Kursdagi boshqa ochiq darslar

0 KUN
00
00
00

    Xarid qilish

    Frontend dasturlash

    15 dan ortiq loyihalar asosida frontend dasturlash asoslarini amaliy tarzda oʻrganing. Raqobatbardosh bilim, tajriba va portfolio bilan ishga kirish imkoningizni oshiring.

    Xarid qilish
    Frontend dasturlash

    Kursdan nimani kutishingiz mumkin?

    Bilim va ko'nikmalar

    Frontend dasturlash mutaxassisi bo'lish uchun kerakli bilimlarga ega bo'lasiz.

    Loyihalar

    Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda 21 ta loyihani yakunlaysiz.

    Sertifikat

    Sizning bilimingiz darajasini ifodalovchi sertifikatga ega bo'lasiz.

    Karyerani boshlash

    Kursimizdan so'ng siz bemalol karyerangizni boshlashga tayyor bo’lib chiqasiz.

    Frontend dasturchi qanday vazifalarni bajaradi?

    Frontend dasturchilar Chrome kabi brauzerlarda ishlaydigan saytlarning koʻrinish qismi kodini yozishga masʼul hisoblanadi. Frontendchilar ish davomida HTML, CSS va JavaScript instrumentlaridan foydalanib chiroyli, qulay, tez va turli ekranlarda yaxshi koʻrinuvchi sayt yozadi.

    Odatda UX/UI dizayner va bekend dasturchilar bilan bir jamoa boʻlib ishlaydi. Kundalik vazifalari qatoriga sayt frontendi kodini yozish, undagi xatolarni toʻgʻrilash, sayt ishlash tezligini oshirish kiradi.

    Frontend dasturchi qanday vazifalarni bajaradi?

    Kurs qanday tartibda o'tiladi?

    Yopiq guruh

    Telegramdagi yopiq guruhda o'quvchilar istalgan vaqt o'qituvchilar va mentorlardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishi mumkin. Ular har doim yordamga tayyor turishadi.

    Oylik onlayn uchrashuvlar

    Har oy kurs o'qituvchilari bilan Zoom uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Suhbat davomida o'zingizni qiynayotgan muammo va savollarga javob topishingiz mumkin.

    Videodarslar

    Darslar video shaklda platformaga joylangan bo'lib, ularni xohlagan payt, istalgan joyda ko'rishingiz mumkin. Videodarslar yangilanib boriladi.

    Vazifalar

    Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniga ega bo'ladi.

    Kurs haqida batafsil ma'lumot olishni xohlaysizmi?

    Ma’lumotlaringizni qoldiring. Siz bilan tez orada bog'lanamiz

    Tugmani bosib, maxfiylik siyosati va foydalanuvchi shartnomasining shartlarini qabul qilgan bo'lasiz
    Oylik maosh

    Frontend dasturlash
    mutaxassislarining oylik maoshi

    Ko'rsatilgan ma'lumotlar hh.uz va boshqa saytlardagi
    ma'lumotlardan tuzilgan

    junior
    middle
    senior
    $200
    $800
    $1500

    Kurs kimlar uchun?

    01

    Dasturlash sohasiga yangi boʻlganlar

    Kursda barcha bilimlar noldan boshlab oʻrgatiladi. Shuning uchun umuman dasturlashdan xabari yoʻq yoki ozgina tushunchasi bor oʻquvchilar ham kursni bemalol oʻrganishi mumkin.

    02

    Boshlangʻich frontend dasturchilar

    Frontend dasturlashni turli manbalar orqali oʻrganib, bilimlarini tartibga keltirishni istaydiganlar; amaliy loyihalarda qatnashib, kod yozishning optimal usullarini oʻrganmoqchi boʻlganlar; verstka qism boʻyicha boy portfolioga ega boʻlishni xohlaydiganlar uchun kursni oʻzlashtirish ayni muddaodir.

    Nega aynan bu kurs?

    Mukammal oʻquv dasturi

    Kursda frontend dasturlash asoslari amaliyot asosida oʻrgatiladi. Kundalik faoliyatda juda kam qoʻllanadigan mavzular bilan oʻquvchilarning vaqti olinmaydi. Balki bir necha maketlarni oʻrgangan mavzular asosida davomiy boyitib borish usulida amaliy bilimlar beriladi.

    Murakkab loyihalardan tashkil topgan portfolio

    Kurs davomida oʻquvchilar 15 dan ortiq loyihalar qilish orqali portfoliosini boyitib boradi. Bunday portfolio bilan oʻquvchilar junior dasturchi sifatida birinchi ishini bemalol topa oladi.

    Siz uchun qulay vaqtda

    Kurslarni oʻzingizga qulay vaqtda va joyda, joriy ishlaringizga xalaqit qilmagan holda oʻrganib borishingiz mumkin.

    Kurs tarkibi

    • 641 ta dars
    • 21 ta loyiha qilinadi
    • 110 soat kurs davomiyligi
    • 7 ta test va topshiriqlar
    Darslarni kompyuterda koʻrish
    Darslarni telefonda koʻrish
    Ommaviy oferta bilan tanishib chiqish
    Yopiq guruhga qoʻshilish
    Savol berish boʻyicha qoʻllanma
    Kursda oʻrgatiladigan texnologiyalar
    Kurs davomida tuziladigan loyihalar
    Kurs oxirida qanday natija kutish mumkin?
    Dasturlash va frontendni oʻrganishdagi ustunlar, muhim nuqtalar
    Veb dasturlash sohalari bilan tanishuv
    Sayt tuzilishidagi bosqichlar ketma-ketligi
    Sayt tuzish usullari va ulardan foydalanish tartibi
    Onlayn kurs sayti uchun texnik talablarni tayyorlash, brainstorming
    Onlayn kurs sayti qoralama dizaynini Balsamiqʼda tuzish
    Skrinshot olish uchun Lightshot dasturini oʻrnatish va ishlatish
    Loyiha fayl va papkalarini toʻgʻri tartiblash. Live Server kengaytmasini oʻrnatish
    Elementlar yozilishi qoidasi. Matnga oid elementlar
    Tuzilmaviy elementlar. html, head, body, DevTools
    Havola bilan ishlash
    Boshqa HTML fayllarga havola bilan ulanish
    Kodni HTML Validatorʼda tekshirish
    Loyihani arxivlab (zip) yuborish
    Verstka sohasining eng yaxshi va yomon tomoni
    Figma bilan tanishuv. Akademnashr maketi. 1-katta vazifa taʼrifi
    Akademnashr maketiga link
    Akademnashr saytini tuzish boʻyicha yuborilgan ishlarni tahlil qilish
    Akademnashr saytini tuzish vazifasi yechimi. Kod yozishdagi samaradorlikni oshirish boʻyicha tavsiyalar
    Boshlangʻich tushunchalar
    Roʻyxatdan oʻrganilganlarni Akademnashr maketiga tatbiq qilish
    div elementi va guruhlash
    div elementini Akademnashr maketiga tatbiq qilish
    HTML5da qoʻshilgan boʻlim elementlari – header, nav, main, section, footer va kichik vazifa
    HTML5 boʻlim elementlarini Akademnashr maketiga tatbiq qilish
    Sahifaga rasmlarni joylash. Rasmlar formatlari farqlari
    Papka ichidagi rasmni joylash qanday ishlaydi?
    Radiusli-burchakli rasmlarni eksport qilish. Rasmga width va height berishning ahamiyati
    Rasmlar hajmini optimallashtirish. TinyPNG instrumenti
    Qachon rasmlar img emas, svg kodi bilan joylanadi? SVG hajmini optimallashtirish
    Rastr rasmlarni retina ekran uchun moslashtirish
    Squoosh instrumenti. Squoosh yordamida rasm hajmini optimallashtirish va retina uchun 2x rasmlarni chiqarish
    Picsum Photos yordamida sahifaga ixtiyoriy rasmlarni olib kelish
    Placeholder.com orqali ixtiyoriy rasmlarni olib kelish
    Ixtiyoriy miqdordagi soʻzlardan iborat vaqtinchalik matn generatsiya qilish
    Rasmlar asosida Akademnashr maketi boʻyicha vazifa taʼrifi
    Akademnashr maketiga rasmlar boʻlimida oʻrganilgan bilimlarni tatbiq qilish
    Roʻyxat, rasm va guruhlash
    GitHubʼda roʻyxatdan oʻtish
    Kompyuterdan Gitʼni va unga bogʻlangan login-parollarni oʻchirib tashlash
    Kompyuterga Git oʻrnatish va undagi global sozlamalarni yangi profilga moslashtirish
    Git asoslarini demo loyiha asosida ishlatish
    Akademnashr loyihasini GitHubʼga joylash
    Netlify bilan tanishuv. Akademnashr loyihasini Netlifyʼga joylash
    Git, GitHub va Netlify
    RGBA va shaffof rang bilan ishlash
    Ranglarni HEX formatida berish
    Matnga oid koʻp ishlatiladigan stillar
    CSSʼda kod ketma-ketligining ahamiyati
    Elementlarga class orqali stil berish, classni nomlashdagi qoidalar
    CSSʼda selectorlar kuchi. class VS element tanlovchisi
    Koʻp ishlatiladigan class nomlari
    Elementlarga bir nechta class berish. Matnni chap va oʻngga, oʻrtaga keltirish
    Elementlarning eni va boʻyini oʻzgartirish
    Rasmlarning object-fit xususiyati
    Akademnashr maketiga CSSʼdan oʻtilgan mavzularni tatbiq qilish boʻyicha vazifa taʼrifi
    Akademnashr maketiga CSSdan o'rganilgan mavzularni qo'shish. 1-qism
    Akademnashr maketiga CSSʼdan oʻrganilgan mavzularni qoʻshish. 2-qism
    Roʻyxatning stillarini oʻzgartirish va ota elementga koʻra boshqa elementni tanlab stil berish
    Akademnashr maketiga CSSʼdan oʻrganilgan mavzularni qoʻshish. 3-qism
    Akademnashr maketidagi yangi kodlarni GitHubʼga yuborish va Netlifyʼga joylash
    CSS asoslari
    Google Fontsʼdagi shriftlardan foydalanish
    Google Fontsʼdagi bir nechta shriftni loyihaga ulash
    Matnga oid global stillarni body (asosiy qism)ga berish haqida
    CSSʼda xususiyatlarning meros boʻlib oʻtishi
    Akademnashr maketiga shriftlarga oid CSSʼni qoʻshish boʻyicha vazifa taʼrifi
    Akademnashr maketiga shirftlarga oid CSSʼni qoʻshish vazifasi yechimi
    Vazifa yechimi kodini GitHubʼga yuborish
    CSSʼda shriftlar va meros boʻlib oʻtadigan xususiyatlar

    Kurs davomida qilinadigan loyihalar

    Akademnashr

    Akademnashr sayti nusxasi

    AnsormMed

    AnsorMed sayti nusxasi

    Namanganliklar24

    Namanganliklar24 yangiliklar sayti nusxasi

    Articles maketi

    Sayohat sayti nusxasi

    Apple watch

    Apple watch sayt nusxasi

    Intro form

    Intro form maketi

    Coffeeroasters maketi

    Sayt quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: 1. Bosh Sahifa 2. Mahsulotlar Sahifasi

    27-bo'lim, countires maketi

    Sayt quyidagi qismlardan tashkil topgan 1. Bosh Sahifa (Homepage): Bosh sahifa saytning asosiy nuqtasi bo'ladi va foydalanuvchilarni qiziqtirish uchun dunyo xabarlarini, yangiliklarini yoki eng ko'p ko'rgan mamlakatlarni ko'rsatishi mumkin.

    Job listing maketi

    Sayt quyidagi qismlardan tashkil topgan 1. Ish O'rinlari Ro'yxati: Sayt, front-end ish joylarini va vazifalarini taqdim etuvchi ro'yxatni taqdim etadi. Har bir ish joyi uchun ma'lumotlar (nomi, shahri, ma'lumotlar taqdim etilgan sahifa yoki e-pochtasi, tariflar va talablar) mavjud bo'ladi.

    Shortly maketi

    Shortly saytining nusxasi tayyorlanadi

    Bookmark maketi

    Bookmark sayti nusxasini tayyorlaysiz

    Easy bank maketi

    Easy Bank sayti nusxasi

    E-commerce maketi

    E-commerce sayti nusxasi

    Manage

    Manage sayti maketi

    Myteam maketi

    Myteam sayti nusxasi tayyorlanadi

    Kursni tugatgach sizning resume

    O'zlashtiriladigan ko'nikmalar

    • UX/UI dizayner tomonidan chizib berilgan sayt maketlarini brauzerda turli oʻlchamdagi ekranli uskunalarda qulay, tez va chiroyli ocha olasiz.
    • HTML va CSSʼda Responsive saytlar tuza olasiz.
    • Telegram Desktop interfeysiga oʻxshash mustaqil interfeys tuza olasiz.
    • Sassʼda loyiha arxitekturasini BEMʼga moslab yoza olasiz.
    • Internet-doʻkon koʻrinishidagi loyiha yaratasiz.
    • Vazifalarni JavaScript yordamida bajara olasiz
    Resume

    O'rgatiladigan texnologiyalar

    Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni mukammal darajada o'zlashtirasiz:

    HTML

    HTML

    HTML

    HTML

    Saytdagi matn, rasm, video, havola va boshqa maʼlumotlarni joylash uchun qoʻllanadigan texnologiya.
    CSS

    CSS

    CSS

    CSS

    Saytdagi elementlar koʻrinishi, bezaklari, joylashuvini oʻzgartirishga qoʻllanuvchi texnologiya.
    JavaScript

    JavaScript

    JavaScript

    JavaScript

    Veb sahifa interfaollik, dinamika qoʻshish, server bilan asinxron muloqot qilish uchun qoʻllanadigan texnologiya.
    Sass

    Sass

    Sass

    Sass

    CSS asosiga tuzilgan, sayt stillarini yozishni tartiblab osonlashtiruvchi preprocessor.
    Bootstrap

    Bootstrap

    Bootstrap

    Bootstrap

    Saytlarda koʻp uchraydigan elementlarning tayyor kodlarini jamlagan frontend kutubxonasi.
    Pug

    Pug

    Pug

    Pug

    Katta loyihalarda HTML kod yozishni tartiblovchi, sahifalarni qolip va komponentlar asosida tuzishga moʻljallangan shablonizator.

    Kurs o'qituvchisi

    Muhammadjavohir Surʼatov

    Muhammadjavohir Surʼatov

    Uzoq yillik tajribaga ega frontend dasturchi, Mayoq loyihasi muallifi

    Kursni tugatib sertifikatga
    ega bo'lasiz

    Kurs yakunida portfoliongiz 15 dan ortiq loyihalar tufayli yanada boyiydi. Bu esa junior dasturchi sifatida birinchi ishingizni topishga yordam beradi.

    Sertifikatni tekshirish
    Sertifikat

    Kurs haqida batafsil ma'lumot olishni xohlaysizmi?

    Ma’lumotlaringizni qoldiring. Siz bilan tez orada bog'lanamiz

    Tugmani bosib, maxfiylik siyosati va foydalanuvchi shartnomasining shartlarini qabul qilgan bo'lasiz

    Ko'p so'raladigan savollar

    Kurs sohaga endi kirib kelganlar uchun moslab yozilgan. Kerakli dasturlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish batafsil tushuntirib berilgan. Agar oʻquvchida savollar yuzaga kelsa, telegramdagi yopiq guruh orqali javob olishi mumkin.
    Mohirdevda faqat onlayn kurslar mavjud.
    Yangi guruh ochilishini kutishingizga ehtiyoj yoʻq. Oʻzingizga ma’qul kursni xarid qiliboq oʻrganishni boshlasangiz boʻladi.
    Kurs videodarslardan tashkil topgan boʻlib, ularni sotib olishingiz bilanoq platformada koʻrish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Kurs tarkibida bir qancha test va topshiriqlar berilgan. Dars va vazifalar boʻyicha savollar yuzaga kelsa, telegramdagi yopiq guruhda ularga javob olishingiz mumkin.
    Matematikani maktab oʻquvchisi darajasida bilishingiz yetarli boʻladi.
    Barcha darslar oʻzbek tilida oʻtilgan. Ingliz tilini bilish oʻrganishingizni yengillashtira oladi.
    Kursni shu sahifadan yoki telegram orqali savdo boʻlimi xodimimiz bilan bogʻlanib, xarid qilishingiz mumkin. Telegramdagi profil: @mohirdevsales_bot. Bizning raqam: +998 (78) 113 62 72
    Kurs narxi 2 mln soʻm boʻlib, toʻliq kurs uchun toʻlov hisoblanadi.
    Toʻlovni 2 va 4 ga boʻlib toʻlash imkoniyati mavjud. 2 ga boʻlib toʻlash Mohirdev platformasi, 4 ga boʻlib toʻlash esa Zoodpay toʻlov tizimi orqali amalga oshiriladi.
    Mohirdevda bitta praktikum kursini xarid qilganingizdan soʻng keyingi praktikum kurslariga 30% chegirma mavjud. Batafsil ma’lumot uchun operatorlarimiz bilan bogʻlanishingiz mumkin: +998 (78) 113 62 72
    Bor, albatta, batafsil ma’lumot uchun operatorlarimiz bilan bogʻlanishingiz mumkin: +998 (78) 113 62 72
    Kursni oʻrganish uchun i3 yoki i5 protsessorlarining yangi avloddagilari, kamida 4GB (8GB boʻlgani yaxshiroq) operativ xotira va SSDli asosiy xotiraga ega kompyuter tavsiya qilinadi.
    Videodarslardan tashqari kursdagi boʻlimlar uchun test va amaliy vazifalar, shuningdek, sertifikat olish uchun imtihon vazifasi mavjud.
    Kurs davomida oʻrganilgan mavzular boʻyicha bilimingizni sinash uchun testlar qoʻshilgan. Bundan tashqari, har bir boʻlimga qoʻshimcha amaliy vazifalar ham joylanadi. Kursni bitirganingizda sertifikat olish uchun alohida imtihon vazifasi beriladi.
    Har oy kurs ustozlari bilan videouchrashuvlar oʻtkaziladi va ular yozib olinib, kursga qoʻshib boriladi.
    Telegramdagi yopiq guruhda oʻzingizni qiziqtirgan savollaringizni berishingiz va oʻzingiz kabi oʻrganuvchilar bilan fikr almashishingiz mumkin. Oʻqituvchi va mentorlar savollaringizga javob beradi.
    Aniq qancha vaqt ketishi faqatgina oʻzingizga bogʻliq. Tavsiya qilingan eng kam muddat 6 oy boʻlib, bundan tezroq yoki sekinroq tugatishingiz ham mumkin. Asosiysi tartibli va uzluksiz oʻrganishdir.
    Kurs yakunida beriladigan imtihon loyihasini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga sertifikat beriladi.
    Ha, albatta, kursni olganingizdan soʻng undan foydalanish vaqti cheklanmagan.
    Kursni muvaffaqiyatli yakunlasangiz, soha boʻyicha junior dasturchi koʻnikmalariga ega boʻlasiz.
    Kursdagi videodarslarni yuklab olish taqiqlanadi. Barcha videodarslar Mohirdev MCHJning mulki hisoblanadi. Hozirda koʻchirib olib, oflayn koʻrish imkoniyati mavjud boʻlgan mobil dastur tuzish jarayonidamiz.
    Bizning raqam: +998 (78) 113 62 72. Telegram: @mohirdevsales (http://t.me/mohirdevsales )