fbpx

Select Your Favourite
Category And Start Learning.

Onlayn kurslar va uning 8ta foydasi

Onlayn taʼlimning 8ta foydasi ⠀

Onlayn va oflayn taʼlim qarama-qarshiligi yaqin 3yil ichida odamlarning qarashlarini butunlay oʻzgartirib yubordi. Virus sababli insoniyatning imkoniyatlari cheklanib qoldi, shundan soʻng istar-istamas onlayn taʼlimga katta urgʻu berila boshlandi. Ilgari odamlar uni vaqt va pulning isrofi deya qaragan boʻlsa, bugunga kelib onlayn taʼlimning ustun jihatlari yaqqol sezila boshlandi.

Shunday boʻlsa ham oramizda ikkilanib turgan kuzatuvchilarimiz yoʻq emas. Navbatdagi keltiradigan faktlarimiz stereotiplar zanjirini parchalab tashlaydi:

  1. Darsga borish uchun 5km yoʻl bosishingiz shart emas. Oʻzingizga mos kun rejasini tuzib oling. Qarabsizki, darsga ham kech qolmaysiz, asab tolalaringizni ham asrab qolgan boʻlasiz.
  2. Transport uchun yoʻl haqi toʻlashga hojat yoʻq. Uyingizda, sevimli dars stolingiz oldida hatirjam ilm olish imkoniyati turganda, qoʻshimcha xarajat kimga ham kerak.
  3. Dunyoning istalgan yeridan turib taʼlim olish imkoniyati. Xohlasangiz Garvardda, xohlasangiz Stenfordda oʻqing. Ha,darslarda ishtirok etish uchun rasmiy kiyim talab qilinmaydi.
  4. Oʻzingiz istagan mutaxassisning darslarida qatnashish imkoniyati. Bundan tashqari ularni oʻzingiz tanlab, saralay olasiz.
  5. Oʻqish uchun ishdan boʻshashingiz shart emas. Endi siz ish va taʼlimni bir xilda olib keta olasiz.
  6. Dunyo kutubxonalarining noyob kitoblaridan foydalanish imkoniyati. Gohida biz qidirgan kitoblarni topish qiyin boʻlib qoladi, top universitetlar esa kutubxonasidan bepul foydalanishga ruxsat beradi.
  7. Darslarni tushunmay qolsangiz, saqlab qoʻyilgan nusxasidan qaytadan koʻrib oʻzlashtirib olsangiz boʻladi. Bu esa bilimlaringizni yaxshigina mustahkamlaydi.
  8. Oflayn kurslarga qaraganda onlayn kurslarning narxi hamyonbopdir. Shuning uchun ham bugunga kelib koʻpchilik onlayn taʼlimni afzal koʻrmoqda.

Leave a comment