Kursdagi boshqa ochiq darslar

Ilk qadam

Sohaga qadamlarni toʻgʻri tashlang. Hammasini sinab koʻrib, eng mosini tanlang.

Hammasini sinab koʻrib, bittasini tanlang

“Ilk qadam” bu – ikkilanishlaringizga nuqta qoʻyuvchi kurs. Unda dasturlashda mavjud boʻlgan eng aktual kasblar haqida maʼlumot berilgan. Kursda 9 ta modul bor. Ulardan 7 tasi kasblarga bagʻishlangan.

Kurs kimlar uchun?

01

AyTi sohalarini bir-biridan ajratishga qiynaladiganlar

AyTida sohalar koʻp: data sayns, frontend, bekend, pentesting... Qaysi biri sizga mosligini aniqlashingiz uchun ushbu kasb egalari nima bilan shugʻullanishini bilishingiz kerak. “Ilk qadam”da hammasini tushuntirganmiz.

02

Qaysi soha menga mos kelar ekan, deb ikkilanib yurganlar

Baʼzida siz qiziqqan soha oʻqiy boshlaganingizdan keyin yoqmay qolishi mumkin. Yoki sizning kuchli taraflaringizga mos boʻlmagani uchun zerikib qolasiz. Shuning uchun kasb tanlashdan oldin faqat sohaga emas, oʻzingizga ham baho bera olishingiz kerak. “Ilk qadam”da bunda yordam beradigan darslar kiritganmiz.

03

Ish topa olishidan shubha qilayotganlar

Baribir ish yoʻq degan gapni koʻp eshitgansiz yoki endi duch kelasiz. Aslida unday emas. Ish yoʻq deyilishining sabablari va kimlar uchun ish borligini “Ilk qadam”da aytganmiz.

04

Oʻrganish qiyin, deb chetga surib yurganlar

Ha, oson emas. Lekin toʻgʻri ustoz va yondashuv boʻlsa, bari osonlashadi. Kursning onlaynligi ham hatto afzallik boʻlib chiqadi. “Ilk qadam”da buni isbotlaganmiz.

05

Oʻrgana olishiga shubha qilib yurganlar

Nazariy bilimga ega boʻlishingiz mumkin, lekin haqiqiy maydon yozilganidan farq qilsa-chi?! Shuning uchun kasbga avval “qoʻl tekkazib koʻrish kerak”. “Ilk qadam”da bu imkoniyatni berganmiz, har bir kasbga doir bir ishni oʻz qoʻlingiz bilan bajarib koʻrishingiz mumkin.

Kurs tarkibi

  • 82 ta dars
  • Kurs davomiyligi - 6 soat
  • test va topshiriqlar soni -17 ta
Soʻrovnoma
Qanday oʻrganish kerak?
Siz koʻp eshitadigan soʻzlar
Platformadan toʻgʻri foydalanish qoʻllanmasi
Google akkaunt ochish va unga kirish
AyTi oʻzi nima?
Dasturchi kim va nima bilan shugʻullanadi?
Data sayns nima oʻzi?
Sinov
Data sayntist nima ish qiladi?
Data sayntistning bir kuni
Sinov
Amaliy dars (kompyuter)
Amaliy dars (telefon)
Talab etiladigan asos koʻnikmalar
Yana nimalarni oʻrganish kerak?
Sinov
Ish bormi oʻzi?
Kiberxavfsizlik nima oʻzi?
Pentester nima ish qiladi?
Sinov
Pentesterning bir kuni
Amaliy dars
Talab etiladigan asos koʻnikmalar
Sinov
Yana nimalarni oʻrganish kerak?
Ish bormi oʻzi?
Sifat nazorati (QA) nima oʻzi?
Sinov
Sifat nazoratchisi nima ish qiladi?
Sifat nazoratchisining bir kuni
Sinov
Amaliy dars
Talab etiladigan asos koʻnikmalar
Yana nimalarni oʻrganish kerak?
Sinov
Ish bormi oʻzi?
Frontend nima oʻzi?
Frontendchi nima ish qiladi?
Sinov
Frontendchining bir kuni
Amaliy dars
Talab etiladigan asos koʻnikmalar
Yana nimalarni oʻrganish kerak?
Sinov
Ish bormi oʻzi?
Soʻrovnoma
Bekend nima oʻzi?
Bekendchi nima ish qiladi?
Sinov
Bekendchining bir kuni
Amaliy dars
Talab etiladigan asos koʻnikmalar
Yana nimalarni oʻrganish kerak?
Sinov
Ish bormi oʻzi?

Kurs oʻqituvchilari

Mohinur Abdurahimova

Mohinur Abdurahimova

Data sayns moduli eksperti

Mohirdevʼda ML (Machine Learning) injener boʻlib ishlaydi. Bundan oldin startap loyihalarda qatnashgan. Mohirdevʼdagi “Data Sayns va Sunʼiy Intellekt” kursida mentorlik ham qiladi.

Muhammadali Salohiddinov

Muhammadali Salohiddinov

Sunʼiy intellekt moduli eksperti

Mohirdevʼda SI, ML muhandis boʻlib ishlaydi. IELTS imtihonini onlayn topshirish mumkin boʻlgan Mock Exam, oʻzbek tilida gapiradigan model, MohirAIʼni qurgan muhandislardan biri. Dunyoda 32-oʻrinda turadigan Manchester universiteti talabasi.

Davron Normoʻminov

Davron Normoʻminov

Frontend moduli eksperti

Mohirdev dasturchilar jamoasi aʼzosi, midl darajadagi frontend dasturchi. Bunga qadar taom yetkazish, boshqaruv tizimlarini yaratish sohalarida frontend dasturchi sifatida ishlagan.

Sirojiddin Yakubov

Sirojiddin Yakubov

Bekend moduli eksperti

Mohirdev dasturchilar jamoasi aʼzosi, midl darajadagi bekend dasturchi. Bunga qadar Open Budget loyihasida, avtomobillarga elektron raqam olish uchun e-rib.uz sayti va davlatning boshqa ichki loyihalarida ishlagan.

Umarali Moʻminjonov

Umarali Moʻminjonov

Full stack moduli eksperti

Mohirdev jamosida full stack dasturchi boʻlib ishlaydi. 4 yillik tajribaga ega midl dasturchi. Ibrat, Nest One kabi loyihalarda ishlagan.

Ulugʻbek Muminov

Ulugʻbek Muminov

Kiberxavfsizlik moduli eksperti

5 yildan beri pentesterlik qiladi. Rossiyaning Alfa Bank va Tinkoff (Hozigi T-Bank) kompaniyalarida frontend va bekend dasturchi sifatida faoliyat yuritgan. Kiberxavfsizlik sohasida esa Yandex kompaniyasida ishlagan. Hozir MSecurity nomli oʻz kompaniyasi bor. Mohirdevʼdagi pentesting kursi.

Muhammadaziz Xoliqberdiyev

Muhammadaziz Xoliqberdiyev

QA moduli eksperti

6 yillik tajribaga ega QA testlovchi. Eng birinchi ishini AQShning Azimut kompaniyasida boshlagan. Keyin Digital Rain Solutions, CHOWIS, Jafton, Uzcard kompaniyalarida ishlagan. Hozir esa “Trastbank”da testirovshik boʻlib ishlaydi

Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang

  • Bir umrlik foydalanish imkoniyati
  • Videodarslar
  • Testlar
  • Loyihalar
  • Yuklab olinadigan manbalar
  • Mobil qurilma orqali kirish

Bepul

Kursni tekinga oling va hoziroq oʻrganishni boshlang.

Koʻp soʻraladigan savollar

Kurs bepul. Bemalol boshlab ketaverasiz
Yoʻq, faqat oʻzingizga qiziq modullarni oʻqisangiz boʻladi. Lekin kursni kirish modulidan boshlab, yakunlovchi modul bilan tugatgan maʼqul
Yoʻq, sertifikat berilmaydi. Bu kurs oʻz yoʻlingizni topib ketishingizga koʻmaklashish maqsadida yaratilgan
Yoʻq, kurs juda sodda. Tushunish uchun yordam kerak boʻlmaydi. Ammo savol paydo boʻlgan taqdirda bemalol yordam jamoasiga murojaat qilsangiz boʻladi.