15 dan ortiq loyihalar asosida frontend dasturlash asoslarini amaliy tarzda oʻrganing. Raqobatbardosh bilim, tajriba va portfolio bilan ishga kirish imkoningizni oshiring.
Frontend dasturlash mutaxassisi boʻlish uchun kerakli bilimlar beriladi.
Loyihalar
Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda 21 ta loyiha yakunlanadi.
Sertifikat
Har bir bitiruvchiga bilim darajasini ifodalovchi sertifikat taqdim etiladi.
Karyerani boshlash
Kurs yakunida oʻquvchilar karyera boshlashga tayyor boʻlib chiqadi.
0 KUN
00
00
00
Frontend dasturchi qanday vazifalarni bajaradi?
Frontend dasturchilar Chrome kabi brauzerlarda ishlaydigan saytlarning koʻrinish qismi kodini yozishga masʼul hisoblanadi. Frontendchilar ish davomida HTML, CSS va JavaScript instrumentlaridan foydalanib chiroyli, qulay, tez va turli ekranlarda yaxshi koʻrinuvchi sayt yozadi.
Odatda UX/UI dizayner va bekend dasturchilar bilan bir jamoa boʻlib ishlaydi. Kundalik vazifalari qatoriga sayt frontendi kodini yozish, undagi xatolarni toʻgʻrilash, sayt ishlash tezligini oshirish kiradi.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?
Yopiq guruh
Telegramdagi yopiq guruhda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzuda boshqa o‘quvchilar bilan birga fikr almashishi mumkin.
Videodarslar
Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin.
Vazifalar
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kurs haqida batafsil maʼlumot olishni istaysizmi?
Maʼlumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz.
Frontend dasturlash mutaxassislarining oylik maoshi
Koʻrsatilgan maʼlumotlar hh.uz va boshqa saytlardagi maʼlumotlardan olingan.
junior
middle
senior
200$
800$
1500$
junior
200$
middle
800$
senior
1500$
Kurs kimlar uchun?
01
Dasturlash sohasiga yangi boʻlganlar
Kursda barcha bilimlar noldan boshlab oʻrgatiladi. Shuning uchun umuman dasturlashdan xabari yoʻq yoki ozgina tushunchasi bor oʻquvchilar ham kursni bemalol oʻrganishi mumkin.
02
Boshlangʻich frontend dasturchilar
Frontend dasturlashni turli manbalar orqali oʻrganib, bilimlarini tartibga keltirishni istaydiganlar; amaliy loyihalarda qatnashib, kod yozishning optimal usullarini oʻrganmoqchi boʻlganlar; verstka qism boʻyicha boy portfolioga ega boʻlishni xohlaydiganlar uchun kursni oʻzlashtirish ayni muddaodir.
Nima uchun aynan bu kursni oʻrganish kerak?
Mukammal oʻquv dasturi
Kursda frontend dasturlash asoslari amaliyot asosida oʻrgatiladi. Kundalik faoliyatda juda kam qoʻllanadigan mavzular bilan oʻquvchilarning vaqti olinmaydi. Balki bir necha maketlarni oʻrgangan mavzular asosida davomiy boyitib borish usulida amaliy bilimlar beriladi.
Murakkab loyihalardan tashkil topgan portfolio
Kurs davomida oʻquvchilar 15 dan ortiq loyihalar qilish orqali portfoliosini boyitib boradi. Bunday portfolio bilan oʻquvchilar junior dasturchi sifatida birinchi ishini bemalol topa oladi.
Siz uchun qulay vaqtda
Kurslarni oʻzingizga qulay vaqtda va joyda, joriy ishlaringizga xalaqit qilmagan holda oʻrganib borishingiz mumkin.
Kurs tarkibi
647 ta dars
21 ta loyiha qilinadi
Kurs davomiyligi - 110 soat
test va topshiriqlar soni -7 ta
Darslarni kompyuterda koʻrish
Darslarni telefonda koʻrish
Ommaviy oferta bilan tanishib chiqish
Yopiq guruhga qoʻshilish
Savol berish boʻyicha qoʻllanma
Soʻrovnoma
00:03:00
00:05:00
Kursda oʻrgatiladigan texnologiyalar
00:07:00
Kurs davomida tuziladigan loyihalar
00:08:00
Kurs oxirida qanday natija kutish mumkin?
00:05:00
Dasturlash va frontendni oʻrganishdagi ustunlar, muhim nuqtalar
00:11:00
Veb dasturlash sohalari bilan tanishuv
00:16:00
Sayt tuzilishidagi bosqichlar ketma-ketligi
00:14:00
Sayt tuzish usullari va ulardan foydalanish tartibi
00:17:00
Onlayn kurs sayti uchun texnik talablarni tayyorlash, brainstorming
00:33:00
Onlayn kurs sayti qoralama dizaynini Balsamiqʼda tuzish
00:47:00
00:03:00
00:10:00
Skrinshot olish uchun Lightshot dasturini oʻrnatish va ishlatish
00:04:00
Loyiha fayl va papkalarini toʻgʻri tartiblash. Live Server kengaytmasini oʻrnatish
00:08:00
Elementlar yozilishi qoidasi. Matnga oid elementlar
00:17:00
Tuzilmaviy elementlar. html, head, body, DevTools
00:09:00
Havola bilan ishlash
00:07:00
Boshqa HTML fayllarga havola bilan ulanish
00:07:00
Kodni HTML Validatorʼda tekshirish
00:04:00
Loyihani arxivlab (zip) yuborish
00:03:00
Verstka sohasining eng yaxshi va yomon tomoni
00:04:00
Figma bilan tanishuv. Akademnashr maketi. 1-katta vazifa taʼrifi
00:14:00
Akademnashr maketiga link
00:01:00
Akademnashr saytini tuzish boʻyicha yuborilgan ishlarni tahlil qilish
00:08:00
Akademnashr saytini tuzish vazifasi yechimi. Kod yozishdagi samaradorlikni oshirish boʻyicha tavsiyalar
00:15:00
Boshlangʻich tushunchalar
00:03:00
00:14:00
Roʻyxatdan oʻrganilganlarni Akademnashr maketiga tatbiq qilish
00:06:00
div elementi va guruhlash
00:07:00
div elementini Akademnashr maketiga tatbiq qilish
00:03:00
HTML5da qoʻshilgan boʻlim elementlari – header, nav, main, section, footer va kichik vazifa
00:14:00
HTML5 boʻlim elementlarini Akademnashr maketiga tatbiq qilish
49-dars. Hooks. useState, useEffect, useRef va useMemo
50-dars. Hook useCallback va useContext
51-dars. Hook useLayoutEffect
52-dars. Hook useImperativeHandle
53-dars. Hook useReducer
54-dars. Maxsus hooklar
55-dars. Hooklardan foydalanish shartlari
56-dars. Amaliyot. Hook useReducer
3-LOYIHA. Shopping card
57-dars. Loyihaga kirish
58-dars. API bilan tanishuv
59-dars. Header & Footer
60-dars. Mahsulotlarni ro'yhatini ko'rsatish
61-dars. Buyurtma holati va savatcha
62-dars. Buyurtma berish fuktsiyasi
63-dars. Mahsulotni o'chirish
64-dars. Savatdagi mahsulotlarni o'zgartirish
65-dars. Mahsulotlarni qo'shish va o'chirish
66-dars. Toast kutubxonasi va Github
3-MODUL. Murakkab Dastur xolati. Context bilan ishlash
67-dars. Murakkab boshqaruv dastur holati: Context & Provider yasash
68-dars. Reducer funktsiya yasash
69-dars. Barcha komponentlarni rekvizitlar o'rniga kontekstga o'tkazish
70-dars. Sharh
4-LOYIHA. SPA dasturi (Single Page Application)
* MUHIM *
71-dars. Routing va SPA. Tanishuv
72-dars. Routing asoslar va Link komponenti
73-dars. Hooks useHistory, useParams, useLocation va useRouteMatch
74-dars. API
75-dars. API metodlar yasash
76-dars. Kategoriya va bosh sahifa
77-dars. Filter yordamida mahsulotlarni olish metodi
78-dars. Recipe
79-dars. Qidiruv paneli
Modul bo'yicha so'rovnoma
Soʻrovnoma
12-fevral 2022
00:15:00
3-mart 2022
00:23:00
21-iyul 2022. 1-qism
00:30:00
21-iyul 2022. 2-qism
00:35:00
29-avgust 2022
01:06:00
10-oktabr 2022
01:29:00
30-oktabr 2022
00:56:00
25-noyabr 2022
01:08:00
8-yanvar 2023. 1-qism
00:38:00
8-yanvar 2023. 2-qism
00:35:00
8-yanvar 2023. 3-qism
00:34:00
26-mart 2023 1-qism
00:40:00
26-mart 2023 2-qism
00:25:00
00:39:00
00:30:00
12-may Custome hook va savol-javob
9.07.2023. Javascript - prototype inheritance
00:17:00
14 - yanvar CSS Grid, savol-javob
00:53:00
23-dekabr savol-javob, event loop
02:05:00
27 yanvar 2024 Promise (js), savol-javob
01:07:00
17.03.2024 Q&A
00:57:00
Kurs davomida bajariladigan loyihalar
Akademnashr
Akademnashr sayti nusxasi
AnsormMed
AnsorMed sayti nusxasi
Namanganliklar24
Namanganliklar24 yangiliklar sayti nusxasi
Articles maketi
Sayohat sayti nusxasi
Apple watch
Apple watch sayt nusxasi
Intro form
Intro form maketi
Coffeeroasters maketi
Sayt quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: 1. Bosh Sahifa 2. Mahsulotlar Sahifasi
27-bo'lim, countires maketi
Sayt quyidagi qismlardan tashkil topgan 1. Bosh Sahifa (Homepage): Bosh sahifa saytning asosiy nuqtasi bo'ladi va foydalanuvchilarni qiziqtirish uchun dunyo xabarlarini, yangiliklarini yoki eng ko'p ko'rgan mamlakatlarni ko'rsatishi mumkin.
Job listing maketi
Sayt quyidagi qismlardan tashkil topgan 1. Ish O'rinlari Ro'yxati: Sayt, front-end ish joylarini va vazifalarini taqdim etuvchi ro'yxatni taqdim etadi. Har bir ish joyi uchun ma'lumotlar (nomi, shahri, ma'lumotlar taqdim etilgan sahifa yoki e-pochtasi, tariflar va talablar) mavjud bo'ladi.
Shortly maketi
Shortly saytining nusxasi tayyorlanadi
Bookmark maketi
Bookmark sayti nusxasini tayyorlaysiz
Easy bank maketi
Easy Bank sayti nusxasi
E-commerce maketi
E-commerce sayti nusxasi
Manage
Manage sayti maketi
Myteam maketi
Myteam sayti nusxasi tayyorlanadi
Kursni tugatgach sizning rezyume
Oʻzlashtiriladigan koʻnikmalar
UX/UI dizayner tomonidan chizib berilgan sayt maketlarini brauzerda turli oʻlchamdagi ekranli uskunalarda qulay, tez va chiroyli ocha olasiz.
HTML va CSSʼda Responsive saytlar tuza olasiz.
Telegram Desktop interfeysiga oʻxshash mustaqil interfeys tuza olasiz.
Sassʼda loyiha arxitekturasini BEMʼga moslab yoza olasiz.
Internet-doʻkon koʻrinishidagi loyiha yaratasiz.
Vazifalarni JavaScript yordamida bajara olasiz
Oʻrgatiladigan texnologiyalar
Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni mukammal darajada oʻzlashtirasiz:
HTML
HTML
Saytdagi matn, rasm, video, havola va boshqa maʼlumotlarni joylash uchun qoʻllanadigan texnologiya.
Veb sahifa interfaollik, dinamika qoʻshish, server bilan asinxron muloqot qilish uchun qoʻllanadigan texnologiya.
Sass
Sass
CSS asosiga tuzilgan, sayt stillarini yozishni tartiblab osonlashtiruvchi preprocessor.
Bootstrap
Bootstrap
Saytlarda koʻp uchraydigan elementlarning tayyor kodlarini jamlagan frontend kutubxonasi.
Pug
Pug
Katta loyihalarda HTML kod yozishni tartiblovchi, sahifalarni qolip va komponentlar asosida tuzishga moʻljallangan shablonizator.
Kurs oʻqituvchisi
Muhammadjavohir Surʼatov
Frontend teacher
Uzoq yillik tajribaga ega frontend dasturchi, Mayoq loyihasi muallifi
Sertifikatli boʻling!
Kurs yakunida portfoliongiz 15 dan ortiq loyihalar tufayli yanada boyiydi. Bu esa junior dasturchi sifatida birinchi ishingizni topishga yordam beradi.
Maʼlumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz.
Koʻp soʻraladigan savollar
Kurs sohaga endi kirib kelganlar uchun moslab yozilgan. Kerakli dasturlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish batafsil tushuntirib berilgan. Agar oʻquvchida savollar yuzaga kelsa, telegramdagi yopiq guruh orqali javob olishi mumkin.
Mohirdevda faqat onlayn kurslar mavjud.
Yangi guruh ochilishini kutishingizga ehtiyoj yoʻq. Oʻzingizga ma’qul kursni xarid qiliboq oʻrganishni boshlasangiz boʻladi.
Kurs videodarslardan tashkil topgan boʻlib, ularni sotib olishingiz bilanoq platformada koʻrish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Kurs tarkibida bir qancha test va topshiriqlar berilgan. Dars va vazifalar boʻyicha savollar yuzaga kelsa, telegramdagi yopiq guruhda ularga javob olishingiz mumkin.
Matematikani maktab oʻquvchisi darajasida bilishingiz yetarli boʻladi.
Barcha darslar oʻzbek tilida oʻtilgan. Ingliz tilini bilish oʻrganishingizni yengillashtira oladi.
Kursni shu sahifadan yoki telegram orqali savdo boʻlimi xodimimiz bilan bogʻlanib, xarid qilishingiz mumkin. Telegramdagi profil: @mohirdevsales_bot. Bizning raqam: +998 (78) 113 62 72
Kurs narxi 2 mln soʻm boʻlib, toʻliq kurs uchun toʻlov hisoblanadi.
Toʻlovni 2 va 4 ga boʻlib toʻlash imkoniyati mavjud. 2 ga boʻlib toʻlash Mohirdev platformasi, 4 ga boʻlib toʻlash esa Zoodpay toʻlov tizimi orqali amalga oshiriladi.
Mohirdevʼdan bitta praktikum kursini xarid qilsangiz, ikkinchisini 30% chegirmada sotib olishingiz mumkin. 3 va undan ortiq kurslar toʻloviga 20% chegirma beriladi. Batafsil maʼlumot olish uchun operator bilan bogʻlaning: +998 (78) 113 62 72
Bor, albatta, batafsil ma’lumot uchun operatorlarimiz bilan bogʻlanishingiz mumkin: +998 (78) 113 62 72
Kursni oʻrganish uchun i3 yoki i5 protsessorlarining yangi avloddagilari, kamida 4GB (8GB boʻlgani yaxshiroq) operativ xotira va SSDli asosiy xotiraga ega kompyuter tavsiya qilinadi.
Videodarslardan tashqari kursdagi boʻlimlar uchun test va amaliy vazifalar, shuningdek, sertifikat olish uchun imtihon vazifasi mavjud.
Kurs davomida oʻrganilgan mavzular boʻyicha bilimingizni sinash uchun testlar qoʻshilgan. Bundan tashqari, har bir boʻlimga qoʻshimcha amaliy vazifalar ham joylanadi. Kursni bitirganingizda sertifikat olish uchun alohida imtihon vazifasi beriladi.
Har oy kurs ustozlari bilan videouchrashuvlar oʻtkaziladi va ular yozib olinib, kursga qoʻshib boriladi.
Telegramdagi yopiq guruhda oʻzingizni qiziqtirgan savollaringizni berishingiz va oʻzingiz kabi oʻrganuvchilar bilan fikr almashishingiz mumkin. Oʻqituvchi va mentorlar savollaringizga javob beradi.
Aniq qancha vaqt ketishi faqatgina oʻzingizga bogʻliq. Tavsiya qilingan eng kam muddat 6 oy boʻlib, bundan tezroq yoki sekinroq tugatishingiz ham mumkin. Asosiysi tartibli va uzluksiz oʻrganishdir.
Kurs yakunida beriladigan imtihon loyihasini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga sertifikat beriladi.
Ha, albatta, kursni olganingizdan soʻng undan foydalanish vaqti cheklanmagan.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlasangiz, soha boʻyicha junior dasturchi koʻnikmalariga ega boʻlasiz.
Kursdagi videodarslarni yuklab olish taqiqlanadi. Barcha videodarslar Mohirdev MCHJning mulki hisoblanadi. Hozirda koʻchirib olib, oflayn koʻrish imkoniyati mavjud boʻlgan mobil dastur tuzish jarayonidamiz.