Boshqalar

“Xato 404” atamasi nimani anglatadi? Uni qanday tuzatish mumkin?

“Xato 404” yozuvi nima haqida xabar beradi? Bu veb-saytlar uchun keng tarqalgan holat hisoblanadi. Foydalanuvchi havola orqali biror sahifani ochmoqchi boʻlsa-yu, biroq u mavjud boʻlmasa, Xato 404 paydo boʻladi. Yaʼni resurs egasi sahifani atayin oʻchirib tashlagan yoki nosozlik yuzaga kelgan boʻladi.

Uni nima qilish kerak? Veb-saytda bunday xatolarni vaqti-vaqti bilan qidirib turish va oʻchirish kerak. Biroq navbatdagi bag qachon sodir boʻlishini hech kim oldindan bilmaydi. Shuning uchun bunday holatlarda Xato 404 sahifasi tashrif buyuruvchilar uchun foydali boʻlgani maʼqul.

Maqolada quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin:

  • Xato 404 nimani anglatadi?

  • Xato 404 ning kelib chiqish sabablari?

  • Veb-saytdagi Xato 404 ning zarari?

  • Xato 404 ni qanday aniqlash mumkin?

  • Xato 404 ni qanday tuzatish mumkin?

  • Xato 404 sahifasini qanday yaxshilash mumkin?

Xato 404 nimani anglatadi?

Har birimiz Xato 404 ga bir necha bor duch kelganmiz. Aslida u nimani anglatadi? Bu holat foydalanuvchi soʻroviga koʻra sahifa topilmaganida yuzaga keladi.

Boshqacha qilib aytganda, Xato 404 server yaxshi ishlashiga qaramasdan soʻralgan maʼlumotni topa olmaganini anglatadi.

Brauzer bunday nosozlik haqida bir necha xil koʻrinishda xabar berishi mumkin:

  • 404 error;

  • 404 page not found;

  • Error 404;

  • HTTP 404;

  • The requested URL was found on web server;

  • 404 file and directory was not found.

Ushbu kod ikki tarkibiy qismdan iborat:

  • Birinchi “4” raqami muammo serverda emas, balki mijoz qurilmasining ishlashida ekanini anglatadi;

  • “04” raqamlari xato spetsifikatsiyasini belgilaydi.

Xato 404 maʼlum bir ekran interfeysi hisoblanadi va uni dasturchilar boʻlajak veb-sayt kodini yozishda yaratadi.

Bu foydalanuvchilar hozirgacha duch keladigan eng keng tarqalgan baglardan biridir. Biroq tan olish kerakki, bugungi kunda Xato 404 (server topilmadi) 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshiga qaraganda ancha kam uchraydi. Buning sababi esa quyidagi omillarga bogʻliq.

  • Katta veb-saytlarning texnik koʻmak xizmati mutaxassislari bunday xatolar konversiyani yomonlashtirishi va potensial auditoriyani shunga oʻxshash maʼlumotlarga ega boshqa sahifalarga yoʻnaltirib, foydalanuvchi tajribasini buzishini juda yaxshi biladi.

  • Veb-dasturchilar resursga tashrif buyurganlarni ushlab qolish maqsadida maxsus xatolar veb-saytini yaratadi.

Kelib chiqish sabablari

Xato 404 (sahifa topilmadi) bir qator sabablarga koʻra yuzaga keladi.

  • Birinchisi, mavjud boʻlmagan sahifaga olib boruvchi notoʻgʻri manzil yoki havola. Foydalanuvchi qidiruv satriga matn kiritayotganda xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin. Agar domen toʻgʻri yozilgan boʻlsa, ekranda sahifa topilmagani haqida bildirishnoma paydo boʻladi. Agar nom notoʻgʻri kiritilsa, veb-sayt hatto ochilmaydi ham.

  • Ikkinchisi, buzilgan havola (faol boʻlmagan va hech qayerga olib bormaydigan URL). Dasturchilar ichki aloqani sozlayotganda masofaviy sahifalarga eltadigan yoʻllarni olib tashlashni baʼzida unutib qoʻyadi.

  • Uchinchisi, serverdan oʻchirilgan sahifa. Baʼzan bunday sahifalarning havolasi brauzer yoki uchinchi tomon manbalarida (masalan, forumlar va boshqalarda) saqlanib qoladi. Foydalanuvchi oʻsha havoladan foydalanishga uringanda ekranda Xato 404 paydo boʻladi.

  • Toʻrtinchisi, bir URL manzildan avtomatik ravishda boshqasiga oʻtish notoʻgʻri sozlanganda yuzaga keladi. Masalan, kompaniyada veb-sayt manzilini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Redizayn jarayonida dasturchilar URL manzilni yangisiga almashtiradi, biroq unga bogʻliq havolalarni oʻchirishni unutishi mumkin.

  • Beshinchisi, serverdagi texnik muammolar boʻlib, odatda kam uchraydigan holat hisoblanadi.

Bu xato koʻpincha foydalanuvchi tomonidan soʻralgan sahifa topilmaganda paydo boʻladi.

Veb-saytdagi Xato 404 ning zarari

Xato 404 tufayli foydalanuvchi katta ehtimol bilan sahifani yopib, kompaniya ishlamayapti degan qarorga kelishi va boshqa hech qachon qaytib kelmasligi mumkin. Gap shundaki, bag haqidagi xabar resursga tashrif buyuruvchilarga hech qanday axborot bermaydi.

Foydalanuvchi kompaniya mahsuloti yoki xizmatlariga qiziqqan taqdirda ham tushunarsiz matnli boʻsh va oq sahifani (navigatsiya, logotip, korporativ ranglar va yumorsiz) koʻrganidan soʻng yana bir bor veb-saytga kirib koʻrishni istamaydi. Sahifalarni yopadi va raqobatchilarning taklifini koʻrishni boshlaydi.

Koʻpincha bu xato trafikni yomonlashtiradi va sotuvning pasayishiga olib keladi.

SEO

Agar veb-sayt sahifalarning katta qismi Xato 404 ni keltirib chiqarsa, bu uning reytingiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Biroq baglar koʻp boʻlmasa, qidiruv tizimlari shunchaki ularni indekslamaydi. Yaʼni bu holat SEOʼga taʼsir qilmaydi.

E-commerce

Biron bir mahsulot yoki xizmatni sotib olishga qaror qilgan foydalanuvchi buni baribir amalga oshiradi. Veb-saytdagi yuzaga kelgan muammolar foydalanuvchini boshqa raqobatchi kompaniyalarga murojaat qilishga majbur qiladi. Bu esa kompaniya foydasining yoʻqotilishiga sabab boʻladi.

Potensial xaridorning bunday holatdagi harakati juda oddiy izohlanadi.

  • Foydalanuvchi biron narsa sotib olish ishtiyoqida onlayn doʻkon veb-saytiga kiradi va katalogdagi kerakli mahsulotni tanlaydi.

  • Sahifani ochadi va Xato 404 ga guvoh boʻladi.

  • Haqli ravishda mahsulot tugagan yoki shunchaki saytda nosozlik bor deb taxmin qiladi.

  • Shundan soʻng oʻxshash mahsulotlar sotadigan raqobatchi veb-saytiga ketadi.

Shuning uchun ham foydalanuvchining tajribasini buzmaslik va veb-saytga tashrif buyuruvchilar bilan aloqani yaxshilash maqsadida barcha Xato 404 larni aniqlash va oʻz vaqtida tuzatish juda muhimdir.

Xato 404 ni qanday aniqlash mumkin?

Agar veb-saytning hajmi kichik boʻlsa, barcha havolalarning ishlashini qoʻlda tekshirib chiqish mumkin, bu qiyinchilik tugʻdirmaydi. Biroq u juda koʻp sahifalardan iborat boʻlsa, Xato 404 ni aniqlash uchun maxsus dasturiy taʼminot kerak boʻladi.

Quyida nosoz havolalarni topishga yordam beradigan ommabop xizmat va dasturlar keltirilgan.

Search Console Google

Bu vosita yordamida Xato 404 ga ega sahifalarni topish uchun bir nechta oddiy harakatlar yetarli boʻladi.

  • Google akkauntga kirish va Search Consoleʼga oʻtish.

  • Dastlab “Skanerlash xatolari”, soʻngra “Diagnostika” boʻlimini ochish.

  • Sichqoncha bilan “Not Found” tugmasini bosish."

Xato mavjud sahifalar roʻyxati bilan ishlash huquqiga ega boʻlish uchun veb-saytga egalik huquqini tasdiqlash kerak. Buning uchun domen registratorining DNS qaydlariga TXT tasdiqlash qaydini qoʻshish kerak. Bu operatsiya resursning ishlashiga taʼsir koʻrsatmaydi.

“Yandex Vebmaster”

Yandex kompaniyasining ushbu ixtisoslashtirilgan xizmati Xato 404 ni onlayn tarzda qidirish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Muammoli sahifalarni bir necha oson amallar yordamida topish mumkin.

  • Yandex-akkauntda avtorizatsiyadan oʻtib, “Vebmaster”ni ochish kerak.

  • Dastlab “Indekslash”, keyin “Qidirish mumkin boʻlgan sahifalar”, soʻngra “Oʻchirilgan sahifalar”ni tanlash lozim.

  • Yuzaga kelgan roʻyxatda “HTTP xatosi: 404” filtrini oʻrnatish kerak.

insert_bn id=»all»]

“Yandex. Vebmaster” xizmatidan foydalanish uchun veb-saytga egalik huquqini tasdiqlash kerak. Buning uchun asosiy sahifaning HTML kodiga metategni qoʻshish kerak boʻladi.

Screaming Frog

Dastlab dasturni yuklab olish va kompyuterga oʻrnatish talab etiladi. Shundan soʻng tekshirilayotgan veb-saytning URL manziliga koʻra Xato 404 ni qidirishni boshlash mumkin. Bu yordamchi dasturning katta afzalligi shundaki, hatto bepul variantida ham buzilgan havolalarni aniqlash mumkin.

Screaming Frog ishlamaydigan va mavjud boʻlmagan havolalarni tezda topish imkonini beradi.

Not Found 404 xatosini qanday tuzatish mumkin?

Birinchi oʻrinda Xato 404 ning yuzaga kelish sababini aniqlash kerak. Eng keng tarqalgan sabablar quyida keltirilgan.

  • URL manzildagi xato tufayli havola mavjud boʻlmagan sahifaga olib boradi. Muammoni hal qilish va server “200 OK” kodini berishi uchun manzilni togʻri kiritish kifoya qiladi.

  • Nosoz havola. Yuqorida aytib oʻtilganidek, koʻpincha bunday manzillar veb-saytning ichki aloqalari sozlanayotgan paytda yuzaga keladi. Yaʻni sahifa oʻchiriladi, lekin unga eltuvchi havolalar qoladi. Bunday vaziyatda ikki yoʻl mavjud: havolani oʻchirish yoki uni boshqasiga almashtirish kerak boʻladi.

Xato 404 ni qanday tuzatish mumkin? Veb-sayt kichik boʻlganda manzillarni qoʻlda oʻchirish va oʻzgartirish qulaydir. Agar gap katta resurs haqida ketayotgan boʻlsa, bu jarayon avtomatlashtirilishi kerak. Buning uchun ichki aloqani sozlaydigan maxsus plaginlar (masalan, Terms Description, Dagon Design Sitemap Generator va boshqalar) va sahifa manzillarini avtomatik ravishda shakllantirish xizmatlaridan (xususan, Cyr-to-Lat) foydalanish qoʻl keladi.

Veb-saytga tashrif buyuruvchilar xato 404 ga kamroq duch kelishi uchun tajribali veb-dasturchilarning foydali maslahatlaridan foydalanish mumkin.

  • Veb-saytning asosiy boʻlimlariga murakkab nomli manzil bermaslik kerak. Bu URL manzilni terishdagi xatolar sonini kamaytiradi.

  • Sahifa manzilini tez-tez oʻzgartirmaslik kerak. Bu nafaqat foydalanuvchilar uchun noqulaylik tugʻdiradi, balki qidiruv algoritmlarini ham “chalkashtiradi”.

  • Veb-saytni joylashtirish uchun ishonchli serverni tanlash muhimdir. Bu ishdagi muammolar bilan bogʻliq texnik nosozliklarning oldini olishga yordam beradi.

Shunday qilib, foydalanuvchi duch keladigan “404” holat kodi bilan bogʻliq xatolar veb-sayt ichida yuzaga kelgan boʻlsa, ularni qiyinchiliksiz topish va tuzatish mumkin. Biroq nosoz havola uchinchi tomon manbalarida ham joylashgan boʻlishi mumkin. Masalan, bir muncha vaqt oldin hamkor kompaniyalar veb-saytida keyinchalik oʻchirilgan sahifalardan biriga olib boradigan reklama joylashtirilgan.

Xatoni tuzatish uchun mavjud boʻlmagan manzilga olib boruvchi havola turgan veb-saytning koʻmak xizmatiga murojaat qilish kerak. Agar uni oʻchirish yoki tuzatishning iloji boʻlmasa, vaziyatdan naf keltiradigan tarzda foydalanishga harakat qilib koʻrish mumkin.

Xato 404 sahifasini qanday qilib yaxshilash mumkin?

Tashrif buyuruvchilar veb-saytda Xato 404 chiqayotganiga hayron boʻlib, sahifani yopib qoʻymasligi uchun hamma narsa nazorat ostida ekanini koʻrsatgan holda ularni tinchlantirish muhimdir. Shunchaki kichik muammolar yuzaga keldi va mutaxassislar ularni bartaraf etish ustida ishlamoqda qabilida yoʻl tutish mumkin.

Amaliy tavsiya: xato sahifasi interfeysi kompaniyaning korporativ brend uslubida va vizual ravishda veb-saytning qolgan boʻlimlariga mos boʻlishi kerak.

Foydalanuvchi tajribasini buzmaslik uchun bir nechta muhim amallar bajarilishi kerak.

1-chora. Veb-saytga tashrif buyurganlarga hamma narsa nazorat ostida ekanini yetkazish.

Standart holatdagi koʻrimsiz “Not Found” yozuvi koʻpchilik foydalanuvchilar uchun tushunarsiz iboradir. Shu sababdan nima boʻlganini tushuntirish uchun oddiy va tushunarli taʼriflarni tanlagan maʼqul. Masalan:

  • “Biz sahifani topa olmadik”;

  • “Aftidan, bunday sahifa mavjud emas” va hokazo.

Veb-saytga tashrif buyuruvchilarga nega Xato 404 ga duch kelganini batafsilroq tushuntirish yaxshi fikrdir. Masalan:

  • “Manzilni kiritishda yoki nusxalashda xato qilgan boʻlishingiz mumkin”;

  • “Veb-sayt egasi bu sahifani oʻchirib tashladi yoki boshqa joyga koʻchirdi. Keling, asosiy sahifaga qaytaylik”."

2-chora. Foydalanuvchini boshqa boʻlimga yoʻnaltirish.

Vaqtinchalik nosozlik mavjudligiga qaramay, shunga oʻxshash mahsulot va xizmatlarni qidirib raqobatchilarga ketib qolmasligi uchun tashrif buyuruvchini veb-saytda ushlab qolish juda muhim. Shuning uchun foydalanuvchini harakatga undash – boshqa boʻlimlarga oʻtishni taklif qilish mumkin:

  • bosh sahifaga;

  • tegishli soʻrov uchun mos keladigan kontentga ega sahifaga;

  • qiziqtirgan sahifani tanlash mumkin boʻlgan navigatsiya blokiga;

  • kompaniya mutaxassislari bilan maslahatlashish va boshqa usulda buyurtma berish uchun koʻmak xizmati yoki savdo boʻlimi chatiga.

Agar harakatga undash boʻlmasa, saytga tashrif buyuruvchidan javob boʻlmasligi aniq. Shu tariqa potensial mijoz raqobatchilarga ketib qoladi.

Foydalanuvchi sayt administratori bilan bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun Xato 404 sahifasiga texnik yordam mutaxassislari bilan bogʻlanish maʼlumotlarini qoʻshish tavsiya etiladi.

3-chora. Salbiy holatni hazil bilan yumshatish.

Foydalanuvchilar uchun tushunarli boʻlgan hazil va kulgili gaplar vaziyatni yumshatish imkonini beradi. Har bir tashrif buyuruvchi bu hazilda oʻzini koʻrishga harakat qilishi kerak. Shunda undagi gʻazab oʻrnini rahm-shafqat egallashi mumkin.

Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy kompaniyalar nafaqat maqsadli auditoriyani jalb qilish, balki veb-saytga tashrif buyuruvchilarni saqlab qolish uchun ham barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradi. Chunki vaqtinchalik nosozliklar tufayli potensial mijozlarni yoʻqotish alam qiladi. Shuning uchun nafaqat Xato 404 haqida xabar beradigan, balki foydalanuvchilarga nima yuz berganini va keyin nima qilish kerakligini sodda tilda tushuntiradigan sahifani ishlab chiqish juda muhimdir. Bu foydalanuvchilarning veb-saytda qolib, xarid qilish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

Manba: Ошибка 404: о чем сообщает и как исправить

Mohirdev Telegram

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang

Obuna bo'lish
GeekBrains

GeekBrains

O'xshash maqolalar

4 milliard if operatori

16-aprel, 2024

4 milliard if operatori

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni koʻrib chiqayotib, mana bu skrinshotga duch keldim. Albatta, unga yangi boshlayotgan dasturchining computer scienceʼdagi klassik muammo — qoldiq bilan boʻlinishni hal qilishga boʻlgan urinishini tanqid qilgan koʻplab dargʻazab sharhlar hamroh edi.

Maqolani o'qish
Bosim ostida testdan oʻtkazish (testing): biz avtonom sinov tizimini qanday yaratdik?
testing
machine learning

9-aprel, 2024

Bosim ostida testdan oʻtkazish (testing): biz avtonom sinov tizimini qanday yaratdik?

Birmuncha vaqt avval dasturni ishchi nusxa (production instance)ga yuklashdan soʻng avtomatik  testdan oʻtkazish (testing) kerak boʻladigan loyihada ishlagandim. Avtomatlashtirilgan testdan oʻtkazish (testing) bu – toʻliq sinovdan oʻtkazilmasdan oldin dasturiy taʼminotga yaqinda qoʻshilgan yoki oʻzgartirilgan funksiyalar oʻz oʻrnida ishlayotganini tezkor tekshirish usuli. Bu usul batafsil testdan oʻtkazishdan avval asosiy funksiyalar ishlayotganiga amin boʻlishga yordam beradi va oʻz-oʻzidan sifatni taʼminlashdagi tezkor bosqich sanaladi. Testdan oʻtkazish sozlamalari reliz turiga qarab dinamik ravishda oʻzgarib turishi kerak, chunki frontend va bekend relizlar turli vaqtlarda chiqarilgan hamda turlicha testdan oʻtkazish sozlamalarini talab etgan boʻladi.

Maqolani o'qish
Yangi oʻrganuvchilar uchun Jenkins: u oʻzi nima, bizga nima uchun kerak va uni qanday oʻrnatish mumkin?
guide
Jenkins

18-aprel, 2024

Yangi oʻrganuvchilar uchun Jenkins: u oʻzi nima, bizga nima uchun kerak va uni qanday oʻrnatish mumkin?

Ilovalar yigʻish boʻyicha oʻz konveyerimizni ishga tushiramiz.

Maqolani o'qish
Java yoki Python: yangi boshlayotgan dasturchi qaysi tilni tanlagani maʼqul?
python
java

29-aprel, 2024

Java yoki Python: yangi boshlayotgan dasturchi qaysi tilni tanlagani maʼqul?

Java va Python eng mashhur dasturlash tillaridan biridir. Oʻrganish uchun tilni tanlashda ularning xususiyatlari, farqlari va ular yechimini topishga yordam beradigan vazifalarni bilish kerak.

Maqolani o'qish
OpenSource qanday yaratiladi? Shaxsiy tajriba
opensource
shaxsiy tajriba

16-aprel, 2024

OpenSource qanday yaratiladi? Shaxsiy tajriba

Men Linuxʼning barcha distributivlariga ozmi-koʻpmi kiritilgan ikkita paket — sane-airscan va ipp-usbʼning muallifiman.

Maqolani o'qish