Maxfiylik siyosati

Biz – Mohirdev, onlayn kurslar va unga aloqador bo’lgan internet xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyamiz. Xizmatlarimizni taklif etishda https://mohirdev.uz va unga aloqador subdomenlardagi veb saytlardan foydalanamiz.

Ushbu Maxfiylik siyosati barcha biz taklif qilayotgan onlayn kurslarga taaluqlidir.

Shaxsiy ma’lumotlari

Biz o’quvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to’plashimiz mumkin. O’quvchilar saytimizdan ro’yxatdan o’tganda va boshqa resurslarimizdan foydalanganda ushbu ma’lumotlarni yig’amiz. O’quvchilar ixtiyoriy ravishda bunday ma’lumotlarni taqdim etgan taqdirdagina shaxsiy ma’lumotlarni yig’amiz.

Qo’shimcha ma’lumotlar

O’quvchilarning foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida qo’shimcha ma’lumotlarni to’plashimiz va saqlashimiz mumkin. Bunday ma’lumotlar avtomatik to’planadi. Bunday ma’lumotlarga qatoriga IP manzili, operatsion tizim, geolokatsiya maʼlumotlari, mahalliy parametrlar, kompyuterlar va mobil qurilmalar bilan bogʻliq identifikatsiya raqamlari, mobil aloqa operatoringiz, tranzaktsiyalar bilan bogʻliq sana va vaqt kabilar kirishi mumkin.

Yig’ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanamiz

Kompaniya o’quvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi maqsadlarda to’plashi va foydalanishi mumkin:

Mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash uchun

Siz taqdim etgan maʼlumotlar mijozlarga xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash ehtiyojlariga yanada samaraliroq javob berishga yordam beradi.

SMS xabarlarini yuborish uchun

Biz o’quvchilarning telefon raqamlariga kurslar yoki xizmatlar haqida SMS xabarnomalar yuborishda foydalanishimiz mumkin. O’quvchilarning telefon raqamlari o’quvchilarning savollari, takliflari va boshqa so’rovlarga javob berishi uchun ham ishlatilishi mumkin.

Remarketing

Biz Google Analytics, Yandex Metrica, Facebook Pixel kabi uchunchi tomon xizmatlaridan foydalangan holda «remarketing» (qayta marketing qilish) bilan shug’ullanishimiz mumkin.

Ma’lumotlar uchunchi tomon bilan ulashilmaydi

Biz foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini uchunchi tomon bilan bo’lishmaymiz. Barcha ma’lumotlarga faqatgina administratorlarning kirish huquqi mavjud.

Ma’lumotlarni o’chirish

Foydalanuvchilar saytimizdagi o’z shaxsiy ma’lumotlarini o’chirishni xohlasalar, [email protected] orqali bog’lanishlari mumkin.

Maxfiylik siyosatini yangilash

Biz ushbu maxfiylik siysoatiga vaqti-vaqti bilan o’zgartirish kiritishimiz mumkin. Kattaroq o’zgarish bo’lganda barcha foydalanuvchilarga sms xabar yoki sayt orqali xabar beriladi.

Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirish

Saytimizga kirishingiz va ro’yxatdan o’tishingiz bilan siz ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan hisoblanasiz

Oxirgi yangilanish:

24.09.2022

Mohirdev istalgan vaqt oldindan ogohlantirmasdan ushbu Maxfiylik siyosatiga o’zgartirish kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi.