Asosiy kontentga o'tish

Kursdagi boshqa ochiq darslar

Sun’iy intellekt bilan ishlash

Takrorlanadigan ishlaringizni bosqichma-bosqich sunʼiy intellektga topshirishni oʻrganing. Unga qaysi vazifalarni berish va qanday qilib ishga yaroqli natija olishni koʻrasiz. Kurs yakunida oʻz loyihangiz, koʻrsatmangiz va birinchi agentingizga ega boʻlasiz.
Xarid qilish
Sun’iy intellekt bilan ishlash
Kursdan keyin nimalar qila olasiz?

Kursdan keyin nimalar qila olasiz?

Oʻz ishingizni aniq qadamlar toʻplami sifatida koʻra boshlaysiz. Qaysi qadamlarni SI bajara olishini va qayerda inson tekshirishi kerakligini bilib olasiz. SIni oʻz fayllaringiz va qoidalaringiz asosida ishlashga sozlaysiz. Takrorlanadigan vazifalar sinalgan koʻrsatma yoki agent orqali bajariladi.

Kurs qay tartibda oʻtiladi?

3–4 hafta

3–4 hafta

Jami taxminan 21 soat. Kuniga bir soatdan ajratsangiz, 3–4 haftada tugatasiz.

Qisqa videodarslar

Qisqa videodarslar

12 ta modulda 105 ta videodars. Ular ishlayotgan mutaxassislar bilan oʻtgan jonli sessiyalardan yozib olingan.

Testlar va amaliy vazifalar

Testlar va amaliy vazifalar

37 ta test bilimingizni tekshiradi. 7 ta amaliy vazifa oʻz ishingiz asosida bajariladi va baholanmaydi.

Yordam va hamjamiyat

Yordam va hamjamiyat

Har bir dars sahifasida SI yordamchi savollarga javob beradi. Shuningdek, kursning yopiq Telegram guruhiga qoʻshilasiz va guruhdoshlaringiz bilan mavzularni muhokama qilasiz.

Sertifikat

Sertifikat

Barcha darslarni 80% oʻzlashtirish darajasi bilan yakunlab, Mohirdev sertifikatini olasiz.

Kurs kimlar uchun?

01

ChatGPT yoki Claudeʼdan allaqachon foydalanadiganlar

SIdan tez-tez foydalanasiz, ammo natijalar har bir chatda turlicha chiqadi. Sozlaganlaringizni qayta ishlatib boʻlmaydi. Kurs sizni loyihalar va koʻrsatmalardan agentlar va Claude Codeʼgacha olib boradi.

02

Biznes egalari va menejerlar

Kuningizning koʻp qismi hisobotlar va mijozlar soʻrovlariga ketadi. Buyurtmalar va eslatmalar hali ham daftarlarda turgan boʻlishi mumkin. Kurs bu qadamlarning qaysilarini SIga topshirish mumkinligini koʻrsatadi.

03

Buxgalterlar va operatsion mutaxassislar

Har oy 1C va Excelʼda bir xil hisobotlarni tayyorlaysiz. Maʼlumot kiritish va solishtirish soatlab vaqt oladi. SIga oʻz shablonlaringizni berib, qoidalaringizga mos hisob-kitob olishni oʻrganasiz.

04

Tadqiqotchilar va taʼlim sohasi xodimlari

Manba qidirish va uzun hujjatlarni oʻqishga soatlab vaqt sarflaysiz. SI koʻpincha adashib ketadi yoki faktlarni toʻqib chiqaradi. Kursda SI taxmin qilish oʻrniga nima yetishmayotganini aytadigan qilib sozlashni oʻrganasiz.

Kurs tarkibi

  • 155 ta dars
  • 2 ta loyiha qilinadi
  • Kurs davomiyligi - 12 soat
  • Test va topshiriqlar soni -37 ta
Kurs bilan tanishuv
Yordam kerak bo‘lsa nima qilish kerak?
Hamjamiyatga qo‘shiling
So‘rovnoma
Sun’iy intellekt bilan ishlashdagi asosiy muammo
Qaysi sun’iy intellekt chatboti yaxshi?
SI bilan ishlashdan oldin nima qilish kerak?
SI bilan ishlash uchun vazifalarni tartiblash
1-test
O‘quvchilar vazifalari tahlili
Vazifalarni tartiblashda nimalar muhim?
2-test
Savol-javob: Didox va 1C integratsiyasi, mijozlar tahlili va hujjat ishlari
3-test
1-amaliy vazifa
Namuna loyiha bilan tanishuv
Noto‘g‘ri prompt natijasi
4-test
To‘g‘ri prompt natijasi
5-test
Promptdan qayta foydalanish
Savol-javob: rasm generatsiyasi, arzon Gemini Pro va moliyaviy dashboard
2-amaliy vazifa
Bo‘shliqlarni to‘ldirishga tayyorgarlik
So‘rovnoma uchun prompt yozish
So‘rovnoma prompti natijasi
Mijozga xat yozdirish
6-test
Chat o‘zida intervyu qilish
O‘quvchi vazifasi tahlili
Loyiha tavsifini yaratish
Loyiha tavsifi uchun to‘g‘ri prompt yozish
7-test
Savol-javob: ma’lumotlar xavfsizligi, lokal modellar va agentlar narxi
8-test
Nega alohida loyiha (project) yaratish kerak?
Claude’da loyiha (project) yaratish
Kontekst oynasi va tokenlarni boshqarish
9-test
Sun’iy intellekt yaxshi tushunadigan fayl formatlari
Texnik topshiriq yaratish
10-test
Savol-javob va tahlil: loyiha ko‘rsatmalari, MVP, tarjima, arxitektura, GitHub va dars ko'rsatmalari
11-test
3-amaliy vazifa
Sun’iy intellektga nega aniq kontekst kerak?
Claude va Gemini’dagi maxsus funksiyalar
Texnik topshiriqni to‘ldirish
12-test
Loyiha soatlarini hisoblash
Loyiha narxini hisoblash
13-test
Savol-javob: SI haqida manbalar, audio fayllar bilan ishlash — Google AI Studio, sodda agentlar, Claude Code’da yangiliklar
14-test

Kurs davomida bajariladigan loyihalar

Keys: “Binokor” qurilish kompaniyasi

Keys: “Binokor” qurilish kompaniyasi

Kursda bitta mijoz soʻrovi boshidan oxirigacha koʻrib chiqiladi. Mijozning noaniq xatidan unga beriladigan savollar va texnik topshiriq tayyorlanadi. Keyin loyiha soatlari hisobi, narxlangan taklif va shartnoma loyihasi tuziladi. Har bir bosqichda SI nimani yaxshi bajarishini va qayerda inson tekshirishi kerakligini koʻrasiz.

Oʻz vazifangiz: 7 ta amaliy vazifa

Oʻz vazifangiz: 7 ta amaliy vazifa

Har bir amaliy vazifada oʻz ishingizdagi vazifadan foydalanasiz. Ish jarayoningizni qadamlarga ajratasiz, prompt shablonini yozasiz va loyiha ochasiz. Keyin jonli faylni ulaysiz, promptlarni koʻrsatmaga aylantirasiz va agent yaratasiz. Soʻnggi vazifada loyihani Claude Codeʼga koʻchirasiz.

Oʻrgatiladigan texnologiyalar

Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni mukammal darajada oʻzlashtirasiz:

Claude

Claude

Claude

Claude

Kursning asosiy vositasi: chat, loyihalar va konnektorlar.
Claude Code

Claude Code

Claude Code

Claude Code

Katta loyihalar uchun. Har bir oʻzgarishni saqlashdan oldin koʻrib chiqasiz.
ChatGPT

ChatGPT

ChatGPT

ChatGPT

Birinchi agentingizni yaratish va sinash uchun ishlatiladi.
Gemini

Gemini

Gemini

Gemini

Natijalarni solishtirish va Google ekotizimida ishlash uchun qoʻllanadi.
Google AI Studio

Google AI Studio

Google AI Studio

Google AI Studio

Oʻzbekcha nutqni matnga aylantiradi va bitta promptdan kichik ilova yaratadi.
GitHub

GitHub

GitHub

GitHub

Loyihangiz versiyalarini saqlaydi va SI kiritgan oʻzgarishlarni koʻrib chiqishga yordam beradi.

Kurs oʻqituvchisi

Anvar Narzullayev

Anvar Narzullayev

Kurs eksperti

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari doktori, Mohirdev asoschisi, 20 yillik tajribaga ega.

Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang

  • 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
  • Videodarslar
  • Testlar
  • Loyihalar
  • Yuklab olinadigan manbalar
  • Mobil qurilma orqali kirish

1 martalik toʻlov

Kursni sotib oling va oʻrganishni boshlang.

3 900 000 soʻm

Sotib olish

Koʻp soʻraladigan savollar

Yoʻq. Sizga kompyuter va kamida bitta SI chatbotida akkaunt kerak. Kursda kod yozish oʻrgatilmaydi.
Darslarni koʻrish uchun shart emas. Dastlabki beshta amaliy vazifa uchun bepul versiyalar yetarli. Amaliyot uchun pullik tariflar tavsiya etiladi. ChatGPT Agents va Claude Code uchun pullik tarif kerak.
Asosiy vosita — Claude. Agentlar ChatGPTʼda yaratiladi. Gemini va Google AI Studio maʼlum vazifalar uchun qoʻllanadi. Kursdagi usul ushbu vositalarning istalganida ishlaydi.
Ha. Kurs misol ortidagi ishlash usulini oʻrgatadi. Unda ishlab chiqarish, buxgalteriya, distributsiya va tadqiqot sohalaridagi vazifalar ham koʻrsatiladi.
Har bir dars sahifasidagi SI yordamchi oʻsha dars boʻyicha savollarga javob beradi. Amaliy vazifalar mustaqil mashq uchun moʻljallangan va baholanmaydi. Har birida oʻzini oʻzi tekshirish roʻyxati bor.
Loyihani rejalashtirib, uni Claude Code yordamida yaratishni koʻrasiz. Kod yozish va ilovani serverga joylash oʻrgatilmaydi.
Ha. Kurs sahifasida "Videoning ochiq qismini ko‘rish" tugmasini bosib, kursning ochiq qismlarini ko‘rishingiz mumkin.
Kurs materiallari 1 yil ochiq boʻladi, shu davrda qoʻshilgan darslar ham kiradi. Kursning 10 foizidan kamini oʻtgan boʻlsangiz, 5 kun ichida pulingizni qaytarib olishingiz mumkin.