Ro’yxatdan o’tish va kirish

homepage 1
Qo'llanma 10

Ro’yxatdan o’tish uchun asosiy sahifaning o’ng yuqori burchagidagi «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosing yoki «Sahifalar» menyusidagi «Dashboardga Kirish» sahifasiga o’ting.

register in homepage 1
Qo'llanma 11

«Ro’yxatdan o’tish» tugmasi bosilgandan so’ng chiqqan oynadagi maydonlarni to’ldiring:

1 – Ismingizni yozing

2 – Saytda ko’rinadigan foydalanuvchi nomingizni yozing. Masalan, ismingiz Toshmat bo’lsa, ToshmatDev deb yozishingiz mumkin. Muhim: mana shu nom orqali saytga kirasiz va buni keyinchalik o’zgartira olmaysiz.

3 – Elektron pochatingizni yozing. Bizda ishlatiladigan ommaviy pochta turlari: gmail.com va mail.ru

4 – Qiyinroq parol o’ylab toping.

5 – Hammasini to’ldirib bo’lgach, «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosing.

register input complete 1
Qo'llanma 12

Yuqoridagi kabi hamma maydonlarni to’ldirib, «ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosasiz va ozgina kutasiz.

Muhim: sabrsizlik bilan 2-3 marta bosish, ro’yxatdan o’tishda muammo keltirib chiqarishi mumkin.

register success 1
Qo'llanma 13

Biroz kutib turgacha, «Registration successful, you can login now» yozuvi chiqqan bo’lsa, siz ro’yxatdan muvoffaqiyatli o’tgan bo’lasiz.

Saytga kirish uchun «Registration successfull, you can login now» yozuvi yuqorisdagi «Kirish» tugmasini bosing.

kirish 1
Qo'llanma 14

Kirish uchun ro’yxatdan o’tishda ishlatgan FOYDALANUVCHI NOMI’ni va PAROL’ni kiriting va «Hoziroq kirish» tugmasini bosing. «Eslab qolish»ni belgisi qo’yilsa, keyingi gal parolni qayta kiritish shart bo’lmaydi. Buni tavsiya qilamiz.

dashboard in homepage 1
Qo'llanma 15

Muvoffaqiyatli saytga kirganingizdan so’ng, yuqori o’ng burchakda doira paydo bo’ladi. Unga bosganingizdan so’ng, huddi shunga o’xshash oyna ochiladi. Profilingiz boshqaruv paneliga kirish uchun «Boshqaruv paneli» menyusini tanlang.

dashboard panel
Qo'llanma 16

Boshqaruv panelida esa siz ro’yxatdan o’tgan kurslaringiz, xaridlaringiz, tugatgan kurslaringiz, yozgan izohlaringiz va hozirda o’qiyotgan kurslaringizni ko’rishingiz mumkin.

Google orqali kirish

sign in with google homepage 1
Qo'llanma 17

Asosiy sahifadagi «Kirish» tugmasi bosilgandan so’ng, mana shunday oyna ochiladi. Google orqali login va parolsiz kirish uchun «Sign in with Google» tugmasini bosing

sign in with google 1
Qo'llanma 18

Huddi shunday yangi oyna ochiladi va ixtiyoringizdagi emaillar ro’yxati paydo bo’ladi. O’zingizga mos emailni tanlang va uni bosing. Biroz kuting va saytdagi profilingizga kirasiz.

Parolni tiklash

Hozirda hosting bilan bog’liq muammolar tufayli saytdagi avtomatik parolni tiklash funksiyasi ishlamayapti. Agar parolingiz esdan chiqqan bo’lsa:

1. Google orqali kirish. Google orqali kirganingizda sizdan hech qanday parol talab qilinmaydi va vaqtingizni tejaydi.

2. Birinchi variant – Google orqali kira olmagan bo’lsangiz, telegramdagi @mohirdev_bot ga yozing. Yangi parol sizga jo’natiladi.

Qo’shimcha savollar uchun: +998 91 005 66 00 yoki [email protected]