✅ Ushbu videokursda mantiqiy fikrlashni, kodni ixchamlashtirishni, uni sodda va aniq qilib yozishni va yana bir qancha yangi bilimlarni o’rganasiz.
🤩 Dars davomida dunyoga mashhur Leetcode platformasidagi turli qiyinlikdagi misollar ustida ishlaymiz. Kurs davomida Javascript dasturlash tilidan foydalansakda, berilgan yechimlar barcha dasturlash tillari uchun umumiydir.
✴️ LeetCode bu turli xil ko’rinishdagi masalalar, dunyoning mashhur kompaniyalariga ishga kirishdagi savollar va algoritmlarni o’rganish bo’yicha online platforma hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib LeetCode platformasida 2000 ga yaqin turli xil ko’rinishdagi masalalarni topishingiz mumkin. Masalalar 3 xil ko’rinishda: Easy (Oson), Medium (O’rtacha), Hard (Qiyin).
❇️ Biz jamoamiz bilan kelishgan holda LeetCode platformasidagi masalalarni yechishni videodarslik qilib foydalanuvchilarga taqdim etyapmiz. Biz chiqarayotgan video darslarimiz foydalanuvchilarning ilm olishiga hissa qo’shayotgan bo’lsa biz bundan xursandmiz.
💖 Hurmat ila InformTech kanali jamoasi.