fbpx

Select Your Favourite
Category And Start Learning.

O‘zi IT nima ?

IT (Information technology) – ingliz tilidan olingan qisqartma so’z bo’lib, “Axborot texnologiyalari” degan ma’noni anglatadi. Kompyuterlarning ixtiro qilinishi bu sohaga bo’lgan ilk qadamning qo’yilishi edi. Axborot texnologiyalari rivojini Apple, Microsoft, Facebook, Google singari yakkashoh kompaniyalar misolida ko’rishimiz mumkin. 

Bunday tezkor rivojlanish soha mutaxassislariga bo’lgan talabni keskin oshirib yubordi. LinkedIn talqiniga ko’ra eng talabgir 10 ta kasbning 7 tasi axborot texnologiyalari bilan bog’liq. 

Global miqyosda kadrlar yetishmasligi ko’rsatkichi

J rV7ZvZknj9TzibxS3vS

2022 yilga kelib kadrlar yetishmasligi har 4 korxonadan 3 tasida kuzatilyapti. (manba)

Statistikaga ko’ra bozor hajmi bo’yicha hatto avtomobil, neft-gaz sanoatini ham ortda qoldiradi. Bu bozorda mustahkam o’rin egallash uchun O’zbekistonda ham katta ishlar boshlangan:

  • Kelgusi 5 yilda IT eksportini $1 mlrd. ga yetkazish rejalashtirilgan (manba)
  • IT mutaxassislar o’rtasida $1 millionlik Prezident tanlovi o’tkaziladi
  • IT-Park, 1 million o’zbek dasturchi, mGovAward va boshqa loyihalar

Tahlilimizga ko’ra, yurtimizda eng ommabop yo’nalishlar quyidagilar:

  • Veb dasturchi – veb sahifalar yaratish va ularni barqaror ishlashini ta’minlaydi. Bu kasb o’z ichiga alohida 2 ta sohani oladi:
    • Front end dasturchi – veb-saytlarning bizga ko’rinib turadigan qismini dasturlash bilan shug’ullanuvchi inson.
    • Back end dasturchi – veb-sayt yoki veb-ilovaning funksionaliga, ma’lumotlarni qayta ishlashga xizmat qiladi. Shuning uchun backend dasturchilar ma’lumotlar ombori bilan ishlashni yaxshi bilishlari kerak. 
  • Mobil dasturchi – Mobil ilovalar yaratadi. Bu soha ham asosan Apple mahsulotlari bilan ishluvchi iOS dasturchi, Android tizimi bilan ishlovchi Android dasturchi kasblariga bo’linadi.
  • Dasturchi muhandis – hayotiy muammolarni yechish uchun kompyuter tizimlari va dasturlarini yaratadi. Bunda bir qancha dasturlash tillaridan birini tanlash kerak bo’ladi. Ommabop dasturlash tillari: 
    • Python; 
    • Java; 
    • Go;
    • .Net;
    • JavaScript;
    • Php;
    • C
  • UX/UI dizayner – Veb sahifalar, mobil ilovalar uchun dizayn yaratadi. Bunda asosan Figma, Adobe XD kabi dasturlardan foydalanadi.

Xalqaro maydonda esa yana quyidagi IT ga oid kasblar ham talabgir hisoblanadi:

  • O’yinlar dasturchisi – Kompyuter o’yinlari yaratadi.
  • Data Muhandisi – Juda ham ko’p ma’lumotlarni tahlil qilib, undan ma’no chiqaradi. Masalan, keyingi oyda sotuv hajmi qancha bo’lishini
  • Axborot xavfsizligi – Ma’lumotlar va kompaniya uchun axborot xavfsizligiga mas’ul
  • Kompyuter tizimlari arxitekti
  • Tizim va tarmoq ma’muri 
  • IT boshqaruvchi – korxonaning axborot texnologiyalari bilan bog’liq talablarini bajaruvchi
  • Loyiha boshqaruvchisi – IT loyiha rivoji uchun mas’ul
  • QA muhandisi – dasturlar va saytlarni foydalanuvchiga yetib bormasdan oldin tekshirib, muammolarni oldini oladi

Boshqa bir qancha tor mutaxassisliklar ham bor. Ularni keyinroq batafsil yozamiz.

mohirdev.uz orqali o’zingizga mos yo’nalishni professional ustozlardan onlayn o’rganib, yorqin kelajak sari birinchi qadamingizni qo’ying.

Onlayn o’rganishning afzalliklari haqida esa keyingi maqolamizda yozamiz.

Leave a comment