fbpx

Select Your Favourite
Category And Start Learning.

Toptal bilan bo’lgan intervyu jarayoni haqida

Yashirmayman, ish intervyular har doim qo’rqinchli tuyilgan. Ayniqsa, Toptal bilan bo’ladigan intervyu yomon tushdek edi, chunki hamma barcha intervyu jarayonlaridan o’tish juda qiyinligini aytishgan. Lekin bir necha hafta oldin, uyqusiz tunlarning birida men Toptalga topshirishga qaror qildim. Nimaga topshirmasligim kerak axir? Yo’qotadigan narsam bo’lmasa.

In shaa Allah, top 3% frontend dasturchi bo’lish yo’lidagi intervyu jarayonlari hammaga manfaatli bo’ladi.

Toptal haqida

Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, Toptal bu top muhandislar bilan top xaridorlarni bir biriga bog’laydigan eng yetakchi freelance platformalaridan biri hisoblanadi. Unga qo’shilish boshqa platformalaridan keskin farq qiladi. Intervyu jarayonlari 4 bosqichga bo’lingan: pre-screening, online coding challenge, intervyu oluvchi bilan jonli dasturlash va test loyiha (test project).

Pre-Screening

Bu bosqichda 2 ta variant bor edi: oldindan yozib olingan tanishtiruv videosini jo’natish yoki intervyu oluvchi bilan jonli muloqot qilish. Nimaga bilmadim, lekin ikkinchi variantni tanladim. Balki kun bo’yicha ish stolimda o’tirib zerikkanim uchundir 😊

Intervyu oluvchi maqsadlarim, Toptal haqida qayerdan eshitganim, kuchli taraflarim, qaysi texnologiyalar bilan ishlay olishim kabi oddiy savollarni berdi.

Qiyinlik darajasi: 3/1o

Online Test

Pre-screening bosqichidan muvoffaqiyatli o’tganimdan so’ng, Codelitydagi onlayn test haqida email oldim.

U haqida ko’p narsa o’ylamay, kechasi topshiriqni bajarishga kirishdim. Intervyu jarayonlarini juda jiddiy qabul qilmaganim uchun hech qanday tayyorgarlik ham ko’rmadim.

Bu bosqichdagi nozik joyi shunda ediki, sizga juda uzundan-uzoq bo’lgan muammo haqida ma’lumot beriladi va siz ular nimani so’rashayotganini “ilib” olishingiz kerak. Buni uddalasangiz, muammoni o’zi juda qiyin emas.

Boshlang’ich ikkita savolga 30 daqiqa atrofida vaqt sarflagan bo’lsam, qolgan vaqt davomida oxirga savol bilan band bo’ldim. Oxirgi savolga nested-loop dan boshqa javob bera olmadim. Shu sabab rasmdagi preformance test muvoffaqiyatsiz bo’lgan.

Xulosa qiladigan bo’lsam, bu natijadan qoniqdim. Agar siz oxirgi 1.5 yil davomida real hayotdagi muammolarni yechib yurgan bo’lsangiz, bu bosqichdan osongina o’tasiz.

Qiyinlik darajasi: 5/10

Live Coding

Bu bosqichda mendan nima so’rashlari haqida hech qanday tasavvur yo’q edi. Bu narsaga unchalik o’ylanmadim, aniqrog’i, o’ylashga vaqt ham yo’q edi. Shu sabab, bu intervyuga umuman tayyorgarlik ko’rmadim.

Texnik intervyu Senior dasturchi tomonidan olib borildi. Kichik loyiha berilib, 30 daqiqa ichida tugatishim so’raldi. Talablar juda aniq edi. Vazifani aytilgan vaqt ichida tugata olmadim lekin intervyu oluvchi bir necha daqiqa yana ishlashimga ruxsat berishi bilan vazifani to’liq bajardim.

Intervyuning oxirida esa ispancha aksentga ega xonim bu bosqichdan o’tganim bilan tabrikladi!🎉🥳

Qiyinlik darajasi: 6/10

Test Project

Spoyler ogohlantirish: bu bosqich eng qiziq va qiyini

Okay, do’stlar. To’g’risi, oxirgi hafta men uchun juda bosh-og’riqqa to’la bo’ldi. Toptal bergan test loyihadan tashqari ham juda ko’p ishlarim bor edi. Lekin, natijalar meni qoniqtirmadi.

Qisqacha qilib aytganda, mendan autentifikatsiya (authentication) ga ega kichik funksional dastur tuzish va firebase yoki shunga o’xshash servislardan foydalanib backend yozish so’raldi. Boshida, tahmin qilganingizdek, backend sifatida firebaseni tanladim. Ammo deadlinega 24 soat qolganda, databasemni Postgres ga asoslangan Supabasega o’tkazdim.

Dasturning frontend qismini birinchi kunning o’zidayoq deyarli tugatdim va qolgan kunlarni databaseni modellashtirish va  backend bilan frontend qismini ulashga sarfladim. Oxiri deyarli hamma talablarga mos dastur tuza oldim.

Suhbatga kelganda, boshidanoq baholovchi loyiham bilan qanday ishlaganimni so’radi. Men backendda juda yaxshi emasligim sababli juda ko’p narsani o’rganib, uni amalda qo’llaganimni aytdim. Undan so’ng, dasturimni ko’rsatdim. U dasturning ba’zi funksiyalarini maqtab, boshqa qismlari bundan ham yaxshi qilish mumkinligini aytib o’tdi.

Dasturdagi kodlar bilan biroz vaqt o’tkazgandan keyin, intervyu oluvchi bu bosqichdan o’ta olmaganimni, men loyihani ular kutgandek taqdim qila olmaganimni aytdi. Lekin u 2 oydan so’ng Toptalga topshirib intervyuni 4-bosqichidan davom ettira olishimni aytdi. Yana, u full stack pozitsiyasiga topshirib ko’rishimni tavsiya qildi, chunki backend qismida ham yaxshi harakat qilganimni takidladi. Uning fikricha, hozir full stack dasturchi bo’lish arafasidaman, 60% frontend va 40% backend.

Qiyinlik darajasi: 9.99/10

Xulosa

Buyuk kuch katta masuliyat bilan keladi! – Ben amaki

Umuman, bu iqtibos kontekstga mos emas. Shunchaki, har doim bu iborani blogimdan yozgim kelardi 😁

Bir vaqtning o’zida muvoffaqiyatsizlikdan ham hafa, ham hursandman. Hafaman chunki Top dasturchilar tarmog’iga qo’shilishimga ozgina qolgandi. Xursandman, chunki o’zimni juda yuqori baholardim va bu mag’ubiyat hech kim ekanlimni ko’rsatdi.

Muallif: Azizbek Jonibekov

Comment List

Leave a comment