fbpx

Select Your Favourite
Category And Start Learning.

Midjourney. Foydalanish ketma-ketligi

Midjourney – 2022-yilda tarqalgan eng yaxshi AI generatorlaridan biridir.

Undan foydalanishning 2 xil usuli mavjud. Discord platformasidagi maxsus bot va veb-ilova.
Siz Midjourney botini rasmiy Discord serverida https://discord.gg/midjourney -dan va u o’rnatilgan va u o’rnatilgn boshqa harqanday discord serveridan topa olasiz.

Dasturning qanday imkoniyatlari mavjud?
1. U siz kiritgan ma’lumotlardan foydalanib, oldin mavjud bo’lmagan tasvir chaqarib beradi. Masalan:
Kalit so’zlar: Star Wars in Uzbekistan

image 29
Midjourney. Foydalanish ketma-ketligi 5

Ko’rganingizdek rasmda oldin mavjud bo’lmagan tasvirlar paydo bo’ladi.

Qanday qilib foydalanishimiz mumkin?
Dastur hali foydalanuvchilar bilan tog’ridan-to’g’ri suhbatlasha olmaydi. Lekin discord platformasidagi bot orqali undan foydalanish mumkin.
1. Discord platformasida ro’xatdan o’ting.
2. Midjourney discord hamjamiyatiga qo’shiling.
3. «Newbie-» deb nomlangan istalgan guruhga kiring.
4. guruhda «/imagine» deb buyruq kiriting.
5. Qachonki «prompt» nomli so’z chiqsa, ingliz tilida o’zingiz xohlagan matnlarni kiriting.

Chuqurroq yondashamiz
U sizga 4 ta rasm taqdim etadi. Rasmlarning tagida 8 ta tugma bo’ladi.
U1,U2,U3,U4 – bular upscale. Ya’ni siz ulardan bittasini tanlab, yanada detallashtirilgan tasvir chiqarishni so’raysiz.
V1,V2,V3,V4 – variantlar. Kerakli variantni tanlaganingizdan so’ng, u sizga aynan shu variantga doir boshqa tasvirlar taqdim etadi.

Boshqa tasvirlar:

image 28
Midjourney. Foydalanish ketma-ketligi 6
image 27
Midjourney. Foydalanish ketma-ketligi 7


Tarif va cheklovlar
Midjourney sizga tekin foydalanish uchun 25 ta imkoniyat beradi. Undan so’ng esa 200 ta rasm uchun $10, yoki cheksiz foydalanish uchun $30 to’lashingiz kerak bo’ladi.

Maqola foydali bo’lgan bo’lsa, yaqinlaringizga ulashishni unutmang!



Leave a comment