Chegirmalar

Mohirdev ta’lim platformasi quydagi holatlarda kurslarga chegirma beradi:

Kitob sotib oling yoki birinchi botingizni ishga tushiring

Telegram bot kursimizning ochiq darslaridan foydalanib, bot yaratib, uni “deploy” qilgan o’quvchilarga yoki Anvar Narzullaevning “Python asoslari” kitobini sotib olganlarga 50,000 so’m chegirma beriladi. Chegirmani “Mukammal telegram bot” kursi uchun qo’llashingiz mumkin.
Chegirma orqali kursni 197,000 so’m (asl narxi: 247,000) evaziga xarid qilish imkoniga ega bo’lasiz.
Chegirmadan foydalanish uchun telegram orqali @mohirdev_jbot ga bot linki yoki kitob rasmini tashlang.

Ikkinchi praktikum kursini xarid qiling

Mohirdev praktikum kurslarida o’qiyotgan o’quvchilar 2-praktikum kursini xarid qilsa, sotib olinayotgan 2-praktikum kursiga 30% chegirma beriladi.

Ya’ni, 1,500,000 lik kursni 1,050,000 evaziga xarid qilish imkoniga ega bo’lasiz va 450,000 so’m tejab qolasiz.

Chegirmadan foydalanish tartibi:

  1. Payme, CLICK, Apelsin ilovalari yordamida 1,050,000 so’mni Mohirdev hisobiga o’tkazing (bu qanday ishlaydi?)
  2. To’lov qilganingizni tasdiqlovchi chekni skrinshot qilib oling.
  3. Skrinshot qilingan chek rasmi va 1-praktikumda o’qiyotganingizni tasdiqlovchi ma’lumotni telegram orqali@mohirdev_jbot ga jo’nating.
  4. Sizga 24 soat ichida kerakli kurs ochib beriladi.

Maxsus chegirmalar

Yuqoridagi chegirmalardan tashqari Mohirdev ta’lim platformasi maxsus chegirmalar ham berib boradi. Bunday turdagi chegirmalar bir yoki bir necha kun davom etishi va bayram/tadbir munosabati bilan berilishi mumkin.

Bunday turdagi chegirmalar bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda e’lon qilib boriladi. O’tkazib yubormaslik uchun kanallarimizga obuna bo’ling.