fbpx

Select Your Favourite
Category And Start Learning.

Pythondan qanday maqsadda foydalangan yaxshi?

Python Artificial Intelligence (Sun’iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma’lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan.

mohirdev.uz
Python haqida qisqacha ma’lumot.

Pythonni qaysi sohalarda ishlatsak, eng yaxshi natijani olishimiz mumkin?

– API ishlab chiqish

– Data Science / Sun’iy Intellekt

– Scripting

Har biriga alohida to’xtalsak.

API ishlab chiqish

API ishlab chiqish uchun Pythonning 2 ta zo’r frameworklari bor: Django va Flask.

Django va Flask.

Ikkala framework ham ajoyib bo’lib, juda ko’p vaziyatlarda ishlasada, ular turlicha mantiqqa asoslanib ishlaydi. Ba’zilarga Flask yoqsa, boshqalar uchun Django yaxshi.\

Flask. Minimalistik framework bo’lib, u foydalanuvchiga oson, qulaylik va boshqaruvni beradi. O’zingiz talab qilgan narsani u bilan bajarishingiz mumkin.

Django.Barcha narsani o’zida jamlagan framework. U bilan  kutubxonalardan tortib, admin panel, db interface, ORMlargacha ishlashingiz mumkin.

Data Science / Sun’iy Intellekt

Agar siz ma’lumot bilan ishlab, uni tahlil qilmoqchi yoki machine learning yoki sun’iy intellekt bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, Python sizning eng yaqin “do’stingizga aylanadi”.

Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Pythonda juda muhim va ajoyib kutubxonalar mavjud. Ularning ba’zilari: Pandas, Numpy, Matplotlib, Seaborn, Tensorflow, Pytorch, scikit-learn, Keras, NLTK, OpenCV.

Bu kutubxonalar bilan siz data science va sun’iy intellekt bilan bog’liq tayyor loyihalarni qilishingiz mumkin.

Python bilan qilish mumkin bo’lgan ba’zi ommabop loyihalarni keltirib o’tamiz:

– Sotuv bashorati;

– Tilni qayta ishlash;

– Hissiyot tahlili;

– Tavsiya tizimlari (masalan, musiqa, videolar va boshqalar);

– Tasniflash;

– Computer vision;

Va boshqalar.

Scripting

Scripting deb vazifalarni avtomatlashtiradigan buyruqlar qatoridan tashkil topgan kichkina dasturlarga aytiladi. 

Python haqida.

Python Artificial Intelligence (Sun’iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma’lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan.

Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi. Python dasturlash tili o’rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.

Qayerlarda ishlatiladi?

Mashine learning,Sun’iy intellekt, veb dasturlash,data science, business applications,mobile ilovalarini ishlab chiqish, kompyuter ilovalarini ishlab chiqish,  mikrokontrollerlar, veb saytlarni ishlab chiqish, IOT qurilmalari, devOps, tizim boshqaruvi va  hatto video o’yinlar.

O’rganish darajasi: O’rganish va foydalanish oson

Dasturchilarning fikrlari: Stackoverflow so’rovnomasiga ko’ra, dasturchilarning 67,8 foizi ularga Python yoqishini bildirgan.

Dasturlash olamiga endigina  qadam qo’yganlar uchun Pyhon ideal tildir. 

O’rganish oson. Sintaksisi ingliz tiliga o’xshashligi uchun tez tilga moslashib olish mumkin. Bu esa boshqa tillarga nisbatan sizda “bosh og’riq” kamroq bo’lishini anglatadi 🙂

Yangi boshlanuvchilar uchun juda qulay bo’lishidan tashqari, u «universal» tildir, ya’ni u muayyan turdagi loyiha bilan cheklanmaydi va machine learning, sun’iy intellekt, data science va boshqa sohalarda qo’llanilishi mumkin.

1991-yilda yaratilgan bo’lsada, Python hozirda jadallik bilan o’smoqda.

Google (qidiruv tizimi va Youtube uchun) va Meta kabi yirik kompaniyalar Pythonning “kattalashtirish” imkoniyatini bergani uchun uni ishlatilishadi.

Nafaqat bunday yirik kompaniyalar, balki kichik va o’rta biznes ham Pythondan aktiv foydalanib, o’zlarining loyihalarida ishlatib kelishmoqda.

Hattoki, ko’plab dasturlashdan xabari bo’lmagan,  marketologlar, moliyachilar Pythonda skript yozib, o’zlaridagi vazifalarni avtomatlashtirib, ishini yengillashtirmoqda.

Xulosa

1. Python o’rganish uchun eng oson dasturlash tillaridan biridir;

2. Kodni o’qish juda oson;

3. Loyihalarni kattartirish imkoniyatini beradi;

4. Python dasturlash tillari orasida eng katta kutubxonalarga ega. Python bilan deyarli hamma narsani qilishingiz mumkin;

5. U Obyektga Yo’naltirilgan dasturlash (OOP) til hisoblanadi;

6. Ochiq manbali dasturlash tili hisoblanadi;

7. Faol hamjamiyat. Savollaringizga tezda javob topishingiz mumkin.

Mohirdev ta’lim platofrmasi 6 oy davom etuvchi, onlayn Python Praktikum kursini taklif qiladi. Kursni Anaconda kompaniyasida ishlovchi Jahongir Rahmonov olib boradi.

Comment List

Leave a comment