Tamkeen loyihasi
Ushbu loyiha kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, dasturchilikni oʻrganish uchun faqat moddiy qiyinchiliklargina toʻsqinlik qilayotgan yoshlar uchun
Xarid qilishUshbu loyiha kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, dasturchilikni oʻrganish uchun faqat moddiy qiyinchiliklargina toʻsqinlik qilayotgan yoshlar uchun
Xarid qilishTamkeen loyihasi mutaxassisi bo'lish uchun kerakli bilimlarga ega bo'lasiz.
Sizning bilimingiz darajasini ifodalovchi sertifikatga ega bo'lasiz.
Kursimizdan so'ng siz bemalol karyerangizni boshlashga tayyor bo’lib chiqasiz.
– Mohirdev platformasida bor kurslardan ixtiyoriy bittasini bepul oʻrganib chiqasiz;
– kompyuteringiz boʻlmasa, oʻrganish davri uchun kompyuter beriladi;
– ishga joylashishda yordam koʻrsatamiz.
Telegramdagi yopiq guruhda o'quvchilar istalgan vaqt o'qituvchilar va mentorlardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishi mumkin. Ular har doim yordamga tayyor turishadi.
Har oy kurs o'qituvchilari bilan Zoom uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Suhbat davomida o'zingizni qiynayotgan muammo va savollarga javob topishingiz mumkin.
Darslar video shaklda platformaga joylangan bo'lib, ularni xohlagan payt, istalgan joyda ko'rishingiz mumkin. Videodarslar yangilanib boriladi.
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniga ega bo'ladi.
Ma’lumotlaringizni qoldiring. Siz bilan tez orada bog'lanamiz
01
Kam taʼminlangan oila farzandlari
– oilaning yagona boquvchilari; – boquvchisini yo‘qotgan, mehribonlik uylarida tarbiyalanganlar; – kam-taʼminlanganlar roʻyxatiga kiritilganlar; – temir daftar, yoshlar daftariga kiritilganlar.
02
Nogironligi bor yoshlar
Jismoniy nuqson sabab uyda qolishga majbur, ammo aqliy mehnatga layoqatli yoshlar
03
16–30 yosh oraligʻidagi yoshlar
Loyihada ishtirok etish uchun yosh chegarasi mavjud. Faqat 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlargina ishtirok eta oladi
Mohirdev
Ma’lumotlaringizni qoldiring. Siz bilan tez orada bog'lanamiz