boʻyicha tahlilchi (Information Security Analyst)

Kompaniya tarmoqlaridagi oʻzgarishlarni kuzatib boradi va shubhali faollikni aniqlaydi. Maxfiy maʼlumotlar oshkor boʻlishining oldini oladi.

Asosiy vazifalari:

— Tarmoq va dasturiy taʼminotning umumiy xavfsizligini kuzatish;

— Brendmauer va maʼlumotlarni shifrlash usullaridan foydalangan holda maxfiy maʼlumotlarni himoya qilish;

— Xavfsizlik buzilishlarini topish va tekshirish;

— Salbiy oqibatlarni minimallashtirish va kiberhujumlar ehtimolini kamaytirish maqsadida xatarlarni boshqarish usullaridan foydalanish;

— Axborot xavfsizligi boʻyicha xodimlar savodxonligini oshirish.

Asosiy koʻnikmalar:

— Brandmauer hamda buzib kirishni aniqlash va oldini olish tizimlarini (IDPS) bilish;

— Django (Python), Apache Ant (Java) kabi vositalardan foydalana olish;

— Kompyuter tizimlari va raqamli tarmoqlarni tushunish.

Axborot xavfsizligi muhandisi (Cybersecurity Engineer)

Kiber fazoda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidlarga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy qiladi. Himoya tizimlarini (masalan, brandmauer) sozlaydi va yaxshilaydi, marshrutlash usullarini joriy qiladi.

Asosiy vazifalari:

— Tashkilotning jismoniy va tarmoq xavfsizligini taʼminlash;

— Tarmoq xavfsizligidagi buzilishlarni bartaraf etish;

— Xavfsizlik tizimlarining ishlash natijalari toʻgʻrisida hisobot berish;

— Kiberhujumlarni tekshirishda ishtirok etish;

— Tarmoqni buzib kirish va zaifliklarni aniqlash testlari bilan shugʻullanish.

Asosiy koʻnikmalar:

— C, C++, Java, Go, Node, Python tillarida dasturlash va skriptlarni yozish;

— Tarmoq, shu jumladan, VPN, DNS va marshrutlash usullari bilan ishlash;

— Linux, Windows, MacOS kabi operatsion tizimlarni bilish;

— Brandmauer va xavfsizlik protokollaridan foydalana olish.

Begʻaraz xaker (Ethical Hacker) yoki pentester (Penetration Tester)

Tizimdagi xakerlar foydalanishi mumkin boʻlgan xavfsiz “tuynuklar”ni tekshiradi. Begʻaraz (oq) xaker zaif tomonlarni topishga yordam beradigan hujumlarni modellashtiradi.

Asosiy vazifalari:

— Tizim xavfsizligi protokollarini tekshirish uchun buzib kirish testlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

— Zararli dasturlar va xakerlarning taktikasini oʻrganish;

— Test natijalarini rasmiylashtirish va zaif joylarni mustahkamlash.

Asosiy koʻnikmalar:

— Windows, Linux, macOS operatsion tizimlarini yaxshi bilish;

— Dasturlash tillarini, jumladan, C, C++, Java, Ruby, Pythonʼni bilish

DevSecOps muhandisi (DevSecOps Engineer)

Xavfsizlik tizimlarini dasturiy taʼminotni ishlab chiqish hayotiy sikliga integratsiya qiladi. Xavfsizlik tahdidlari monitoringi uchun javobgardir. Shuningdek, tizimning xavfsizlik standartlari va normativlarga muvofiqligini taʼminlaydi.

Asosiy vazifalari:

— Ishlab chiqish jarayonlariga xavfsizlikni integratsiya qilishga yordam berish;

— Yangi xavfsizlik vositalarini joriy etish va tizimdagi zaifliklarni yopish;

— Ishlab chiqish va foydalanish muhitida xavfsizlikni yangilash va saqlash.

Asosiy koʻnikmalar:

— Xavfsizlik konsepsiyasi, shu jumladan, xavflarni baholash va zaifliklarni boshqarishni toʻliq tushunish;

— Dasturiy taʼminotning hayotiy siklini bilish (SDLC);

— Python va PowerShell kabi avtomatlashtirish vositalari va ssenariy tillaridan foydalana olish;

— Docker va Kubernetes kabi bulutli va konteynerlar xavfsizligi tamoyillarini tushunish;

— DevOps bilan ishlash tajribasi (uzluksiz integratsiya, CI/CD va boshqalar);

— Kiberxavsizlik sohasidagi standartlarni bilish.

Axborot xavfsizligi boʻyicha direktor (Chief Information Security Officer, CISO)

Xavfsizlik tahdidlariga qarshi profilaktika va himoya choralarini ishlab chiqadigan guruhlarga rahbarlik qiladi. Kompaniyada axborot xavfsizligini taʼminlash uchun biznes strategiyalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Asosiy vazifalari:

— Xavfsizlik infratuzilmasini yaratish va faoliyatini taʼminlash;

— Noxush kiber holatlarga qarshi qarorlar qabul qilish;

— Kompleans nazorat (xatarlarni boshqarish) amaliyotini joriy etish va taʼminlash.

Asosiy koʻnikmalar:

— Dasturiy taʼminotni tahlil qilish;

— Xavfsizlik tizimlari va bulutli xizmatlar arxitekturasini bilish;

— Boshqaruv menejmenti.

Ilovalar xavfsizligi muhandisi (Application Security Engineer)

Ilovalarning zaif tomonlarini biladi va ularni bartaraf etadi, mumkin boʻlgan hujumlarning oldini oladi. Odatda loyiha menejerlari va dasturiy taʼminot jamoalari bilan birgalikda ishlaydi. Bug Bounty dasturi boʻyicha testlarda ishtirok etishi mumkin.

Asosiy vazifalari:

— Xavfsiz dasturlarni yaratishda yordam berish, dasturchilarni oʻqitish;

— Ilovalarning xavfsizlik siyosatini yaratish;

— Tizim xavfsizligini testdan oʻtkazish va zaifliklarni topish;

— Ilovalar xavfsizligini nazorat qilish vositalarini ishlab chiqish, joriy etish va roʻyxatdan oʻtkazish.

Asosiy koʻnikmalar:

— Xakerlar hujumining oldini olish uchun dastur va skriptlarni yozish tajribasi;

— Mavjud kiber tahdidlar turini bilish;

— Kriptografiyadan foydalana olish.

Yangi boshlayotganlar uchun kiberxavfsizlik sohasidagi ishlar

Yangi ish boshlayotgan mutaxassis yaqin bir-ikki yil ichida qanday vazifalarni hal qila olishi va besh yildan keyin qanday professional natijaga erishishini aniqlashtirishi kerak. Yaʼni oʻz maqsadlarini aniqlab olishi va karyerasini shakllantirishi juda muhim omildir. Koʻpincha mana shu eng muhim bosqich eʼtiborga olinmaydi. Yosh mutaxassis uzoq muddat ishlashni rejalashtirmagan kasbini egallashga kuch sarflaydi. Bu holat esa rivojlanish trayektoriyasining oʻzgarishiga olib keladi. Albatta, bu qoʻrqinchli emas, lekin avval boshdanoq kishi oʻzi uchun qiziqarli yoʻlga tushib olishi maʼquldir.

Inal Korsaya,
”Kross Texnolojis”ning
muhim loyihalar
rahbari

Inal Korsaya kiberxavfsizlik sohasida ish boshlamoqchi boʻlgan yangi dasturchilar uchun quyidagi ishlarni tavsiya qiladi.

SOC (Security Operations Center)ʼda amaliyotchi

Security Operation Center (SOC) — tashkilotning axborot muhitidagi kiber tahdidlar va hodisalarni monitoring, tahlil qilish va zarur choralarni koʻrish uchun masʼul boʻlgan axborot xavfsizligini boshqarish markazi. SOC tashkilotning axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlash, maxfiy maʼlumotlar tarqalishining oldini olish, kiberhujumlardan himoya qilish va xavfsizlikka oid hodisalar oqibatidagi zararni minimallashtirish uchun zarurdir.

Asosiy koʻnikmalar:

— SOC ishining asosiy tamoyillarini bilish;

— Hodisalarni monitoring va tahlil qilish (SIEM, IDS/IPS va boshqalar) vositalarini tushunish;

— Tarmoq protokollari va topologiyalarini tushunish.

Tarmoq xavfsizligi boʻyicha mutaxassis

Tarmoq xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va joriy etish, tarmoqdagi faollik monitoringi, zaifliklarni aniqlash, xavfsizlikka doir hodisalarga qarshi chora koʻrish va himoya mexanizmlarini sozlash (fayervol, IDS/IPS, VPN) bilan shugʻullanadi. Shuningdek, xodimlarni tarmoq xavfsizligi boʻyicha oʻqitadi va tarmoq xavfsizligini muntazam ravishda audit qilib boradi.

Tarmoq texnologiyalari va uni himoya qilish mexanizmlarini chuqur tushunishi kerak.

Asosiy koʻnikmalar:

— Tarmoq protokollari va texnologiyalarini bilish (TCP/IP, VLAN, VPN va boshqalar);

— Tarmoq qurilmalarini (marshrutizator, kommutatorlar) sozlash va administratorligini bilish;

— Cisco, Juniper va boshqa tarmoq qurilmalari bilan ishlash tajribasi.

Axborot xavfsizligi auditori

Tashkilotning axborot tizimlari, tarmoqlari va maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlash choralarini baholaydigan va ularning standartlar va qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradigan mutaxassis. Axborot xavfsizligi auditorlari axborot tizimlari xavfsizligining joriy darajasini baholash, ichki va tashqi tekshiruvlarni oʻtkazish, xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va tahlil qilish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, oʻtkazilgan audit hisobotlari va xavfsizlikni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi hamda xodimlarni axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitadi. Bundan tashqari, axborot xavfsizligi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilinishiga yordam berishi mumkin.

Asosiy koʻnikmalar:

— Axborot xavfsizligi auditi usullari, standartlari va tartibga solish talablarini (masalan, ISO 27001, GDPR) bilish;

— Buzib kirish testlarini oʻtkazish, zaifliklarni tahlil qilish, xavfsizlikni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va hujjatlar bilan ishlash;

— Axborot xavfsizligi auditi standartlari va usullarini (ISO 27001, NIST, PCI DSS va boshqalar) tushunish;

— Auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish va zaifliklarni tahlil qilish, talablarni aniqlash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish tajribasi yoki ularning asosiy tamoyillarini tushunish;

— Kriptografiya asoslari va maʼlumotlarni himoya qilish usullarini tushunish."

Axborot xavfsizligi mutaxassisiga qanday koʻnikmalar kerak?

Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis boʻlish uchun bazaviy “qattiq” koʻnikmalar: kiberxavfsizlikning asosiy konsepsiyalari, kiberhujumlar va zararli dasturlarning turlari, kriptografiyani oʻrganishdan boshlash kerak. Shuningdek, map, WireShark, Metasploit, Burp Suite kabi xavfsizlikni testdan oʻtkazish vositalari bilan tanishib chiqish ham foydadan holi boʻlmaydi. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis uchun PHP, SQL, Python kabi dasturlash tillarini bilish ham muhimdir.

Kiberxavfsizlik mutaxassisi uchun muhim “yumshoq” koʻnikmalar: kirishimli boʻlish, doimo oʻrganishga tayyorlik, analitik fikrlash va tafsilotlarga eʼtibor zarur boʻladi. Kiberxavfsizlikda ishlash uchun zarur boʻlgan qolgan koʻnikmalar ixtisoslashuvga bogʻliq.

Manba: Как стать специалистом по кибербезопасности: необходимые «жесткие» и «мягкие» навыки

#kiberxavfsizlik
Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
Skillfacory Media

Skillfacory Media

O'xshash maqolalar

Ijobiy taassurot qoldiradigan Github README profilni qanday yaratish mumkin?
github

3-may, 2024

Ijobiy taassurot qoldiradigan Github README profilni qanday yaratish mumkin?

Ijobiy taassurot qoldiradigan Github README profilni qanday yaratish mumkin?

Maqolani o'qish
JavaScript dasturlash tili: qayerda ishlatiladi va nima sababdan mashhur?
javascript

2-iyul, 2024

JavaScript dasturlash tili: qayerda ishlatiladi va nima sababdan mashhur?

JavaScript va uning qayerda ishlatilishi, ommabopligi va uni oʻrganishni nimadan boshlash kerakligi toʻgʻrisida hikoya qilamiz.

Maqolani o'qish
Sunʼiy intellekt zamonida kod yozadigan dasturchilar uchun zarur “qattiq” (hard skills) va “yumshoq” (soft skills) koʻnikmalar
Sunʼiy intellekt
NLP
Yumshoq koʻnikmalar

18-aprel, 2024

Sunʼiy intellekt zamonida kod yozadigan dasturchilar uchun zarur “qattiq” (hard skills) va “yumshoq” (soft skills) koʻnikmalar

Sunʼiy intellekt (SI) dasturlash sohasida oʻziga xos inqilobga sabab boʻlayotgan boʻlsa-da, u hanuz dasturchilar koʻrsatmasi asosida ishlaydi. Bu maqolada sunʼiy intellekt asosidagi yangi dasturlash muhitida dasturchilar qanday koʻnikmalarga ega boʻlishi kerakligi haqida gaplashamiz.

Maqolani o'qish
Qanday qilib yaxshi savollar berish mumkin?

2-may, 2024

Qanday qilib yaxshi savollar berish mumkin?

Yaxshi savollar berish dasturiy taʼminot yozishda juda muhim koʻnikma. Yillar oʻtib bu borada ancha tajriba orttirdim (buni hatto hamkasblarim ham eʼtirof eta boshladi). Quyida esa menga yordam bergan bir nechta tavsiyalarni keltiraman.

Maqolani o'qish
Scalaʼni bilish — yaxshi, Sparkʼni bilish esa majburiy. Yangi boshlayotgan va tajribali data injenerlar nimalarni bilishi kerak? Yandeks Praktikum tadqiqoti
Yumsoq ko'nikmalar
portfolio

3-may, 2024

Scalaʼni bilish — yaxshi, Sparkʼni bilish esa majburiy. Yangi boshlayotgan va tajribali data injenerlar nimalarni bilishi kerak? Yandeks Praktikum tadqiqoti

Yandeks Praktikum junior, middle va senior data injenerlar uchun eng talab yuqori boʻlgan koʻnikmalarni oʻrganib chiqdi. Kasbga kirib, unda oʻsish uchun qayerda va qanday rivojlanish kerakligini koʻrib chiqamiz.

Maqolani o'qish