fbpx

Select Your Favourite
Category And Start Learning.

Qaysi dasturlash tilini o’rgangan yaxshi?

Postlarni o’z tajribamdan kelib chiqqan holda yozib boraman. Bunday savol meni ham o’z vaqtida qiynagan edi. Dasturlash tilini to’g’ri tanlash keyingi faoliyatda muhim o’rin tutadi. Ko’pchilikda bu borada ikkilanish va turli fikrlar bo’ladi.

Qaysi yo’nalish bo’yicha dasturchi bo’lmoqchisiz?

Avvalambor mana shu savolga javob topib oling. Agar Android bo’yicha dasturchi bo’lmoqchi bo’lsangiz, JAVA, KOTLIN, iOS dasturchi bo’lmoqchi bo’lsangiz SWIFT, GameDev bo’laman desangiz C++, Web Daasturchi bo’lmoqchi bo’lsangiz JavaScript, PHP, Python va hokazolar.

Xozir trendda turgan dasturlash tillari

Dasturlash tilini tanlashdan oldin Github, StackOverFlow, Tiobe kabi platformalarning dasturlash tillari bo’yicha so’rovnomalari va reytinglari bilan tanishib chiqing.  Qaysi dasturlash tillari xozir TOP da ekaniga e’tibor bering. Xozirda eng ko’p qo’llanilayotgan dasturlash tillari keyinchalik ham TOP dan tushib ketmaslik ehtimoli katta.

O’rganishga eng ko’p materiallar bo’lgan dasturlash tillari

Xozirda internet rivojlangan asrda ko’plab dasturlash tillaridan bepul o’rgatilgan materiallar ham talaygina. YouTube ga kirsangiz indus bratlar, Google ga yozsangiz minglab maqolalar va kitoblar, tayyor kodlar chiqib keladi. Xozir dasturlash sohasiga kirib kelish 10 yil oldingidan ko’ra ming marta osonroq. Albatta komyunitini ham hisobga olib qo’ying.

Menga bir kishi «Qaysi dasturlash tilini o’rganishingni umuman ahamiyati yo’q. Dasturlash tili bu shunchaki sening qo’lingdagi bir instrument holos. Agar undan qanday to’g’ri foydalanishni bilmasang hammasi bekor» deb aytgandi. Bu gap 100% haqiqat. Qaysi tilni o’rganishga qaror qilganingizdan qat’iy nazar usha tilni iloji boricha chuqurroq va mukammal o’rganing. Ana ushanda sizga turli muammolarni hal qilish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi

Bexruz Xolmuminov

Leave a comment