English for IT
Kurs orqali ingliz tilini noldan boshlab oʻrganing. Ingliz tilini internetdagi manbalar orqali mustaqil oʻrgana oladigan darajaga chiqing.
Kursdagi ochiq videolarni hech qanday toʻlovlarsiz koʻrib chiqish va tanishish mumkin.
Kurs orqali ingliz tilini noldan boshlab oʻrganing. Ingliz tilini internetdagi manbalar orqali mustaqil oʻrgana oladigan darajaga chiqing.
Kursdagi ochiq videolarni hech qanday toʻlovlarsiz koʻrib chiqish va tanishish mumkin.
English for IT mutaxassisi boʻlish uchun kerakli bilimlar beriladi.
Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda 1 ta loyiha yakunlanadi.
Har bir bitiruvchiga bilim darajasini ifodalovchi sertifikat taqdim etiladi.
Kurs yakunida oʻquvchilar karyera boshlashga tayyor boʻlib chiqadi.
Dasturlashni oʻrganishga moʻljallangan oʻzbek tilidagi kontent nisbatan koʻpaygani uchun sohaga yangi boʻlganlarga ingliz tilini bilish majburiy emas. Shu bilan birga davomiy oʻz ustida ishlash, malakasini oshirish va ishga kirish imkoniyatini oshirmoqchi boʻlganlar ingliz tilini bilishlari shart.


Telegramdagi yopiq guruhda oʻquvchilar istalgan vaqtda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.

Har oy davomida kurs oʻqituvchilari bilan Zoom orqali onlayn uchrashuv tashkil qilinadi. Suhbat payti oʻquvchilar oʻzini qiynayotgan muammo va savollarga javob olishi mumkin.

Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.

Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kurs kimlar uchun?
01
Ingliz tili asoslarini oʻrganmoqchi boʻlganlar
Ingliz tili kurslariga qatnashdan koʻra onlayn oʻrganishni maʼqul koʻruvchilar.
02
Dasturlash sohasiga yangi boʻlganlar
Dasturlashni oʻrganish davomida ingliz tilini bilish foydali boʻladi. Kodlarni oʻqish, tushunish, muammo chiqqanda ingliz tilidagi manbalardan erkin foydalanish mumkin.
03
Ingliz tili asoslarini oʻrganmoqchi boʻlgan dasturchilar
Ingliz tilini oʻrganmoqchi boʻlgan hozirda dasturchi boʻlib ishlayotganlar.


O'qituvchi
Oʻz onlayn maktablari va YouTube platformasida 60 000 dan ziyoda obunachilarga ega boʻlgan 10 yillik tajribaga ega professional oʻqituvchi
“English for IT” alohida sotilmaydi. Baza kurslariga kirishni ochsangiz, ushbu kurs va arxivdagi barcha kurslar bitta to‘lov bilan ochiladi.