Ko’p beriladigan savollarga javoblar

Praktikum kurslari 3 oydan 9 oygacha davom etib, bir nechta kurslardan iborat mutaxassislikka tayyorlaydigan kurslardir. Ya’ni bir to’liq soha to’liq o’rgatiladi. Shu sabab praktikum kurslarining davomiyligi uzoq vaqtni oladi.
Kurslar to’liq videodarslar va test topshiriqlaridan iborat. O’qituvchi va o’quvchilar muloqot qilishi uchun telegramda maxsus guruhlar tashkil qilingan. Guruhlarda o’z savolingizni so’rashingiz mumkin. Videodarslarni platformamizda onlayn ko’rishingiz mumkin.
O’qituvchi bilan ZOOM orqali jonli uchrashuvlar tashkil qilinadi. Uchrashuvlar talabga qarab o’tkaziladi.
Praktikum kurslarida ishga kirish uchun kerak bo’lgan barcha bilim va ko’nikmalar o’rgatiladi. Lekin ishga kirish yoki kirmaslik barchasi o’zingizga bog’liq. Sababi kursdagi bilimlardan tashqari sizning soft skillaringiz – kirishimlilik, jamoada ishlay olish, muammolarga yechim topish kabi ko’nikmalar moashingizni belgilashda katta ro’l o’ynaydi.
Xarid qilingan kursdan faqat 1 kishi foydalanish huquqiga ega. Kursni boshqalarga berish, tarqatish taqiqlanadi.
Yo’q. Platformadagi barcha materiallar “Mohirdev” MCHJning intellektual mulki hisoblanib, ularni ruxsatsiz ko’chirish taqiqlanadi.
CLICK, Payme, VISA, Mastercard orqali kurslarimizni xarid qilishingiz mumkin.
VISA va Mastercard orqali to’lash uchun to’lov usullaridan “Payze”ni tanlang. “Payze” - saytimiz orqali VISA va Mastercarddan foydalanishingizni ta’minlaydigan vositachi kompaniya hisoblanib, barcha xavfsizlik sertifikatlariga ega. Eslatma: Rossiya Federatsiyadan VISA va Mastercard orqali to’lov qilish imkoniyati mavjud emas.
ZoodPay orqali foizsiz 4 ga bo’lib kurslarimizni xarid qilishingiz mumkin. 14 kun va 1 oy ichida 2 ga bo’lib to’lash usuli ham mavjud. Batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan bog’laning.
Taklif yoki savollaringiz bo’lsa, +998 (78) 113 13 10 raqamiga qo’ng’iroq qilshingiz mumkin.