Rivojlanish uchun oʻzimizning SI modelimiz boʻlishi kerak
Mohirdev rahbari Anvar Narzullayev “ICT Week 2026” tadbirida “Sunʼiy intellektning taʼlim va bandlikka tahdidlari” mavzusidagi panel muhokamada ishtirok etdi.
— Sun’iy intellekt allaqachon mustaqil ravishda kod yozish, tahlil qilish, kontent yaratish va dasturiy ta’minotni boshqarishga qodir. Agar SI aynan shu vazifalarning o‘rnini bosa boshlasa, biz yoshlarni yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblarga tayyorlamayapmizmi? Endi ta’limda nimani o‘zgartirishimiz kerak?
Bugun tarixda birinchi marta, menimcha, biz bilimga boʻlgan ta’rifining o‘zi qanday o‘zgarayotganini ko‘ryapmiz. O‘tgan asrlar davomida taʼlim sohasida asosan vosita o‘zgardi. Biz bilimni qanday qabul qilishimiz va qanday yetkazib berishimiz o‘zgardi. Masalan, avvaliga faqat nutq orqali taʼlim berishgan, keyin esa yozuv, va keyin biz raqamli media, internet, onlayn kurslar va hokazolarga yetib keldik. Eʼtibor bering — faqatgina vosita oʻzgardi, lekin bilimning o‘zi bir xil qoldi. Siz nimanidir o‘rganasiz, uni qo‘llaysiz, undan nimanidir o‘zlashtirasiz. Bu bilim edi.
Lekin bugun kimdir “men bilaman” desa, bu ko‘pincha “mening sun’iy intellektim biladi” degan ma’noni anglatadi.
Yaʼni, men biror mavzuning bir qismini bilaman, lekin bilmaydigan joyimni sun’iy intellekt to‘ldiradi. Ayniqsa biz buni dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda ko‘ryapmiz. Masalan, bekend muhandisi osongina fullstek muhandisiga aylanishi mumkin, u butun jarayonni boshqara oladi. Unda aytaylik frontend yoki loyiha boshqaruvi ko‘nikmalari yetishmasa, u bu bo‘shliqni sun’iy intellekt bilan to‘ldirishi mumkin. Lekin bu doimiy o‘rganishni talab qiladi. Mening hamma misollarim, tabiiyki, dasturiy taʼminot bilan bogʻliq, chunki biz dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni o‘rgatamiz.

Hozir nima o‘rgatayotganimiz, hozir qanday o‘rgatayotganimiz, to‘g‘risini aytsam, allaqachon eskirgan. Shuning uchun biz bunday o‘rgatmasligimiz kerak. Yangi yo‘llar, yangi usullar, qanday o‘rgatish yoki qanday o‘rganish ham doimiy ravishda o‘zgarib bormoqda. Barcha usullarni o‘rganishni xohlaydigan talabalar soni ham keskin kamayib borayotganini ko‘ryapmiz. Bugungi kunda deyarli hech kim ham bekend, ham frontend dasturlashni, dasturiy ta’minot arxitekturasining barcha tafsilotlarini, xavfsizlik va hokazolarni toʻliq oʻrganishni xohlaydi? Nima uchun? Chunki, to‘g‘risini aytsam, sun’iy intellekt buni yaxshiroq bajaryapti.
O‘tgan yillari birinchi marta vayb kodlash atamasi kiritilganda, sun’iy intellekt juda pala-partish kod yaratdi, muammolari koʻp edi. Lekin bugun biz koʻrayotgan narsa — aksariyat kompaniyalar ushbu bo‘shliqni yopishga e’tibor qaratmoqda va sun’iy intellekt tobora yaxshilanib boryapti va tobora ko‘proq vazifalar sun’iy intellekt tomonidan bajarilmoqda. Shunday ekan, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar nima qiladi? Hozirgi muammo shunda.
Ta’lim beruvchilar sifatida biz ham ushbu yangi reallikka moslashishimiz kerak. Shuningdek, biz ushbu yangi avlodni, Z avlodni hisobga olishimiz kerak. Ularning odatlari butunlay boshqacha. Ular qanday o‘rganishi, bilimlarni qanday to‘plashi va hokazo. Ularning diqqat-e’tibori qisqa, shuning uchun bu yana bir masala. Shuning uchun menimcha biz shunga e’tibor qaratishimiz va ma’lumot yetkazib berishning yangi usullarini topishimiz kerak.
Bundan buyon har bir yangi avlodning yonida, aynan o‘zlarining yonida sun’iy intellekt yordamchisi bo‘ladi. Ularning o‘z sun’iy intellekt agenti bo‘ladi. Va ular biror narsani o‘rganayotganda, faqat ular emas, balki ularning sun’iy intellekt agenti ham o‘rganadi va ba’zan ularning sun’iy intellekt agenti ular o‘rganayotgan narsadan ham ko‘proq narsani o‘rganadi.
— Besh yildan so‘ng “O‘zbekiston sun’iy intellekt muhitida o‘sib ulg‘aygan avlodni muvaffaqiyatli shakllantirdi”, deya olish uchun nimalar qilish kerak?
Biz o‘zimizning sun’iy intellekt modellarimizga, mahalliy sun’iy intellekt modellariga sarmoya kiritishimiz kerak. Oldingi fikrimni davom ettiraman.
Kelajakda kim eng yaxshi sun’iy intellektga ega bo‘lsa, u qobiliyatliroq bo‘ladi, ko‘proq bilimga ega bo‘ladi.
Hozir AQSh hukumati yuqori darajadagi sun’iy intellekt modellarini boshqa mamlakatlarga taqiqlamoqda, toʻgʻrimi? Masalan, Claude bilan sodir bo‘ldi. Birinchi Opus va Fable modellari chiqarilganda, AQSh hukumati bu modellarni AQSh fuqarosi bo‘lmagan barcha shaxslar uchun taqiqlab qo‘ydi. Endi biz bunga oʻxshagan holatlarni kelajakda tobora ko‘proq ko‘raveramiz. Endi eng yuqori darajadagi modellar faqat o‘sha mamlakatlar bilangina cheklanadi. Pastroq darajadagi, pastroq toifadagi modellarnigina boshqalar bilan baham ko‘radi. Shuning uchun bugun biz o‘zimizning sun’iy intellekt modellarimizga sarmoya kiritishni boshlashimiz kerak.
Biz o‘zimizning sun’iy intellekt modellarimizni yaratishimiz kerak, bu borada boshqa mamlakatlarga qaram bo‘lmasligimiz kerak. Bu biz qilishimiz kerak bo‘lgan eng muhim narsa.
Bu ishni davlat xususiy sektor bilan birgalikda amalga oshirish kerak. Sun’iy intellektni monopoliya qilmaslik kerak. Biz sun’iy intellekt hukumat tomonidan monopoliya qilinayotganini qayta-qayta ko‘ryapmiz. Lekin global strategiyaga qaraydigan bo‘lsangiz, barcha yuqori darajadagi modellar xususiy sektor tomonidan ishlab chiqilgan. OpenAI — xususiy kompaniya, Claude — ochiq xususiy kompaniya. Yuqori darajadagi modellar xususiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan, ammo ular pulni qayerdan olyapti — davlat shartnomalaridan. Shuning uchun hukumatga sun’iy intellekt kerak bo‘lganda, xususiy sektorga murojaat qiling va biz sizga yordam beramiz.
Sun’iy intellekt texnologiyalari mutaxassisi,
"Mohirdev" kompaniyasi rahbari

